10) Sayoxat darsi. Bazan dars tabiat qo‘ynida, korxonada, ko‘rgazma zallarida, muzeyda sayoxat shaklida o‘tilishi mumkin. Bunday darslarda o‘quvchilar jonli taassurotlar orqali yangi bilim oladilar. Bu metod tegishli mavzular uchun maxsus rejalashtiriladi. Sayoxat materiallari keyingi darslar samaradorligini oshiradi.
Sayoxat darslari o‘qituvchidan maxorat va tajriba talab qiladi. Bunday darslarda o‘quvchilarga topshiriq yakka yoki gurupalarga bo‘lib taqsimlanadi.
11) Ko‘rgazma (vistavka) darsi. Bunday dars tarix, geografiya, mehnat predmetlarida ko‘lanishi mumkin. O‘quvchilar oldindan berilgan vazifalar asosida albom, referat yoki o‘zlari tayorlagan maxsulotlardan ko‘rgazma tayorlaydi. Ko‘rgazma materiallarining nima maqsada ishlatilishi va foydalanishini aytib berishadi. Ko‘rgazma darsi materiallarini hayot bilan bog‘lab o‘tish imkoniyatini beradi. Dars emotsional ruxda o‘tadi, o‘quvchilarning faoligi nixoyatda oshadi.
12) O‘quvchi-o‘qituvchi darsi. bunday darslarda bilimi yuqori o‘quvchilardan o‘qituvchi tayorlanadi. O‘quvchi-o‘qituvchi ustoz yordamida yangi material va dars metodini tanlaydi. Yangi materialni o‘tadi, o‘quvchilarni baholaydi. Bu metod o‘quvchilarning darsga qiziqishini, intilishini kuchaytiradi. Chunki o‘quvchi-o‘qituvchi ko‘pincha o‘z (o‘qituvchi) metodini takrorlaydi.
13) Materialni emotsional qiziqarli o‘tish darsi. Bunday dars materiallarni hissiy (emosional) qiziqarli bayon etishga asoslanadi. Darsda qiziqarli hikoyalar, epizodlar emotsional bayon etilib, o‘quvchilar diqqati to‘planadi. Darsda o‘qituvchining mimikasi, intonasiyasi katta rol uynaydi. O‘qituvchining materialni obrazli bayon etishi o‘quvchilarga mavzuni yaxshi o‘zlashtirishi imkoniyatini beradi. Dars uchun tanlangan materiallar mavzuning maqsadini ochishga xizmat qilishi va o‘quvchilardan mahorat talab qilishi kerak.
Ona tili darslarida mavzuga qarab gazeta materialinidan foydalanish darsning emotsionalligini oshiradi. Chunki gazetada chop etilgan materialga har qanday o‘quvchi o‘z munosabatini bildira oladi. Undagi bayon qilingan davr bilan hamnafas bo‘ladi. Ayniqsa, gazeta sarlavhalari o‘ta o‘ziga tortuvchi bo‘ladi. Ular: so‘z (Oqibat. Extirom. Ishonch. Sahovat. Diyonat. Inqiroz. Axshiylik. Toshbag‘ir… ), so‘z birikmasi (farzandlar kamoli–oila quvonchi. Kashandalik–umr zavoli…) bo‘lishi mumkin. Bularni tahlil materiali sifatida tanlash leksikologiya, sintaksisga oid mavzularga qo‘l keladi. Bu til birliklarini matn bilan birgalikda tahlil qilish darsning tasirchanligini, samaradorligini oshiradi.
Xulosa qilganimizda, noananaviy dars shakillari ijtimoiy talab asosida yuzaga kelib hozirgi davr talabidir. Etibor beriladigan bo‘lsa, dars jarayonida o‘quvchi shaxsi, unga munosabat shu kuning eng dolzarb muammosidir. Majburiylik asosida bajariladigan, amalga oshiriladigan ishning poyoni qisqa. Shuning uchun ham birinchi navbatda o‘quvchi qiziqishi turmog‘i kerak. Hamma sayyi-harakatlarimiz shunga qaratilmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |