Bog'liq Shaxzod modellashtirish kursavoy to\'liq 110522081324
Karbonizasiya bo`limining texnologik sxemasi Ammoniyli osh tuzi eritmasi nasos orqali karbanizatsion kolonnani yuqori qismiga (1) yuboriladi.
5.3- rasm. Karbonizasiya bo`limining texnologik sxemasi Kolonnaning pastki qismiga esa ohak pechlaridan kelayotgan SO2 gazi yuboriladi. Kolonnaning yuqori qismidan pastga tushib CO2 gazini yutadi. Uning sovitish uchun sovitgichga berilib turiladi.Kolonnadan chiqayotgan eritma birinchi gaz yuvuvchi kolonnaga (2)ga yuboriladi. Kolonna (2) pastiga cho’ktiruvchi kolonnalar (7) gaz yuboriladi, natijada eritma qo’shimcha CO2 ni yutadi. Eritma sovitgichda (5)da sovitilib, cho’ktiruvchi kolonnalarga (3) yuboriladi. Cho’ktiruvchi kolonnaga esa ohak pechlari va soda pechlaridan chiqqan CO2 gazi yuboriladi. Karbonizatsiya jarayonini yaxshi ketishi uchun karbonizatsiya kolonnasining pastki qismiga kompressor yordami bilan gaz (70-80%) beriladi. Bu aralashma gaz soda pechlaridan chiqqan gaz 87-91% SO2 va ohak pechlaridan chiqqan gazning (35-40%) aralashishi natijasida olinadi. CO2 gazining qolgan qismi (ohak pechlaridan chiqayotgan) cho’ktiruvchi kolonnalarning (3) yuqori qismiga beriladi. Haroratning korbanizasiya jarayonida pasaytirish uchun cho’ktiruvchi kolonnalarning past qismida suv bilan sovituvchi sovitgichlar o’rnatilgan. Shunday qilib, bikarbonat karbonizasiya kolonnalarida cho’ktirilib 26% lik aralashma holida vakuum filtrga yuboriladi. Ajratilgan bikarbonat kalsiynatsiya bo’limiga yuboriladi. Natriy bikarbonatning kalsiynatsiya (qizdirish) qilish jarayoni. Karbonizasiya bo’limida cho’ktirilgan va vakkum filtrda ajratilgan bikarbonat kalsiynatsiya jarayoniga yuboriladi. Termik parchalanish jarayoni quyidagi reaksiya bo’yicha ketadi:
2NaHCO3→Na2CO3qat.+CO2(g)+H2O(g)-125,6 kDj
Mazkur reaksiya qaytar bo’lgani sababli haroratning ko’tarilishi bilan muvozanat unga siljiy boshlaydi. Pishmagan bikarbonat katta namlikka ega bo’lganligi sababli, qizdirish davrida pechda yirik bo’lakchalar pech devorlariga yopishib qolishi mumkin. Mazkur hodisani bo’lmasligi uchun xom navli bikarbonat kalsiynatsiyaga qizdirish jarayoniga yuborishdan ilgari issiq tayyor mahsulot soda bilan aralashtiriladi. Bu retur sodasi deb ataladi. Natijada bikarbonat retur sodasi bilan aralashib yangi qattiq faza trona nomi bilan atalgan qotishma hosil bo’ladi. Reaksiya natijasida xom nam bikarbonat quruq mayda bo’lakchalarga aylanadi va bunday aralashmani pechda kuydirish ancha oson buladi.
3(Na2CO3 NaHCO3 2H2O)(q) =
Na2CO3 NaHCO3(q) +2Na2CO3(q) +6H2O(g) -320,3 kDj
Harorat 1270C dan oshgandan so’ng trona to’liq parchalanadi.
2Na2CO3 3NaHCO3= 5Na2CO3+ 3H2O + 3CO2 Shunday qilib, kalsiynatsiya jarayoni 1260C dan ortiq haroratda olib borilishi lozim. Ishlab chiqarishda jarayonini tezlatish uchun harorat 1400C qadar ko’tariladi.