Kirish tabiatshunoslik darslarining tiplariga tavsif. Tabiatshunoslik dars tiplari tuzilishining o’zaro bog’liqligi. Dars jarayonida frontal, guruh holida va yakka tartibda olib boriladigan ish turlari va ularning o’zaro qo’shilishi



Download 77,5 Kb.
bet1/3
Sana08.07.2022
Hajmi77,5 Kb.
#756814
  1   2   3
Bog'liq
Umidjonova Umida.TABIATSHUNOSLIKKA NOAN`AVIY DARSLARNI TASHKIL QILISH (1)


TABIATSHUNOSLIKKA NOAN`AVIY DARSLARNI TASHKIL QILISH
R e j a :
KIRISH
1. Tabiatshunoslik darslarining tiplariga tavsif.
2. Tabiatshunoslik dars tiplari tuzilishining o’zaro bog’liqligi.
3. Dars jarayonida frontal, guruh holida va yakka tartibda olib boriladigan ish turlari va ularning o’zaro qo’shilishi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Tayanch iboralar: “dars”, “metod”, “uslub”, “vosita”, “eksperimental xarakter”.
Maktabda o’quvchilarga ta‘lim va tarbiya berish o’quv ishlarining muayyan shakllarida amalga oshiriladi. O’qitishning shakli tarbiyaviy ta‘lim jarayonida o’qituvchi tomonidan foydalaniladigan o’quvchilarning o’quv, ko’nikma, idrok qilish faoliyatini o’tkazish (sinfda, tabiatda va shu kabilarda) sharoitlariga muvofiq holda tashkil qilinishidir.
Maktablarda o’rganiladigan barcha fanlar uchun o’quv ishlarining asosiy shakli darsdir. Darslarda davlat dasturi va ma‘lum darajada darslikda belgilangan o’quv materiali o’qitiladi. Darslarga qatnashish o’quvchilarga majburiydir.
Dars - deganda ma‘lum fanlardan, ma‘lum hajmdagi bilimlarning ma‘lum yoshdagi o’quvchilar guruhiga, maxsus tayyorgarligi bo’lgan mutaxassis tomonidan berilishi tushuniladi. Darsning samaradorligini oshirish, beriladigan bilimlar saviyasini ko’tarish, nazariy bilimlarni hayot bilan bog’lab olib borish, yangi pedagogik texnologiyalardan qo’llab dars o’tish o’quvchilarning tabiatshunoslikdan olgan bililmarini e‘tirof etish o’quvchilarda tabiatshunoslikdan bilimlarni o’zlashtirishga yanada qiziqish uyg’otadi, ular bilimini mustahkamlashga yordam beradi.
Dars - o’qituvchining sinf bilan olib boradigan ta‘lim-tarbiya ishlarini tashkil qilishning asosiy shaklidir. Darsda butun ta‘lim-tarbiya sistemasi, o’qitishning metodlari, uslublar va vositalar kompleksi amalga oshadi.
Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilar dasturga qat‘iyan muvofiq, o’qituvchi rahbarligida nazariy bilimlar, amaliy o’quv va ko’nikmalar oladilar. Materialni o’quvchilarga tushunarli bayon qilib, xilma-xil qurollardan foydalanib, o’qituvchi zarur tushuntirishlar beradi, o’qish kitobi bilan mustaqil ishlash, o’z bilimlaridan amalda foydalanish uquvlarini singdiradi.
Darslarning maqsadi va mazmuni har xil, ammo ularning barchasida umumiy maqsad - o’quvchilarning kompleks tarbiyasi va ularga tushunarli bo’lgan bilimlarni bayon qilish, birlashtirishdir. O’qituvchi o’quvchilar ishini shunday tashkil qilishi kerakki, ular shu darsda o’rganiladiganlarni ilgari o’tilganlar bilan bog’lanishini tushunsinlar, materialni ongli o’zlashtirsinlar.
Dars o’tishda o’qituvchi o’quvchilarning faol ishlashlari uchun sharoit yaratishga, ularda jonli qiziqish uyg’otishga intilishi kerak. Bu faqat darsga tayyorlanishda qiziqarli, mamlakatimiz hayoti bilan bog’liq bo’lgan, o’quvchilarga yaqin bo’lgan materialdan foydalanilganda bo’lishi mumkin. Darsga tayyorlana turib, faqat yangi mavzu mazmuninigina emas, balki o’quvchilarning yoshi, rivojlanishi va tayyorgarligini, ilgari o’rganilganlarni o’zlashtirish darajasi, olingan bilimlarning puxtaligi ham hisobga olinishi lozim.
