Novgorod boyarlar respublikasi. Kiyev Rusidan ajralib chiqqan dastlabki knyazliklardan biri - Novgorod knyazligi edi. Kiyev Rusi tarkibida bo`lgan davrida Novgorod Kiyev Buyuk knyazining o`g`li tomonidan boshqarilar edi. Novgorod shahri knyazlikning poytaxti bo`lgan. Novgorod eng muhim savdo yo`llari kesishgan yerda joylash-gani uchun „dengiz porti" deb atalgan.
Novgorod knyazligida boyarlar ta'siri kuchli edi.
1136- yilda ular knyazni taxtdan ag`darganlar. Knyazlik boyarlar respublikasiga aylangan.
Novgorod hukmdorini xalq vechesi saylagan. U „Boyarlar kengashi" oldida javobgar bo`lgan. Xalq vechesini ham boyarlar boshqargan. Shu tariqa butun hokimiyat boyarlar qo`lida to`plangan. Novgorod respublikasi amalda boyarlar respublikasi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |