Feodal tarqoqlik oqibatlari. Kiyev Rusining bo`linib ketishi, avvalo, knyazliklar o`rtasida o`zaro urushlarning kuchayishiga olib kelgan. Bundan tashqari, feodal tarqoqlik mamlakat mudofaa qobiliyatini ham pasaytirgan. Ayni paytda knyazlarning o`zlariga qarashli ayrim hududlarni vorislari o`rtasida taqsimlashlari knyaz-liklarning yanada maydalashib ketishiga olib kelgan.
Feodal tarqoqlik knyaz hokimiyati bilan yirik feodal (boyar)lar o`rtasida nizolarning kuchayishiga ham sabab bo`lgan. Chunki knyazlar cheklanmagan hokimiyatga ega bo`lishga intilganlar. Yirik feodallar esa bunga qarshilik ko`rsatganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |