Katolik cherkovining qudrati. XI asr oxiri va XII asr boshida Rim papalarining qudrati har qachongidan ham oshib ketdi. Turli mamlakatlardagi yuz minglab aholi Papa irodasiga so`zsiz bo`ysunar edi. Hatto G’arbiy Yevropa davlatlarining qirollari ham Papaga itoat etganlar. o`zlarini vassal deb hisoblaganlar.
Katolik cherkovi istalgan odamni, istalgan viloyatni va hatto butun bir davlatni ham cherkovdan chetlata olgan. Bunday hol yuz berganida o`sha viloyat yoki davlatdagi ibodatxonalar yopilgan. Tug`ilgan chaqaloqlarga ism berilmagan. Vafot etganlar esa qabristonga qo`yilmagan. Natijada viloyat hokimi yoki davlat qiroli Rim Papasiga tavba qilib borgan. Cherkovdan chetlatilgan odam qonundan tashqari hisoblangan. Uni talash va o`ldirish mumkin bo`lgan. Hech kimning bunday odamga yordam yoki boshpana berishga haqqi bo`lmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |