Yangi sulolaning hokimiyat tepasiga kelishi. Saksoniyaliklar sulolasi hukmronligi 1024- yilda barham topdi. Shu yili Germaniyada Frankoniya sulolasi hukmronligi o`matildi. Frankoniya Germaniyaning Saksoniyadan keyingi ikkinchi yirik gersogligi edi. Konrad II yangi sulola hukmronligiga asos soldi. Uning hokimiyati ritsarlarga tayanar edi.
Konrad II ritsarlarga beriladigan chek yerlar (len)ni meros qoldirish to`g`risida qonun chiqardi. Bu qonun Italiya va Germaniyada joriy etildi.
Frankoniya sulolasi hukmronligi (1024-1125) davrida imperiyani yuksaltirish va markazlashtirish borasida muvaffaqiyatlarga erishildi. Biroq bu muvaffaqiyatlar bora-bora feodallar va ruhoniylarning o`zaro kurashlari natijasida yo`qqa chiqarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |