21-Ma’ruza
Yordamchi mexanizmlarning elektr jihozlari va elektr ta’minoti
Reja:
Nasos qurilmalari elektr uskunalari va elektr yuritmalari
Ventilyator va kompressor qurilmalarini elektr uskunalari va elektr yuritmalari
Yordamchi mexanizmlar elektr jixozlari va elektr ta’minoti
Foydali qazilmalarni qazib chiqarishning ochiq usulida va yana shuningdek mashina va asbob uskunalardan tashqari yer ostidagi sochma qazib chiqarish usuli oldingi boblarda ko’rib chiqilgan edi, endilikda suvni chiqarib tashlash, kompressorli, ventilyatorli, ko’tarma, skreperli va boshqa yordamchi qurilmalar.
Ochiq usulda qazilma boyliklarni qazib chiqarish bo’lib, karьerlardan atmosfera suvini va sizot suvlarni o’z vaqtida qazib olinayotgan konlarni quritish o’ta muhit ahamiyatga ega.
An shu maqsadda qo’llaniladi: drenajli shaxtalarda suvni chiqarib tashlash yer osti statsionalarida ; suvni kamaytiruvchi maxsus suvni chiqarib tashlash qurilmalari; statsionar, yarim statsionar va ko’chma suvni chiqarib tashlash karьer qurilmalari.
Kompressor qurilmalari burg’ilash zapravkalash ustaxonalari, perfaratorlarni, pnevmatik zarb va burg’ilash bolg’alarini qisilgan havo bilan ta’minlash uchun qo’llaniladi.
Qisilgan havo shuningdek yana kon mashinalarini ayrim organlarini boshqarish uchun qo’llaniladi (ekskavatorlar, burg’ulash stanoklari, elektrovozlar, ko’tarma qurilmalar va boshq.)
Kam miqdordagi iste’molchilarga uncha ko’p bo’lmagan ko’chma kompressorli qurilma qo’llaniladi. Kon mashinalarida ko’pchilik holatlarda induvidual shaxsiy kopressorlar o’rnatiladi.
Drenaj shaxtalari yer osti kon ishlab chiqarishlarida shamollatish uchun hamda yer osti sochma ishlab chiqish usulida statsional shaxta ventilyatorli qurilma va mahalliy shamollashtirsh ventilyatorlari qo’llaniladi.
Tozalash va tayyorlash ishlab chiqishda jins va qumlarni ko’tarish uchun, shuningdek odamlar va asbob uskunalarni tushirish va olib chiqish uchun skipli va kletli ko’tarma uskunalari qo’llaniladi, ular bir va ikki barabanli ko’tarma mashinalar bilan jihozlanadi.
Kon ishlab chiqishlari o’tkazish qo’lda va kolonkali elektr parmalash, burg’ulovchi va pnevmatik zarb bolg’ada amalga oshiriladi.
Nasos qurilmalari elektr uskunalari va elektr yuritmalari
Karьer va shaxtalarda suv chiqarib tashlash uskunalari uchun odatda asinxron dvigatelli markazdan qochma nasolar qo’llaniladi.
Nasos qurilmali elektr dvigatellarni ishlash rejimi – doimiy yuklamada uzoq davom etadi.
Nasos qurilmalari uchun birinchi navbatda qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatellar va juda kam tarzda sinxron dvigatellar qo’llaniladi.
Suvni chiqarib tashlash qurilmalari uchun nominal quvvatiga qarab 380 va 6000 V kuchlanishdagi dvigatellar qo’llaniladi.
1 kVgacha kuchlanishdagi n asosli qurilmalar elektrli dvigatellarini bosh-qarish uchun magnit ishga tushiruvchilar, magnit kontaktorlar qo’llaniladi; rele himoya va uni boshqarish.
1 kVgacha kuchlanishdagi qurilmalarda dvigatellarni yoqish va o’chirish uchun yuqori volьtli RVNO-6, YaKNO-6 taqsimlovchi qurilmalar qo’llaniladi.
Suvni chiqarib tashlash qurilmalari sxemasida yuqorida ko’rsatilgan himoyalash va boshqarish apparaturasidan tashqari texnologik nazorat qiluvchi apparaturalar ham qo’llaniladi (rele sathi, unumdorlik, suv bosimi, rele harorati va boshq)
Suvni chiqarib tashlash qurilmalarida avtomatik boshqarish keng qo’llanilmoqda. Kon-ruda sanoatida nasos qurilmalarini avtomatik boshqarish uchun UAV,VAV, AVR-3, AV-5, AV-7 apparaturalari keng qo’llaniladi. SHuni qayd qilish kerakki, ko’pgina karьer, shaxta, rudniklarda nasos qurilmaldani o’rnatish avtomatlashtirishning seriyali maxsus apparaturalarisiz soddalashtirilgan sxema bo’yicha amalga oshiriladi.
Avtomatik boshqarishning eng oddiygina sxemasi suv sathini po’kakli releni qo’llagan holda tortish nasos qurilmasi 1 rasmda ko’rsatilgan.
Nasos elektrodvigatelini boshqarish magnit ishga tushirgich 1 yordamida amalga oshiriladi,po’kakli ulab uzgich avtomatik tarzda o’chiriladi va yoqiladi.
Nasosni elektrdvigatelda boshqarish avtomatik tarzda ulanib va o’chadigan po’kakli ulab uzgich 5., magnit ishga tushirish 1 yordamida amalga oshiriladi . Aga suv to’playdigandagi suv halokatli sathgacha ko’tarilgach, unda ulab uzgich 5 magnit ishga tushirgichni boshqarishda zanjirda o’zining uziluvchi kontaktlarini uzadi va signal beruvchi lampani 3 va elektrli zvonok zanjirida tutashuvchi kontakt 2 tutashadi. Natijada nasos elektr dvigateli o’chadi va nasos qurilmasini nosozligi haqida tovushli signal uzatadi.
Nasosni qoplash germetik qoplash baki orqali amalga oshiriladi.
Uchta va undan ko’p nasos bilan jihozlangan statsionar suv chiqarib tashlash qurilmalarini avtomatik boshqarish uchun o’ta murakkab sxema qo’llaniladi, u ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish kursida o’rganilib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |