Kirish Tadqiqot dolzarbligi



Download 18,79 Kb.
Sana09.08.2021
Hajmi18,79 Kb.
#143082
Bog'liq
3-topshiriq


Kirish

Tadqiqot dolzarbligi. Bugungi kunda axborot makonida ma’lumotlarning saqlanadigan joyi va shakllari juda murakkab bo’lib bormoqda. Shuningdek, ma’lumotlarning hajmi juda ham ortib bormoqda. Shularni e’tiborga olgan holda ma’lumotlarni ishonchli va foydalanishga qulay joyda saqlash dolzab masalalardan biri hisoblanadi.

2019-yili butun dunyoda tashkilotlar bulutli xizmatlar infrastrukturasidan foydalanish uchun taxminan 107 milliard dollar miqdorida mablag’ sarflashgan. Soha ekspertlari 2024-yilga kelib ushbu ko’rsatkich 284 milliard dollarni tashkil qilishi mumkinligini aytishmoqda. Mana shu raqamlarning o’zi bulut texnologiyasiga bo’lgan e’tiborning qanchalik katta ekanligini ko’rsatadi.

Biz bilamizki hozirgi davrda axborot texnologiyalari sohasidagi Microsoft, Amazon, Google, Dropbox va shunga o’xshash kompaniyalar o’zlarining bulut texnologiyasi asosida ishlaydigan xizmatlari taqdim qilib bormoqdalar. Ushbu xizmatlar orasida bulutli ma’lumotlar markazi alohida o’rin tutadi.

"Bulutli xizmatlar" nomi bilan ham tanilgan ushbu Internet xizmatlarni uchta asosiy toifaga bo'lish mumkin:

1. Xizmat sifatida infratuzilma

2. Xizmat sifatida platforma

3. Dasturiy ta’minot sifatida xizmat

An'anaviy yondashuv bilan taqqoslaganda, bulutli xizmatlar sizga katta infratuzilmalarni boshqarish, bir xil bulut ichidagi turli foydalanuvchilar guruhlariga xizmat ko'rsatish, shuningdek bulutli xizmat ko'rsatuvchi provayderga to'liq bog'liqlikni ta'minlaydi. Bulutli xizmatni taqdim etayotganda, har bir kishi uchun to'lanadigan to'lov turi qo'llaniladi. Odatda, resurslardan foydalanishning bir daqiqasi yoki bir soati ish vaqtining birligi sifatida olinadi. O'lchov birligiga to'g'ri keladigan ma'lumot miqdorini baholashda saqlanadigan ma'lumotlarning megabayti olinadi. Bunday holda, foydalanuvchi aniq vaqt ichida u ishlatgan resurslarning to'liq miqdorini to'laydi. Bundan tashqari, bulutli infratuzilma, agar kerak bo'lsa, taqdim etilayotgan xizmatning egiluvchanligidan foydalanib, foydalanuvchiga ajratilgan resurslarning maksimal chegaralarini o’zgartirish imkoniyatini beradi. Foydalanuvchi uchun bulut xizmatlari unga ko'rsatiladigan xizmatlarning ishlashini ta'minlaydigan infratuzilma haqida g'amxo'rlik qilishning hojati yo'q. O'rnatish, nosozliklarni bartaraf etish, infratuzilmani kengaytirish va boshqalar uchun barcha vazifalarni xizmat ko'rsatuvchi provayder o'z zimmasiga oladi.

Hozirda ma’lumotlar markazlari uchun onlayn turda ma’lumotlardan foydalanish eng dolzarb muammolardan biri bo’lib kelmoqda. Shuni e’tiborga olib bulut texnologiyasi asosida ishlaydigan tizimlarni o’rganish va yaratish juda muhim hisoblanmoqda. Taqsimlangan bulutli ma’lumot markazi virtual resurslarini shakllantirish va foydalanuvchilarga taqdim etish algoritmlari yaratish hozirgi kunda jadal rivojlanib borayotgan mavzulardan biridir.

Ushbu mavzu ustida olib borilgan ishlar asosan optimal algoritm yaratish ustida bo’lgan. Optimal yechim barcha jihatlarni hisobga olishi lozim. Algoritm natijasida hosil qilinadigan bulutli ma’lumotlar markazi kamchiqim, energiya tejamkor, sifatli va operativ xizmatni ta’minlash kabi bir qancha xususiyatlarga ega bo’lishi kerak. Albatta yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlarga bir vaqtning o’zida erishish qiyin. Qaysi xususiyatlar birlamchi, qaysilari keying o’rinda ekanligini ajratib olish lozim. Bu esa foydalanuvchi xohishiga qarab o’zgarishi mumkin. Shu sababdan bir qancha algoritmlar yaratish va vaziyat, sharoit, foydalanuvchilar xohishiga qarab kerakli algoritmni taklif qilish ham yaxshi yechim bo’lishi mumkin. Buning uchun avval ushbu sohada amalga oshirilgan ishlarni yaxshilab o’rganib chiqish lozim bo’ladi.



Tadqiqot maqsadi. Taqsimlangan bulutli ma’lumot markazi virtual resurslarini shakllantirish va foydalanuvchilarga taqdim etish algoritmlarini tadqiq qilish va modifikatsiyalangan algoritm ishlab chiqish.

Tadqiqot vazifalari.

− Bulutli ma’lumot markazi virtual resurslarini shakllantirish bo’yicha qilingan nazariy ishlarni tahlil qilish;

− Bulutli ma’lumot markazi virtual resurslarini shakllantirish algoritmlarini tahlil qilish;

− Amalga oshirilgan tahlillar asosida tarmoqlangan bulutli ma’lumotlar markazi modeli va algoritlarini modifikatsiyalash;

− Ishlab chiqilgan algoritmlar asosida bulutli ma’lumotlar markazi virtual resurslarini yaratish;

− Tajribavit va tadqiqiy ishlarni amalga oshirish.



Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqot obyekti sifatida tarmoqlangan bulutli ma’lumotlar markazi olingan. Tadqiqoy predmeti sifatida bulutli ma’lumotlar markazini tashkil qilish algoritmlari hisoblanadi.


Download 18,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish