Kirish. Zahiriddin Muhammad Bobur she’riyatining mavzular doirasi,janriy tarkibi. Asosiy qisim


Bobur Mirzo ijodida hasbi hol. She’rlarida Alloh rizoligiga erishish umidining aks etishi.(Ruboiy va tuyuqlar tahlili misolida)



Download 57,49 Kb.
bet3/4
Sana16.07.2022
Hajmi57,49 Kb.
#810059
1   2   3   4
Bog'liq
24. Saparova Surayyo

Bobur Mirzo ijodida hasbi hol. She’rlarida Alloh rizoligiga erishish umidining aks etishi.(Ruboiy va tuyuqlar tahlili misolida)

Bunday kayfiyat Boburning ruboiylarida ham o’z aksini topgan:


Tole’ yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig’ bo’ldi.
O’z yerni qo’yib, Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi.
(Bobur. Devon, 101-bet)
Shuni ham eslatish joizki, Boburning she’riyatida hayot zavqi, tabiat go’zalliklaridan zavqlanish, inson va insoniylikni ulug’lash, vatan va vatandoshlarni sevish, avaylash ham katta o’rin egallaydi. Bunday she’rlarda xushchaqchaq, hayotsevar Bobur namoyon bo’lib turadi.
Bobur Mirzo she’riyatida ruboiy janrida bitilgan asarlar ham alohida ahamiyatga molik.Sharq mumtoz adabiyotida asosan ilohiy-irfoniy,ijtimoiy-siyosiy mohiyat kasb etgan ruboiy janrining mavzu doirasi keyinchalik ancha kengayib bordi.Turkiy adabiyotda Alisher Navoiy o’zining ruboiylari bilan bu janrda rang-barang mavzuda ijod qilish mumkinligini amalda isbotlagan bo’lsa,Bobur Mirzo shu an’anani yanada ravnaq topishida o’z hissasini qo’shdi.Shoirning ruboiylari g’azallarida kuzatilgani kabi soda va ravon uslubda ijod etilgan.Ijodkor g’azallarining aksariyati oshiqona mavzuda bitilgan va ularda o’rni bilan shoirning hasbi holiga murojaat etilgan bo’lsa,ruboiylarida shoirning ko’rgan-kechirganlari,tarjimai holi,vatan sog’inchi va hijron iztiroblari mavzui yetakchilik qiladi.Shuningdek,shoir orifona,oshiqona,axloqiy-ta’limiy mohiyat kasb etuvchi ruboiylarning ham muallifidir.
Bobur Mirzo she’riyatida Allohga solih banda bo’lish umidi balqib turgan,uning rizoligiga erishishdek ulug’ saodatga musharraf bo’lish orzusi ufurgan hamda ulug’ Tangrining buyukligini vasf etuvchi ruboiylar mavjud.Jumladan,quyidagi ruboiy Bobur Mirzoning hayot sinovlaridan o’tgan bukilmas irodasi Allohning rizoligiga erishish yo’lida ham benazir ekanligini dalillaydi:

Yo qahr-u g’azab birla meni tufroq qil,


Yo bahri inoyatingda mustag’raq qil.
Yo rab,sengadur yuzum qaro,xoh oq qil,
Har nav’e sening rizong erur,andoq qil.

Shoir Allohga murojaat qilib,Yaratgan istagiga ko’ra,uning qahr-u g’azabiga uchrab tuproq,ya’ni xor-u zor bo’lishga ham yoki Uning lutf-u karamidan bahra olib,inoyat dengizida cho’mishga ham tayyor ekanligini e’tirof etadi.She’r qahramoni bir banda sifatida Tangri oldida gunohkor ekanligini “sengadur yuzum qaro” jumlasida badiiylashtiradi.So’ngi misrada esa Allohning rizoligiga erishish istagida har narsaga tayyor turganligi o’z aksini topgan.XV asrda Movarounnahr-u Xurosonni idora qilayotgan temuriy hukmdorlar orasida naqshbandiya tariqatining ulug’ peshvolariga e’tiqod qo’yish odat tusini olgan edi.Temuriy shahzodalar ulug’ shayxlarga yuksak hurmat ko’rsatish ruhida tarbiyalanib,ularning komil inson haqidagi yuksak axloqiy-ta’limiy qarashlaridan juda erta bahra olishga ulgurardilar.Bobur Mirzo ham Farg’ona viloyatida dong taratgan naqshbandiya tariqatining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri Xoja Abdullo Mavlono qoziy hamda Movarounnahr-u Xurosonda buyuk ma’naviy arbob sifatida tanilgan Xoja Ahror Valiyga ulkan ixlos qo’ygan edi.”Boburnoma”da bu ulug’ ikki zotdan birining sharofatli duolari,birining esa ruhiy madadi bois yosh shahzoda tang ahvoldan omon qolganligiga dalolat beruvchi lavhalar keltirilgan.Ulardan ba’zilarini yuqorida ko’rib o’tdik.Bobur Mirzo she’riyatida naqshbandiya tariqatining o’lmas g’oyalari badiiy ifodasini topganligiga shubha yo’q.Shoir ruboiylarida ilohiy va majoziy ishqni bir o’zanga solingan holda ravon uslubda vasf etilishining sababi ham uning qalbi botiniy ma’rifat nurlari bilan yoritilganidir.Mana bu ruboiylarga e’tibor qiling:


Ey yor sening vaslingga yetmak mushkil,


Farxunda hadisingni eshitmak mushkil.
Ishqingni dag’i bartaraf etmak mushkil,
Boshni olibon har sari ketmak mushkil.

Yoki:

Keldim sanga yuz umid bila,ey moh,
Lekin yondim yuzingni ko’rmay,yuz oh.
Hamsuhbat-u hamrohni netay u yo’lda,
Darding manga hamsuhbat-u ishqing hamroh.

Zakovatli shoirning mazkur she’rlaridagi mazmunni istang samoga ulang,xohlang yerga olib tushing.Har ikki holatda ham bosh mohiyat- ishq va sidq,ishq va dard,ishq va sadoqat,ishq va ishonch kabi tuyg’ularning ohori saqlanadi.Oshiqning ma’shuqa dardi va vasliga yetmoq ilinjidan o’zga tashvish va taraddudi yo’q,bo’lishi ham mumkin emas.Bobur Mirzoning qalbida yongan ishq alangasi uni sira tark etmagan.To’g’ri,u komil muslim bo’lgani holda shariatning barcha talablariga rioya qila olmadi.Sharobga ruju qo’ygan paytlari,ma’jun kayfi bilandiliga taskin bergan damlari bo’ldi.Lekin shu bilan bir qatorda u o’sha gunohlaridan komil sadoqat bilan tavba ham qildi.


Bobur Mirzo yuksak nazokatli ninson sifatida ko’ngilchan,mehr-shafqatli shaxs edi.Qizi Gulbadanbegimning “Humoyunnoma” asaridagi juda ko’p lavhalar shunday xulosaga kelish uchun asos beradi.Aytilganlarga qanoat hosil qilish uchun asardan bir lavha ko’chirish foydadan xoli emas:”Rano Sango bilan jang bo’ldi.Xudoning inoyati bilan podsho g’alaba qozondilar va g’oziy bo’ldilar.Rano Sangoning fathidan bir yil o’tgach,onam – Mohimbegim Kobuldan Hindistonga jo’nadilar.Men ham podsho dadamni ko’rgani u kishi bilan birga bordim.Onam ko’lga yetganlarida podsho hazratlari uch otliq mahofa yubordilar…Podsho dadam hazratlari to ot kelturgunlaricha sabr qilmay,piyoda yo’lga tushib,Nincha Mohim uylari oldida biz bilan uchrashdilar.Onam otdan tushmoqchi bo’ldilar,lekin podsho dadam qo’ymasdan o’zlari onamning otlari jilovidan ushlab,o’z uylariga yetguncha piyoda ketdilar…” Bobur Mirzo ruboiylaridan birida ifodalangan lavhani xotirga keltiradi:

Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen,


Sen shu’lasen-u men ul shu’lag’a quldurmen.
Nisbat yo’qtur deb ijtinob aylamakim,
Shahmen elga,vale sanga quldurmen, -
deb yozgan edi.Ruboiydagi Gul-u Bulbul,Shu’la-yu Parvona,Shoh-u Gadolarga yuzaki qarab,hayotiy oshiq-u ma’shuqalarning o’xshatilmishlari sifatida sharhlash mumkin.Aslida mazkur majoziy timsollar tasavvuf mulkidir.Masalaning zaminiy jilosini inobatga oladigan bo’lsak,Bobur Mirzo faqat yozmagan,balki naqshbandiyaning ilm va amal,ishq va amal xususidagi qat’iy talablarini ado etishga ham harakat qilgan.
Bobur Mirzo she’riyatida,jumladan,ruboiylarida Vatan sog’inchi va hijron iztiroblari eng ko’p nazarga tashlanadigan tuyg’ulardir.Shundan bo’lsa kerak ayrim tadqiqotchilar “Hajriy” Boburning ikkinchi taxallusi degan fikrga urg’u berdilar.Vatanni unda turib ardoqlash bilan uni yo’qotib sevish o’rtasida yer-u osmoncha tafovut borligi ayon.Bobur Mirzo qalb nidolari mag’zini teranroq chaqmoq uchun ikkinchi holatni loaqal tasavvur qilib ko’rmoq lozim bo’ladi.Bobur Mirzo jisman Vatandan uzilgan bo’lsa-da,u ruhan Vatan bilan yashab o’tdi.Qachonlardir ona yurtga qaytish uchquni uning qalbida so’nish bilgan emas.Fikrimizga daho shoirning mana bu satrlari guvohdir:

Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen,


Ham mol yig’ishtirur laim ermasmen.
Kobulda iqomat yeti Bobur,dersiz,
Andoq demangizlarki,muqim ermasmen.

Ta’kidlash joizki,ushbu ruboiy Bobur Mirzo ijodining 1512-yilga qadar bo’lgan davriga taalluqli.Chunki u hali bu yillarda Movarounnahrdan butkul ko’ngul uzmagan edi.Uchinchi yurishning muvaffaqiyatsizligi uning shirin orzularini chil-parchin qildi.Shundan keyin uning yuragida o’z sarhadlarini Hindistonga qarab kengaytirish orzusi makon tutdi.Ba’zan shoir misralarida umidsizlikning ko’zga tashlanishi ham o’sha murakkab ruhiy isyonlarning mevasidir.


Tuz oh,Zahiriddin Muhammad Bobur,


Tuz oh,Zahiriddin Muhammad Bobur.
Sarrishtayi ayshdin ko’ngulni zinhor
Uz,oh,Zahiriddin Muhammad Bobur.

Barcha urinishlari zoye ketgan shoir o’lim to’shagidagi so’nggi nafasida ham yurtining bir tilim qovunini qo’msab,ochiq ko’z bilan foniy dunyo bilan vidolashgan.Yurt va yurtdoshlari diydori bu jahongashta Vatan fidoyisi uchun hamon qiyomat qarzdir.


Istiqlol sharofati tufayli Bobur Mirzo shaxsi va ma’naviy olami qasrida ham xush havolar esdi.Zug’um va zo’ravonlik chekindi.Ulug’ shoir va sarkarda haqida erkin gapirish bizga nasib qildi.Bu boradagi armonlar ushala boshladi.
Bobur Mirzo she’riyatidagi muallifning yuksak badiiy salohiyatini ko’z-ko’z qilib turuvchi janrlardan biri tuyuqdir.Shoir an’anaviy tuyuq janrida ijod qilish bilan cheklanib qolmay,uning to’rt misrasi ham tajnisli qofiyadan tarkib topgan,tajnis radif o’rnida qo’llangan,tajnisdan oldin hojib mavjud bo’lgan,shuningdek,qit’a shaklidagi tuyuqlarni yaratdi.O’shalardan birini tahlil qilamiz:

Vasldin so’z derga yo’q,yoro manga,


Hajr aro rahm aylagil,yoro manga.
O’qung yeti ko’p yomon yoro manga,
Mahrami lutfung bila yoro manga.

Bobur Mirzoning boshqa tuyuqlari singari ushbu she’ri ham oshiqona mavzuda ijod etilgan.Uning an’anaviy tuyuqlardan,ya’ni a-a-b-a tarzida qofiyalanadiganlardan farqi har to’rtala misrasining ham o’zaro tajnisli qofiyalanganligidadir.Tuyuqda oshiqning ruhiy holati o’z ifodasini topgan bo’lib,shaklan bir xil bo’lgan to’rt so’z uning she’rxon ko’z o’ngida yanada aniq gavdalanishiga bois bo’lgan.Qofiyalanuvchi “yoro” so’zi ilk misrada “majol,quvvat” ,ikkinchi misrada “ey yor” ,uchinchi misrada “yara,jarohat” ,so’nggi satrda esa “yara,yordam ber” ma’nosida qo’llangan.She’r qahramoni vasldan so’z aytishga majoli yo’qligini “yoro” so’ziga urg’u berish bilan badiiy ifoda etadi.Keyingi misrada hajrning iztirobli qiynoqlariga dosh berolmasligiga amin bo’lgan oshiq yoridan rahm aylashni o’tinadi.Uchinchi misrada esa oshiqning ma’shuqa o’qidan yomon yaralanganligi o’z ifodasini topgan.Yorning o’qi – uning nigohlari,oshiqning yaralangan uzvi esa – shubhasizki,uning qalbidir.Qalbdagi jarohatni bartaraf etish uchun yorning oshiqqa yaqinlik va lutf ko’rsatishi yordam bo’la oladi.Ko’rinadiki,shoir oshiqning hajr iztiroblaridan ozurda bo’lgan ko’ngil kechinmalarini tuyuqning janriy xususiyatlaridan mahorat bilan foydalanib badiiy ifoda etgan.Tuyuqning bu turi birmuncha murakkab bo’lib,u shoirdan to’rt misrasi ham tajnisli so’z qo’llashni talab etadi.Buning uchun ijodkor tildagi shakldosh so’zlarning turli ma’nolarini teran tushinmog’i lozim.Bobur Mirzo ana shu talablarga javob beradigan shoirgina emas,balki undan ham ancha yuqori turadigan ijodkor edi.Bu hol uning qalami mahsuli bo’lgan ruboiy va tuyuqlarida ham yaqqol namoyon bo;ladi.Shoir ruboiylari o’zining purma’noligi hamda taxallusning turli satrlarda qo’llanganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.Umuman olganda,shoir o’zbek mumtoz adabiyotida har ikkala kichik janrning ravnaq topishiga munosib hissa qo’shdi.





  1. Xulosa

Har bir xalqning tarixiy, madaniy-milliy qiyofasini aniq belgilovchi ulug‘ shohlari, buyuk olimlari, yirik adib va shoirlari bo‘ladi. Insoniyatning abadiyatga mansub ana shunday buyuk farzandlari safida Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‘z o‘rniga ega. Kishilik tarixida Boburchalik shaxsiy imkon, iqtidor va fazilatlari beqiyos kishilar juda kam uchraydi.


Istiqlol yillarida Bobur asarlarining ilmiy va ommabop nashrlari uzluksiz va tizimli ravishda zahmatkash olimlarimiz — akademik Aziz Qayumov,professor Saidbek Hasanov, Abdug‘afur Abdurashidov,Hasanxo‘ja Muhammadxo‘jayev, Vahob Rahmonov,Ergash Ochilovlar tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.
Muxtasar qilib aytganda, yuqorida zikr etilgan ma’lumotlar Bobur ijodi jahon miqyosida tobora ommaviylashib borayotganini ko‘rsatadi.Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining hozirga qadar o‘ttizdan ortiq jahon tillariga tarjima etilgani, dunyo olimlari tomonidan ulug‘ ajdodimiz merosini har tomonlama tadqiq etishga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borayotgani o‘zbek xalqining, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga hissa qo‘shishi shubhasiz.
Boburning lirik she’rlari an’anaviy g’azal, ruboiy, tuyuq, fard va boshqa janrlarning shakliy xususiyatlarini davom ettirishi bilan bir qatorda o’ziga xos ayrim xususiyatlarga ham ega. Bulardan biri ko’pchilik g’azallarning 5-7 baytlik bo’lishidir. Ruboiylarda taxallusni ko’proq ishlatish kuzatilsa, tuyuqlarda esa ba’zan qit’a shaklida qofiyalanishlar ham uchraydi.
Boburning turli-tuman mavzulardan bahs yurituvchi g’azallari o’zining o’ynoqiligi, samimiy hissiyot va taassurotlarning badiiy in’ikosi bo’lganligi jihatidan Alisher Navoiydan keyingi o’zbek g’azalchiligida o’ziga xos mavqyega ega.Uning lirik asarlari orasida ruboiy janri ham diqqat va e’tiborga sazovordir. Boburning ruboiylari an’anaviy xususiyat va mavzuga ega bo’lsa-da, ammo ularda, xuddi g’azallarida bo’lgani kabi, shoirning ko’rgan-kechirganlari ko’proq o’z aksini topgan, ruboiylarda ham sodda bayonlik va samimiylik bo’rtib turadi. Boburning ruboiylari shoir hasbi holi, kayfiyati, botiniy kechinmalarining ko’zgusidek bo’lib tuyuladi. Bu jihatdan Boburning:
Har vaqtki, ko’rgasen mening so’zumni,
So’zumni o’qub, sog’ing’aysen o’zumni, -
(Bobur. Devon, 102-bet)
baytida bayon etgan fikri ruboiylariga ham daxldordir.
Falsafiy va tasavvufiy ruboiychilikda Umar Xayyom fors adabiyotida peshvo bo‘lganidek, Bobur o‘zbek adabiyoti ruboiychiligida ikki jihatdan: ruboiylarining ko‘pligi va ruboiyga tarjimai holga doir detallarni singdirgani bilan boshqa mumtoz shoirlarimizdan ustun turadi.Bobur bu kichik lirik janr namunalarida o‘z ismi, goh vafodor xotinlari — Mohimbegim va Gulruxbegim, goh o‘g‘li Komron, goh xushovoz hofizi Ruhdamning ismi shariflarini muhrlagan. Shunisi e’tiborliki, Bobur ruboiylarining mavzulari g‘oyat xilma-xil. Falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy, diniy-tasavvufiy, sevgi-muhabbat, do‘stlik-totuvlik, hayotga muhabbat,yor-u diyor, nifoq va noittifoqlik, jo‘mardlik va tantilik, hayotdan to‘yib ketish va dalli-devonalik singari talqinlar ma’naviy teranligi-yu tabiiyligi bilan o‘quvchini mutolaaga moyil etadi..Shu bilan birga,shoirning lirik she’rlarida hayotbaxsh tuyg’lar,hayotdan zavqlanish,yor vasli bilan quvonish,ona Vatandan uzoqda yurgan lirik qahramonning iztirobli tuyg’ulari,ilm-ma’rifat va axloq-odobga chaqiruvchi kabi she’rlari yuksak mahorat bilan kuylangan. Shuni ham eslatish joizki, Boburning she’riyatida hayot zavqi, tabiat go’zalliklaridan zavqlanish, inson va insoniylikni ulug’lash, vatan va vatandoshlarni sevish, avaylash ham katta o’rin egallaydi. Bunday she’rlarda xushchaqchaq, hayotsevar Bobur namoyon bo’lib turadi.
Bobur devonida kichik masnaviy janridagi she’rlar ham bor. Ularning ayrimlari «sabo» ga murojaat etib, oshiq holini yorga yetkazish iltimosi bilan boshlanadi:
Sabo, ul gul harimiga guzar qil,
Mening holimdin ul gulga xabar qil.
(Bobur. Devon 110-bet).
Ey sabo yelmakni qo’yg’il, hazm qil,
Sarvinozim ko’yi sori azm qil.
(Bobur, Devon, 116-bet).
Boshqalari esa Boburning hasbi holi bayonidan iborat. Birinchi xil masnaviylar o’zbek adabiyoti tarixidagi nomanavislik an’anasini o’ziga xos tarzda davom ettiradi. Bu o’ziga xoslik ularning aniq tarixiy shaxs (jumladan, Bobur) holatining ifodasi ekanligi bilan belgilanadi.Ikkinchi guruh masnaviylari esa Bobur hayoti va faoliyati bilan bog’liq bo’lgan voqeaning she’riy bayonidan iborat. Masalan:
Qarosin yog’ining ko’rubturlar,
Dangu hayron boqib turubturlar.
Men yetib tez ul sori yurudum,
Yuru-yuru, deb ilgari yurudum…
Uchinchi guruh masnaviylariga xos xususiyat shundan iboratki, unda Boburning falsafiy-ijtimoiy mushohadalari umumlashtirilgan:
Bir kecha xotirim mushavvash edi,
Ko’zda suv, ko’nglim ichra otash edi.
(Bobur. Devon, 118-bet).
Bu masnaviyda insonni o’zligini tanish, o’zining yaratilishidan asl muddao nimaligini anglash, Tangri taolo ma’rifatini idrok etish va iymon-e’tiqodni mustahkamlashga da’vat etish kabi muhim masala qalamga olingan.
Bobur Mirzo xalqimizning faxru iftixoridir,. Uning sharafli va mashaqqatli hayot yo‘li, jasorati, bag‘rikengligi ibratlidir. Bobur Mirzoning nafaqat xassos shoir sifatidagi olamshumul shuhrati, balki tarix, geografiya, adabiyotshunoslik singari sohalardagi faoliyati ham alohida e’tiborga molik. Xususan, u o‘z asarlarida ezgulik, olijanoblik, mehr-shafqat tuyg‘ularini o‘ziga xos tarzda tarannum etgan. Shoirimizning har bir bayti, misrasi o‘quvchi qalbiga chuqur kirib boradi, hayajonga soladi. Bobur chin ma’noda ko‘ngil kuychisidir. Lirik merosi hajmi uncha katta bo‘lmasa-da, mavzu doirasi, shakl-shamoyili va badiiy jihati go‘zal va mukammalligi bilan ajralib turadi. Bobur ijodiyoti negizida muhabbat, pok sevgini ulug‘lash, hijron alamlaridan shikoyat, visol orzusi, vafodorlik tavsifi turadi. Ulug‘ allomalarimiz ijodidan bahramand bo‘lishning o‘zi katta baxt. Shu bois, xalqimiz bu bebaho xazinaning mazmun-mohiyatini qanchalik chuqur anglab yetsalar, shu qadar ma’naviy kamolotga yaqinlashadilar.



Download 57,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish