Kirish,,0'rta asrlar tarixi haqida


Qo`zg`olonning boshlanishi



Download 448 Kb.
bet121/191
Sana21.01.2022
Hajmi448 Kb.
#397755
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   191
Bog'liq
7 jah.тарих

Qo`zg`olonning boshlanishi. Qo`zg`olon 1381- yilning may oyida Esseks grafligida boshlandi. Qo`zg`olonchilar katta yer egalarining yer-mulklarini yakson qildilar. Barshchina va obrok majburiyatlari qayd etilgan hujjatlar yoqib yuborildi. Tez orada qo`zg`olonchilarga Kent grafligi dehqonlari ham qo`shilganlar. Ayrim shaharlar qo`zg`olonchilarni qo`llab-quvvatlaganlar. Kentlik Uot Tayler qo`zg`olonga rahbarlik qildi. U vaqtincha bo`lsa-da, qo`zg`olonchilarni birlashtira oldi. Uot Tayler asli hunarmand edi. U yuz yillik urushda qatnashgan va harbiy sohani o`rgangan edi.

Uot Tayler qo`zg`olonchilarni Londonga boshlab borgan. Ularning maqsadi qirol bilan uchrashish va uning oldiga o`z talablarini qo`yish edi.

13- iyun kuni London shahri egallandi. Qirolning ba'zi vazirlari qatl etildi. Qirol qo`zg`olonchilar bilan uchrashishga majbur bo`ldi.

Essekslik qo`zg`olonchilar qirol oldiga 4 banddan iborat talabnoma qo`yganlar. Bu talablar quyidagilar edi: 1. Krepostnoy huquqni bekor qilish. 2. Qo`zg`olonchilarga umumiy afv berish. 3. Mamlakatning barcha hududlarida savdo-sotiq qilish erkinligini berish. 4. Bir akr (40 sotix) yer uchun 4 pens miqdorida ijara haqi belgilash.

Qirolning bu talablarga rozi bo`lmaslikdan boshqa iloji qolmadi. Qo`zg`olonchilarga talablari qondirilgan yorliqlar berildi. Bu essekslik dehqonlarni qanoatlantirgan va ular Londondan chiqib ketganlar.

Kentlik qo`zg`olonchilar ham qirol oldiga o`z talablarini qo`yganlar. Bu talablar esseksliklarning talablaridan keskinroq edi. Chunonchi, bu talablar cherkov yerlari hisobidan yer ajratib berish, jamoa yer-suvidan erkin foydalanish va barcha toifaviy tafovutlarni bekor qilish kabilardan iborat edi.

15- iyun kuni qirol qo`zg`olonchilar rahbari Uot Tayler bilan uchrashgan. Bu uchrashuvda Uot Tayler o`ldirilgan. Boshqa grafliklardan to`plangan qirolga sodiq ritsarlar qo`shini qo`zg`olonni shafqatsizlik bilan bostirgan.


Download 448 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish