Usmonli turklar davlatining tashkil topishi. Anadolu saljuqlar sultonligi parchalangach, uning hududida ko`plab beyliklar (bekliklar - hokimliklar) vujudga keldi. Ulardan biri - Vizantiya bilan chegara hududda joylashgan Usmon (1282-1326) rahbarlik qilgan Usmon beyligi edi. Usmon I Vizantiyaning zaiflashib qolganligidan foydalanib, o`z beyligi hududini tobora kengaytirdi.
Bosib olingan Bursa shahri poytaxt etib belgilandi. Tez orada Anadoludagi boshqa turk beyliklari ham Usmon I tomonidan bo`ysundirildi. Shu tariqa Usmonli turklar davlati tashkil topdi. U Turkiya deb ham ataladi. Usmon I qo`l ostiga bir-lashtirgan barcha turkiy xalqlar endi Usmonli turklar deb atala boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |