Qo`zg`olonning ahamiyati. Qo`zg`olon yengilgan bo`lsa-da, Angliya feodallarini dahshatga soldi. Xalq qo`zg`olonining qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ularni yon berishga majbur etdi. Chunonchi, barshchina bekor qilindi.
Dehqonlarga qarshi qaratilgan qonunlar yumshatildi. XV asr davomida ingliz dehqonlarining deyarli barchasi to`lov evaziga erkin bo`lib oldilar. Mamlakat aholisining juda katta qismi yanada ko`proq mustaqil xo`jalik yurituvchi erkin dehqonlardan iborat bo`lib qoldi. Erkin dehqonlarning chek yerlardan foydalanganligi uchun to`laydigan haqi aniq belgilab qo`yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |