Kirish. Turizm geografiyasining predmeti, maqsadi va vazifalari Reja: Kirish



Download 76 Kb.
bet2/5
Sana25.02.2022
Hajmi76 Kb.
#464380
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Kirish 1-mavzu

Turizm tushunchasi

Turizm (tourism) terminini birinchi bo‘lib 1830 yilda V.Jekmo tomonidan qo‘llanilgan edi. Bu tushuncha fransuz tilida «tour», sayohat ma’nosida ishlatilgan. Turizm va turist tushunchalari o‘z navbatida bir ma’nodagi tushuncha sifatida qarash noo‘rindir. Turizm keng ma’nodagi iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri sifatida barcha turistik xizmatlar yig‘indisidan iborat soha hisoblanadi. Turist esa shu sohada ishtirok etadigan muayyan shaxs o‘zi yashaydigan yoki boshqa joy, hudud, mamlakatda bo‘lib xaq to‘lanadigan xizmat bilan mashg‘ul bo‘lmasdan, turli xizmatlardan foydalangan shaxsga aytiladi. Turist o‘z navbatida turizmda band bo‘lgan kishilardir.


Binobarin, bu termin va tushunchalarga Bern universiteti professorlari Xunziker va Krapflar aniqroq baho beradi. Jumladan, turist- bu o‘zi yashaydigan joydan boshqa joyga, hududga, mamlakatga, mamlakatidan tashqariga bo‘sh vaqtlarida dam olish, sog‘lig‘ini tiklash, sog‘lomlashtirish, mehmonga borish, diniy va ish yuzasidan haq to‘lanadigan maqsadlaridagi tashrifidir, deb ta’rif beradi.
A.Soliev va M.Usmonovlar (2005) turizm tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: «aholining o‘zi yashab turgan mintaqa, hudud, o‘lka yoki biror mamlakatning diqqatga sazovor joylarini ko‘rish maqsadida uyushtirilgan rekreatsion faoliyat turiga sayohat, ya’ni turizm» hisoblanadi. 1963 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Xalqaro turizmga oid Rim konferensiyasiga muvofiq turist deb, bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga safarga borib, kamida 24 soat ichida o‘sha yerda turib, turistik xizmatidan foydalangan kishiga aytiladi (Mironenko, Tverdoxlebov, 1981). Agar kishilarning ana shu muddat davomida mamlakat hududining boshqa joyida o‘zi yashab turgan manzildan tashqarida bo‘lishi mahalliy turizm deyiladi.
R.Abdumalikovning fikricha, turizm- sayohat paytida «tur» (belgi) o‘rganish degan ma’noni bildirib, tog‘, adirlar va uzoq masofalarga sayohat qilish, oxirgi manzilga belgi qo‘yib kelish yoki cho‘qqiga chiqqanlikni bildirish uchun biron belgi qo‘yishni anglatadi, deb ta’riflaydi (Abdumalikov, 1978 ). Bu fikr ko‘proq maktab o‘lkashunosligi va turizmi bilan bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risidagi qonuni»da (3 - modda. Asosiy tushunchalar:) turizm - jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy - amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga jo‘nab ketishi (sayohat qilishi);
- turist - O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yoki boshqa mamlakatga sayohat qiluvchi (doimiy istiqomat joyidan turizm maqsadida jo‘nab ketgan) jismoniy shaxs;
- turistik faoliyat - ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga muvofiq sayohatlarni va ular bilan bog‘liq xizmatlarni tashkil etish borasidagi faoliyat;
- ekskursiya faoliyati - turistik faoliyatning tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar va boshqaob’ektlar bilan tanishtirish maqsadidaoldindan tuzilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ekskursiya etakchisi hamrohligidagi 24 soatdan oshmaydigan ekskursiyalarni tashkil etishga doir qismi;
- turistik resurslar - tegishli hududning tabiiy - iqlim, sog‘lomlashtirish, tarixiy - madaniy, ma’rifiy va ijtimoiy - maishiy ob’ektlari majmui;
- turistik faoliyat sub’ektlari - belgilangan tartibda ro‘yxatgaolingan va turistik xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalgaoshirish uchun litsenziyasi bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar;
- turistik industriya - turistik faoliyatning turistlargaxizmat ko‘rsatishni taminlovchi turli sub`ektlari (mehmonxonalar, turistik komplekslar, kempinglar, motellar, pansionatlar, umumiy ovqatlanish, transport korxonalari, madaniyat, sport muassasalari va boshqalar) majmui;
- tur - muayyan yo‘nalish bo‘yicha turistik xizmatlar majmui (joy bandlash, joylashtirish, ovqatlantirish, transport, rekreasiya, ekskursiya xizmatlari va boshqa xizmatlar) bilan ta’minlangan aniq muddatlardagi turistik sayohat;
- turistik xizmatlar - turistik faoliyat sub’ektlarining joylashtirish, ovqatlantirish, transport, axborot-reklama xizmatlari ko‘rsatish borasidagi, shuningdek, turistlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan boshqa xizmatlar;
- turistik guruh rahbari - turistik faoliyat sub’ektlarining vakili bo‘lgan va uning nomidan ish ko‘rib, turistlarga xizmat ko‘rsatish shartnomasi shartlarining bajarilishini ta’minlovchi jismoniy shaxs;
- gid (ekskursiya etakchisi) - tur qatnashchilariga turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi doirasida ekskursiya -axborot, tashkiliy yo‘sindagi xizmatlar va malakali yordam ko‘rsatuvchi jismoniy shaxs;
- turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya - turistik faoliyatni amalga oshirishga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi maxsus ruxsatnoma;
- sertifikat - turistik xizmatlar sifatini va ularning muayyan standartga yoki boshqa normativ hujjatga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat.



Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish