Kirish: Sᴜᴛʟᴀᴍᴀɴᴀᴍᴏʟᴀʀ ǫᴀʙɪʟᴀsɪ-Eᴜʙʜᴏʀʙɪᴀʟᴇs



Download 356 Kb.
bet1/6
Sana24.09.2021
Hajmi356 Kb.
#183888
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
attachment
Amaliy mashg javoblar. kampyuter taminoti, 2 5312062448440706883, boshlangich sinflarda matematikada ogzaki va yozma hisoblash metodikasi, M. E. Jumayev z. G’. Tadjiyeva, boshlangich sinflarda matematikada og, Egamberdiyev Dilshod. Aristotel, Test L. Erkinmaydonlarigakatta-katta yer maydonlarini ochishdaki, Nanomateriali i nanotehnologii bak, Harvard University, Harvard University, Документ Microsoft Word, Документ Microsoft Word, 1. САВОЛНОМА АНКЕТАСИ - рангли (2), 71


REJA:

KIRISH:


1.Sᴜᴛʟᴀᴍᴀɴᴀᴍᴏʟᴀʀ ǫᴀʙɪʟᴀsɪ-Eᴜʙʜᴏʀʙɪᴀʟᴇs

ASOSIY QISM:

2.1Sᴜᴛʟᴀᴍᴀᴅᴏsʜʟᴀʀ ᴏɪʟᴀsɪ-Eᴜʙʜᴏʀʙɪᴀᴄᴇᴀᴇ ᴏɪʟᴀsɪ.

2.2Uʟᴀʀɢᴀ xᴏs xᴜsᴜsɪʏᴀᴛʟᴀʀ

2.3Eᴜʙʜᴏʀʙɪᴀᴄᴇᴀe oilasi vakillari.
XULOSA

3.1.Eubhorbiaceae-oilasi xaqida xulosa



SUTLAMANAMOLAR-EUBHORBIALES QABILASI

Daraxt, buta va qisman o’t o’simlik. Tanasida sutga o’xshash yoki rangli suyuqlik mavjud. Barglari oddiy, qisman murakkab, panjasimon yoki naysimon ko’pincha yonbargli.Gullari bir jinsli,qo'sh gulqo'rg'onli yoki gulqo'rg'onsiz.

Bu qabilaga 4ta oila kiradi. Shulardan biri Sutlamadoshlar oilasi- Euphorbiaceae.

OSHIQO'T-Chrozophora turkumi

Bu turkum vakillari bir yillik o’t o’simliklardan iborat.

Barglari oddiy uzun bandli.

Bir uyli, ayrim jinsli.

To’pguli shingilsimon.

Changchi gullari 5-8 tadan, urug’chi gullari 2-6 tadan bo’lib, gulbandlarda o’rnashgan. Changchisi 5-10 ta.

Olmagul oshiqo’t- Chrozophora hicrosolymitana, bir yilli o’t.

Bo’yi 10-40 sm, gullari 7-17 ta. Changchilari 5-8 (9) ta. Urug’chi gullari 4-6 ta. Ko’sakchasi 2xil, yulduzsimon tuklar bilan o’ralgan. Urug’lari silliq.

May-sentabr oylarida gullab urug’ beradi. Adir va tog’larda ekinlar orasida o’sadi.

Oshiqo’t turkumining ba’zi vakillari madaniy o’simlik sifatida ekiladi.bu turkum vakillarining gulqo’rg’oni murakkab,ba’zan gulqo’rg’onsiz,gullari ayrim jinsli,bir uyli yoki ikki uyli,poyada barglari ketma-ket yoki qarama qarshi o’sgan.Shingil,ro’vak va boshoqsimon to’pgulda o’rnashgan.Mevasi ko’sakcha

[1]-rasm


Oshiqo’t-Chrozophoraning tuzilishi

Sutlamadoshlar oilasi-Eubhorbiaceae



Bu oila Yer yuzida keng tarqalgan. 300 ga yaqin turkumga mansub 7500 ta turni o’z ichiga oladi. O’rta Osiyoda oilaning 5 turkumdan iborat 94 ta turi, O’zbekistonda 5 turkumdan iborat 48 ta turi o’sadi. Bu oila vakillari ko’p yillik o’t, buta va daraxtlardan iborat.

Tavsifi:

-Oilaning ko'pchilik vakillari sut shiraga boy

-Barglari oddiy,butun yoki qirqilgan bo'lib,ketma-ket yoki qarama-qarshi joylashgan

-Gullari bir jinsli,bir uyli yoki ikki uyli,ro'vaksimon,yoki boshoqsimon to'pgul hosil qiladi.Gullari oddiy,ba'zan gulqorg'onsiz.

-Changchisi 5ta yoki bir nechta,changchi iplari erkin yoki har hil yo'llar bilan qo'shilib o'sgan

-Urug'chisi bitta,tugunchasi ustki

-Mevasi ko'sakcha,pishib voyaga yetgach 3 yong'oqchaga bo'linadi.

SUTLAMA-Eubhorbia turkumi.

Bu turkum vakillari poyasi tik yoki yonboshlab o’sadigan, bazan yo’g’on, sersut, bargsiz, ba’zan tikanli va har xil shakldagi daraxt, buta va o’t o’simliklardir. Ular tropik, subtropik va o’rta mintaqalarda tarqalgan. O’zbekistonda turkumning 34 ta turi o’sadi. Bu turkum vakili sutlama.

Sutlama yoki kungaboqar sutlama ( Euphoria helioscopa) bir yillik begona o’t. Bo’yi 8-30 sm. Barglari chizg’ichsimon, tanasining hamma qismida sutshirasi bo’ladi. Shirasi zaharli. Mart- sentabr oylarida o’sib, urug’ beradi. Ariq va yo’l yoqalarida, bog’, poliz va sabzavot ekinlari orasida o’sadi.

KANAKUNJUT-Ricinus Communis

-Bizda bir yillik o’t. Bo’yi 2-3 m.

-Barglari navbat bilan o’rnashgan, bandli, panjasimon qirqilgan.

-Poya va shoxlari qizg’ish yoki qo’ng’ir. Gullari ayrim jinsli, bir uyli. Changchisi ko’p.

-Urug’chisi 3 ustunchali.

-Mevasi urug’li ko’sakcha.

-Urug’i kanaga biroz o’xshash bo’lganidan kanakunjut deb nom olgan.

Iyun-sentabr oylarida gullab urug’laydi.

Madaniy, dorivor, moy beruvchi va ziynatli o’simlik.

Urug’ining tarkibida 60%gacha yog’ moddasi bor, undan olingan yog’ tibbiyotda so’rg’ich sifatida ishlatiladi. Afrikada esa yaxshilab yog’langan dog’ zaharli xususiyatini yo’qotadi. Va shu sababli ovqatga ishlatiladi.

Sutlamalar orasida moyli o’simliklar ko’p. Shulardan tungo daraxtlari-Aleuriles hammadan ko’p qadrlanadi. moyi bo’ladi.

Tungo daraxtlari urug’chilaridan tungo moyi olinadi. Ularning urug’ida 60% gacha tungo moyi bo’ladi.

Tungo moyi a’lo sifatli sir, lak va boshqa bo’yoqlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Samolyotsozlik, kemasozlik, elektrotexnika, avtomobil, texnika matolari, rezina, shetografiga va oziq-ovqat sanoatida- konserva idishlariga surish uchun zarur xom-ashyo hisoblanadi.




Download 356 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa