Vizantiya imperiyasining barham topishi. 1453-yilning 29-may kuni Vizantiya imperiyasining poytaxti Konstantinopol shahri turklarga taslim bo`ldi. Vizantiyaning so`nggi imperatori jangda halok bo`ldi. Turklar shahar nomini Istanbul deb o`zgartirdilar va uni imperiya poytaxtiga aylantirdilar. Shu tariqa Sharqiy Rim imperiyasi - Vizantiya imperiyasi ham quladi.
Eslang G’arbiy Rim imperiyasining qachon qulaganligini sanani eslang.
Vizantiyaning qulashi bilan Yevropa va Osiyoni bog`lab turuvchi savdo yo`llari turklar nazoratiga o`tdi. Turkiya tez orada Yevropa va Osiyoning juda katta hududlarini bosib oldi. Keyingi asrlarda butun Shimoliy Afrika ham ishg`ol etilgan. Turkiya dunyoning uch qifasi (Osiyo, Yevropa va Afrika)da ulkan hududlarni egallagan yagona imperiyaga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |