3.Sanoat Qurilish banki faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari va moliyaviy natijalari bilan tanishish.
2020 yilda Ozbekiston Respublikasi tolov balansining holati bir qator ichki va tashqi omillar tasirida shakllandi.
2020 yilda tolov balansi holatiga tasir qilgan ichki omillar 2019 yildagi kabi hududlarni rivojlantirish boyicha davlat dasturlarini jadal tarzda amalga oshirishga doir iqtisodiyotni kreditlash hajmining oshishi, tashqi qarz va xorijiy investitsiyalar hajmining ortishi bilan bogliq boldi.
Xomashyo tovarlari narxlarining ijobiy dinamikasi, shuningdek, pul otkazmalari boyicha tushumlarning kopayishi tashqi omillardan boldi.
Yuqorida keltirilgan omillarning tasiri ostida tolov balansining joriy hisobi 3,2 mlrd. AQSh dollariga teng defitsitni korsatdi. Bunda savdo balansi va xalqaro xizmatlarning manfiy saldosi (9,6 mlrd. doll.) birlamchi va ikkilamchi daromadlarning musbat saldosi (6,3 mlrd. doll.) bilan qisman qoplandi.
Shu bilan birga, moliyaviy hisobning manfiy saldosi rezidentlar moliyaviy majburiyatlarining kopayishi (9,6 mlrd. doll.), shuningdek, rezidentlar tomonidan moliyaviy aktivlarning sotib olinishi (3,1 mlrd. doll.) natijasida 6,5 mlrd. dollarni tashkil qildi.
Ozbekiston Respublikasining sof investitsion pozitsiyasi 2020 yilning 1 yanvarida 12,3 mlrd. dollarni tashkil qildi. Bunda boshqa mamlakatlarga nisbatan davlat boshqaruvisof kreditor, bank sektori va boshqa sektorlar mos ravishda sof qarzdor va sof kreditorhisoblanadi.
Ozbekiston Respublikasining yalpi tashqi qarzi 2020 yilning 1 yanvarida 24,4 mlrd. dollarni tashkil qilib, undan 15,8 mlrd. dollari davlat sektorining qarzlari, 8,6 mlrd. dollari xususiy tashqi qarzdir.
Yuqorida takidlangan korsatkichlarning ozgarishi boyicha toliq malumotlar, shuningdek, ularning otgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan o‘zgarishlarining tahlili O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil uchun to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi bo‘yicha nashrida keltiriladi.
“O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.
Bankning asosiy yirik aktsionеrlari: O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya Vazirligi, O’zbеkiston Rеspublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalari.
“O’zsanoatqurilishbank” ATB boshqa aktsionеrlari sirasiga quyidagilar kiradi: “O’ztransgaz” AK, Buxoro nеftni qayta ishlash zavodi, Farg’ona nеftni qayta ishlash zavodi, “Toshkеnt issiqlik elеktr stantsiyasi” UK, “Absolute Investments Trust” MChJ, “Talimarjon IES” UK, “O’zbеkenеrgo” DAK, “Asset Invest Trust” MChJ, “O’zbеkiston Tеmir Yo’llari” DATK, “Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” UShK.
Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, tolovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablaglarini jalb etish, oz nomidan kreditlar berish boyicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bolgan yuridik shaxs bank deb yuritiladi.
Banklar bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada korsatilgan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga haqlidirlar.
Bank faoliyatining predmeti bolib, pul mablaglari, valyuta qimmatliklari va boshqa moliyaviy instrumentlar hisoblanadi.
Pul funktsiyalarining bank xizmatlari korinishida maksimal darajada samarali amalga oshirilishi bank faoliyatining predmeti bolib xizmat qiladi.
Bank foyda olishni asosiy maksad kilib olgan tijorat tashkiloti bulib, bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqildir. Bank universal bank bolib, Ozbekiston Respublikasining yagona bank tizimiga kiradi.
Biz insoniyat uchun ezguliklar yaratish, saqlash va oshirishga komaklashamiz.
Missiyamiz bankning Ozbekiston iqtisodiyotidagi muhim rolini va jamiyatdagi alohida ijtimoiy rolini - jamiyatda ishonch, dadillik va barqarorlikni qollab-quvvatlashga urgu beradi.
Bank missiyasi mijozlarimiz, ularning ehtiyojlari, istaklari va maqsadlari bizning tashkilot sifatidagi faoliyatimizning asosi ekanligini korsatadi.
Bizning missiya bularning bariga qanday erisha olishimizni ham ifodalaydi. Moliyaviy xizmatlar mijozlar uchun u qadar qiziqarli emasligini, ular mijozlarning muhim ehtiyoj va maqsadlarini amalga oshirish vositasi ekanligini tushungan holda faoliyat yuritamiz. Mijozlarimiz bizni aynan ushbu maqsadlarga erishishga komaklashishimiz uchun qadrlashlarini istaymiz.
Mamlakatning eng yaxshi moliyaviy kompaniyalaridan biri bolish bank missiyasida oz aksini topgan. Bank missiyasi, shuningdek, Ozsanoatqurilishbank uchun uning xodimlari naqadar muhim ekanligi hamda xodimlarning shaxsiy va kasbiy maqsadlarini amalga oshirmasdan turib bank maqsadlariga erishish qanchalik imkonsiz ekanligiga urgu beradi.
Buyuk maqsadlarga umumiy qadriyatlar ostida birlashgan maslakdoshlar jamoasi orqali erishiladi. Qadriyatlarimiz muayyan qoidalar, mezonlar va talablardan tashkil topgan holda, jamoamiz azosi yoki azo bolmoqchi bolgan har bir shaxs uchun amal qiladi. Qadriyatlarimiz tamoyillar majmuasi bolib, bank rahbariyati tomonidan maqsadlarni qoyish va ularga erishish natijalarini aniqlashda asos hisoblanadi. Xodimlar ortasida ozaro munosabatlarning yuzaga kelishi va qollab quvvatlanishi, bank ichida boshqaruv tizimi shakllantiriligi, shuningdek bankning mijozlar, jamiyat, aktsionerlar va investorlar bilan ozaro munosabatlari qadriyatlar asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |