Ko‘rgazmali metodlar. Ko‘rgazmalilak didaktikaning asosiy prinsplaridan sanaladi. Bunda ko‘rish bilan tafakkur uyg‘unlashadi. Ko‘rgazmalilikning illyustrativ (rasmlar, chizmalar, jadvallar, doskadagi yozuvlarni izohlash), demonstartiv (kinoapparatura, kinokamera, kompyuterlar), tabiiy ko‘rgazmalilik (narsalarning o‘zi, predmetlar, turli jonivorlarning mulyajlari–qotirilgan shakl) kabi ko‘rinishlari mavjud. Ular yordamida ham o‘quvchilar tafakkuri taraqqiy qila boradi.
Bu sanalgan metodlarning hammasi ham yuqorida eslatilganidek, o‘quvchilar xotirasi, qayta esga tushirish faoliyatiga mo‘ljallanib, dars jarayonida o‘qituvchi aktiv faoliyat ko‘rsatadi va o‘quvchilarga passiv ishtirokchilarga aylanib qoladi.
II. Noan’anaviy darslar.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Hukumatimizning ta’lim tizimini rivojlantirish, takomillashtirish to‘g‘risidagi qator hujjatlari, DTSning qabul qilinishi amaldagi ta’lim tizimini isloh qilish imkoniyatini beradi.
Ta’lim tizimining isloh qilinishi:
“Ona tili tizimi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga, ya’ni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga o‘rgatishdan ibora” ligini vazifa qilib belgilaydi. Darhaqiqat, biz ijtimoiy jihatdan mukammal shakllangan, mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishni maqsad qilib qo‘yamiz. Shuning uchun ham ona tili ta’limining bosh maqsadi: ona tili mashg‘ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki hamda yozma shakllarda to‘g‘ri va ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish, rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim deb belgilandi. Bunday malaka va ko‘nikmalar berish uchun dars o‘tish yo‘llarini o‘zgartirish, yangi talab darajasidagi metodlar tanlash zaruriyati yuzaga keldi. Yuqorida keltirilgan maqsadni amalga oshirish uchun nazariy bilimlar matn bilan birgalikda ishlashni taqozo qiladi. O‘qituvchi–o‘quvchi, o‘quvchi–o‘quvchi, o‘quvchi–o‘qituvchi kommnikasiyasi (aloqadorligi) amalga oshiriladi. Buning uchun savol–javob, suhbat (evristik suhbat), bahs–munozara, tortishuv asosida o‘quvchilar o‘z fikrlarini bayon etadilar.
Dars o‘tish metod (shakl)larini an’anaviy va noan’anaviyga ajratamiz. Noan’anaviy dars metodlari dars o‘tishning yangi zamonaviy usullarini qo‘llash, mavjud metodlarga zamonaviy dars o‘tish elementlarini qo‘shish yo‘li bilan o‘quvchilar faolligini oshirishdir.
Yangi va yangilangan dars o‘tish metodlaridan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |