Sulola va Rim papalari o`rtasidagi ziddiyat. Rim Papasi Rim ruhoniylari va dunyoviy feodallar tomonidan saylanar edi. Bu esa hokimiyatning Papa sayloviga aralashishiga yo`l ochib berardi.
Bundan tashqari, Germaniya imperatorlari cherkov yerlarini davlatga qarashli qirol yerlarining bir qismi, deb hisoblardilar.
XI asrga kelib ruhoniylar Papa saylashda dunyoviy feodallarning ishtirokiga qarshi chiqdilar. Bu harakat tashkilotchisi Rim Papasi Grigoriy VII bo`ldi. U hatto Rim Papasi imperator va qirollarni taxtdan tushira oladi, deb da'vo qildi. Papa ustidan esa hech kim, hech qanday hukm chiqara olmaydi, deb hisoblardi.
Grigoriy VII Papani faqat ruhoniylar saylaydigan tartibni joriy etdi. Yepiskoplarga ruhoniylik lavozimiga tayinlanganlik haqida beriladigan yorliq va maxsus belgi (uzuk va hassa)ni dunyoviy hukmdor berishini bekor qildi.
Tabiiyki, bunday da'volarga imperator va qirollar toqat qila olmas edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |