Vladimir Monamax knyazligi. Vladimir Monamax 1113- yilda Kiyevning Buyuk knyazi taxtini egalladi. U Kiyevning Buyuk knyazi -bobosi Yaroslav Mudriy vafotidan so`ng (1054- yil) mamlakatda boshlanib ketgan o`zaro ichki urushlarni bartaraf etishga muvaffaq bo`ldi. Ayni paytda Rusga tobora katta xavf solayotgan yangi dushman - qipchoqlarga qarshi kurashish ham zarur edi. Bu maqsad yo`lida u barcha rus knyazliklarini birlashtirdi. Birlashgan Rus qipchoqlarni tor-mor etdi. Vladimir Monamax 1125- yilda vafot etdi. Vladimir Monamax Kiyev Rus davlatining so`nggi Buyuk knyazi edi. Uning vafotidan so`ng Rusda ham feodal tarqoqlik boshlandi. Kiyev Rus davlati o`ndan ortiq mustaqil knyazliklarga bo`linib ketdi.