Darsda ko’rgazmali qurol va tajribalarni namoyish qilish bilan boradigan hikoya, suhbat, amaliy ish metodlari qo’llanilishi mumkin. Darsda har xil metodlarning qo’llanilishi yangi mavzuni to’liq va ravshan yoritishga imkon beradi, o’quvchilarni kamroq charchatadi, ular faolligini oshiradi.
Dars ta‘lim jarayonida o’quvchilar jism va voqealar bilan tanishibgina qolmasdan, balki ular haqida fikrlaydilar. Bu esa o’z navbatida, o’quvchilarda tabiatning rivojlanish qonuniyatlari haqidagi bilimlarni shaklanishiga olib keladi. Darsning tarbiyaiviy mazmun kasb etishi, berilayotgan material mazmuni bilangina chegaralanib qolmasdan, balki o’quv materiallarini egallash usullari bilan xarakterlanadi.
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasida o’quv ishlarining turli xildagi shakllari qaror topgan. O’simlik, hayvon va odam hamda tabiat taraqqiyotining qonuniyatlari o’rganiladigan maktab kursining mazmuni maktabda shu fanni o’qitish tizimining o’ziga xosligini belgilaydi. Tabiatshunoslikni o’qitishning asosiy shakli – darslarga qo’shimcha holda maktab amaliyotida o’qituvchining o’quvchilar bilan olib boriladigan o’quv ishlarining boshqa shakllari tarixan vujudga kelgan.
Metodik jihatdan to’g’ri tashkil etilgan o’quv jarayonida shu o’qitishning barcha shakllari asosiy shakl - dars bilan o’zaro bog’liqdir. Ular tabiat haqidagi tushunchalarni, dunyoqarashni, tafakkurni, amaliy ko’nikmalarni rivojlantiradi. Tabiatshunoslik darslarida o’qituvchi barcha o’qitish metodlarini: og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlarni qo’llaydi. U o’simlik va hayvonlarni namoyish etadi. amaliy ishlarni bajarish yo’li bilan o’quvchilarni ayrim organizmlarning tashqi va ichki tuzilishi bilan tanishtiradi. Ammo darslarda uzoq kuzatishni talab qiluvchi o’simlik yoki hayvonning rivojlanish jarayoni, har xil organizmlarning tabiiy sharoitlarda birgalikda yashashlarini ko’rsatib bo’lmaydi. Shuning uchun ham tabiatshunoslik o’qitish metodikasida darslarni to’ldiruvchi maxsus shakllar qo’llaniladi.
Ekskursiyalar tabiatdagi tabiiy guruhlashda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida yoki muzeylarda, o’simlik va hayvonlar bilan tanishtiradi. O’rganilayotgan materiallar tushunchalar yig’indisiga kiradi yoki ilgari qaror topgan tushunchalarni mustahkamlaydi, aniqlaydi, chuqurlashtiradi va umumlashtiradi. Ekskursiyalar darslar bilan chambarchas bog’lanadi. Ekskursiyada ko’rilgan ob‘ektlar kurs davomida ko’p marta esga olinadi, to’plangan narsalar esa namoyish qilinadi. Yakunlovchi ekskursiyalarda o’quvchilar ilgari olgan bilimlarini qo’llab, topshiriqlar bo’yicha mustaqil kuzatishlar o’tkazadilar va material yig’adilar.
Darslarning uy vazifalari xususan eksperimental xarakterdagi tposhiriqlar bilan bog’liqligi aniq va ravshandir. O’quvchilar uyda uncha murakkab bo’lmagan tajribalar, kuzatishlar o’tkazadilar (masalan, uyda daftarlariga sinfda ajratilgan gul qismlarini yoki hasharot bo’laklarini yelimlaydilar, jadval to’ldiradilar, rasmini chizadilar).


Download 77,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish