O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
“INFOKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARINING ELEKTR TA’MINOTI” fanidan
MUSTAQIL ISH
Bajardi
Guruh: PSI007
Talaba (FIO): Aliqo’ziyev Diyorbek G’ayrat o’g’li
Qabul qildi: F.M.Qodirov
Mavzu: Bir taktli uch fazali to‘g‘rilash sxemasi
Reja:
Kirish
Uch fazali bir taktli to‘g‘rilash sxemasi
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish: Ushbu mustaqil ishda men uch fazali bir taktli to‘g‘rilash sxemasini to’liq ravishda yoritib bermoqchiman.
Uch fazali bir taktli to‘g‘rilash sxemasi
Transformatorning nolinchi nuqtasi manfiy qutb hisoblanadi. Ikkilamchi chulg‘am faza kuchlanishlari bir-birlaridan 2/3 burchakka surilgan bo‘ladi.
Istalgan vaqt momentida anodda boshqa fazalarga qaraganda eng katta musbat potensial bo‘lgan faza diodi ochiladi (2- rasm).
t0 ixtiyoriy vaqt momentida VD1 diod anodida eng katta musbat potensial bo‘ladi va u ochiq bo‘ladi. U21 kuchlanish ta’sirida tok birinchi faza, VD1 diod, Ryu yuklama orqali nolinchi nuqtaga oqib o‘tadi.
1-rasm. Uch fazali bir taktli to‘g‘rilash sxemasi.
Yuklamadagi kuchlanish U21 oniy qiymatga teng bo‘ladi. t1 vaqt momentigacha ikkinchi fazadagi kuchlanish ham musbat, lekin birinchi fazadagi kuchlanishdan kichik bo‘ladi, shuning uchun VD2 diod anodidagi potensial uning katodidagi potensialdan kichik bo‘ladi va VD2 diod yopiq bo‘ladi.
t2 momentdan boshlab uchinchi faza ishlay boshlaydi va jarayonlar davriy takrorlanadi. Har bir faza davrning 2/3 qismi davomida ishlaydi. To‘g‘rilagich chiqishidagi U0 kuchlanish istalgan vaqtda ikkilamchi chulg‘am (faza diodi ochiq bo‘lganda) faza kuchlanishining oniy qiymatiga teng bo‘ladi, ya’ni U0 to‘g‘rilangan kuchlanish U2 kuchlanishning og‘diruvchisi hisoblanadi, I0 = U0 /R0 bo‘lganligi uchun mana shu egrilikning o‘zi boshqa masshtabda tok egriligi bo‘ladi.
2-rasm. Uch fazali bir taktli to‘g‘rilash sxemasi vaqt diagrammalari.
Binobarin, tok har bir faza bo‘yicha davrning uchdan bir qismida oqib o‘tadi.
Vaqtning boshlanishi deb, qo‘sh chulg‘amlar fazalaridagi U2 kuchlanish Um kuchlanishiga teng bo‘lgan momentni olamiz va t =/m (bu yerda m=3) vaqt intervalini ko‘rib chiqamiz. U holda to‘g‘rilangan kuchlanishning o‘zgarmas tashkil etuvchisi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
yoki U2 ta’sir etuvchi qiymatga o‘tib quyidagiga ega bo‘lamiz:
O‘g‘irlangan tokning o‘zgarmas tashkil etuvchisi quyidagicha aniqlanadi:
Diod va transformator qo‘sh chulg‘amlaridagi tokning ta’sir etuvchi qiymati quyidagi ifodadan aniqlanadi:
Agar I0 va I2 toklarni mos ravishdagi o‘zgartirishlarni qilib, o‘zaro taqqoslasak, I0 = I2 /0,58 = 1,752 · I2 ga ega bo‘lamiz. Diodga qo‘yiladigan teskari kuchlanish bu sxemada ikki sinusoidal kuchlanishlar farqi orqali aniqlanadigan egrilik orqali tavsiflanadi. Bu ikki faza kuchlanishlarining farqi chiziqli kuchlanishga teng bo‘lganligi uchun teskari kuchlanishning maksimal amplitudasi transformator ikkilamchi chulg‘ami chiziqli kuchlanishi amplitudasiga teng bo‘ladi, ya’ni:
to‘g‘rilangan kuchlanish pulsatsiyasining chastotasi
bo‘ladi.
Xulosa:
Ushbu mustaqil ishda men uch fazali bir taktli to’g’rilash sxemasi haqida oz bo’lsada tushunchaga ega bo’ldim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
[1]. R.S.Mardonovning Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini ta’mirlash manbalari nomli Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanmasining 10-Bob. Past chastotali transformatorlar va drossellar bo’limining 9-mavzusi: Bir taktli to‘g‘rilash sxemalari (209-213-betlardan foydalanildi)
Do'stlaringiz bilan baham: |