MUNDARIJA
KIRISH: Yog'ochni qayta ishlash hunarmandchilik turi sifatida.............................3
I BOB YOG‘OCH QURILMALARINING TURLARI VA ISHLATILISH SOXALARI.
1.1.Yog‘och qurilmalarining turlari va ishlatilish soxalari………………………..5
1.2.Bino konstruksiyalari………………………………………………………….9
II BOB. MAHALLIY DARAXT TURLARDAN TAYYORLANGAN YOGOCH XOMASHYOLARNI OLISH, SAQLASH, ISHLAB CHIQARISHNI O’RGANISH MAVZUSIGA OID AMALIY ISHLAR VA DARS ISHLANMALARGA NAMUNALAR
2.1. Amaliy ish: Yog‘och va bino konstruksiyalarini
loyixalash………………………………………………………………………….21
2.2. Mahalliy daraxt turlardan tayyorlangan yog'och xomashyolarni olish, saqlash, ishlab chiqarishni o’rganish mavzusiga oid bir soatlik dars ishlanma……………28
XULOSA …………………………………………………………………………36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………….37
ILOVALAR……………………………………………………………………….39
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O'rmon sanoati yog'och tayyorlash va yog'ochni qayta ishlash tarmoqlariga bo'linadi. Yog'ochni qayta ishlash hunarmandchilik turi sifatida qadimdan ma'lum. Hunarmandlar yog'ochga ishlov berib undan arava, egar, panjara, sandiq, eshik, beshik, rom kabilarni yasashgan, uylar qurishgan.
Yog'ochsozlik yillar davomida takomillasha borib, undan yangi-yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi. Ayniqsa yog'ochni kimyoviy qayta ishlash tufayli yog'ochsozlikda tub (inqilobiy) o'zgarish yasaldi.
Mamlakatning yog'och-taxta xomashyosiga bo'lgan yillik ehtiyoji 10 mln m kubdan ortmoqda. Ammo yog'och xomashyosi bo'ladigan tabiiy o'rmonlar bizda nihoyatda cheklangan. Shu bois har yili millionlab nihol ekiladi, «ko'kalamzorlashtirish oyligi» o'tkaziladi. O'rmonlar barpo etish va yog'och boyliklaridan oqilona foydalanish bilan maxsus o'rmon xo'jaliklari shug'ullanadi. Respublikamizda 100 ga yaqin o'rmon xo'jaligi korxonalari, qo'riqxonalar va milliy bog'lar bor.
O'rmon sanoati mahsulotlaridan mashinasozlik, kimyo sanoati, yengil sanoat, transport va qurilishda foydalaniladi. O'z navbatida o'rmon sanoati ham boshqa tarmoqlardan laklar, bo'yoqlar (mebel ishlab chiqarish uchun), soda, natriy, oqartiruvchi ximikatlar (qog'oz tayyorlash uchun), avtomashinalar, traktorlar, stanoklar (yog'och tayyorlash va ishlov berish uchun) oladi. Boshqacha qilib aytganda, o'rmon sanoati bilan boshqa tarmoqlar orasida keng tarmoqlararo aloqalar mavjuddir.
Kurs ishining maqsadi. Mustaqillik yillarida Toshkent duradgorlik buyumlari zavodi, quyoshdan himoya uskunalari zavodida esa plastmassadan deraza romlari ishlab chiqaradigan sex, Asakada duradgorlik buyumlari zavodi ishga tushirildi. Toshkentda O'zbekiston-Gretsiya qo'shma korxonasi «O'z Ellas» gugurt zavodi mahsulot bera boshladi. Ammo yog'och xomashyosi tanqisligi sanoatga jiddiy qiyinchilik tug'dirmoqda. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-fevraldagi «Sanoat terakchiligini rivojlantirish va boshqa tez o'suvchi yog'ochbop daraxtlarni barpo etishga oid chora-tadbirlar to'g'risida»gi maxsus qarori o'rmon sanoatida keskin o'zgarish yasadi. Qarorga muvofiq terakzorlar maydoni har yili 10 ming gektarga kengaymoqda. Yaqin kelajakda har yili 5 mln m kub sanoatbop yog'och tayyorlanadi. Yog'och tayyorlash korxonalari taxta tilish zavodlariga g'o'la yog'och yetkazib beradi. Tilingan yog'och - taxta-mebel sanoati uchun xomashyodir. Yog'och tayyorlash va yog'ochsozlik chiqindilari (shox-shabba, qipiq, payraxa, po'stloq)dan o'rmon-kimyo sanoatida spirt, moylar, bo'yoqlar ishlab chiqariladi. Shu sababli o'rmon-kimyo kombinatlari qurish o'ta samaralidir. Yog'och xomashyosi taqchil O'zbekistonda chiqindilarni to'la qayta ishlaydigan yog'ochsozlik kombinatlari ayniqsa o'ta muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |