Yeretiklarga qarshi kurash. Yeretiklarning talablari hukmron tabaqalar va cherkovni tashvishga solgan. Cherkov ularga qarshi cherkovdan chetlatish jazosini qo`llagan. Ularni inkvizitsiyaga duchor etgan. Yeretiklar ko`p deb hisoblangan viloyatlarga harbiy yurishlar uyushtirgan. Chunonchi, XIII asrning boshlarida Fransiyaning janubiy viloyatlariga qarshi shunday yurish qilingan. Gullab-yashnayotgan o`lka xarobaga aylantirilgan. Aholi qirib tashlangan. Bir shaharning o`zida 20 ming odam o`ldirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |