Кириш рввиПУ



Download 26,58 Mb.
bet26/170
Sana08.01.2022
Hajmi26,58 Mb.
#332571
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   170
Bog'liq
11Konchilik mashinalarining elektr ta'minoti va avtomatlashtirish

Xodimlarga bo’lgan talab
Elektro qurilmalarda ishlash uchun maxsus ta’lim olgan va egallab turgan vazifasida ko’zda tutilgan hajmdagi imtihondan o’ta olgan shaxslar olinadi.

Karьerlarda elektr qurilmalardan foydalanishni tezkor, tezkor ta’mirlash va ta’mirlash qismlariga bo’lgan holda elektr texnik xizmat ko’rsatish xodimlari olib boradi.

Tezkor xodimlarga nimstantsiya va RU bo’yicha,I IIdan kam bo’lmagan texnika xavfsizligi bo’yicha tegishli kvalifikatsiya guruhiga ega bo’lgan navbatchilar kiradi.

Tezkor ta’mirlovchi xodimlarga esa: elektrofikatsiyalangan kontexnik mashinalari elektrotexnik xodimi, ana shu mashinalar ekipaji tarkibiga kiruvchi; kvalifikatsion guruhga ega bo’lgan, kon transport mashinalari va qurilmalari mashinist va yordamchilari, YePB (IV eskkavatorchi mashinistlari III- ularning yordamchilari va burg’ulash stanoklari mashinistlari, II-ularning yordamchilari).Ekipaj tarkibiga kiruvchi shaxslar va bevosita mashinaning elektroqrilmalariga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lmagan shaxslar (chilangarlar, motoristlar, elektrpayvandlovchilar, institut, kollej va litsey amaliyotchilari va boshq.) II dan past bo’lmagan kvalifikatsiyalangan guruhga ega bo’lishlari; uchastkalarda elektr qurilmalarni ta’mirlash va yetakchi xizmat ko’rsatuvchi konchilik uchastkalari elektr texnikasi xodimlari; smena energetiklari va navbatchi elektriklar.

Ta’mirlovchi xodimlar tarkibiga faqatgina elektrqurilmalarni faqat ta’mirlash (montaj, sozlash va sinash)ishlarini bajaruvchi karьerning elektrotexnik xodimlari kiradi.

Elektrqurilmalarni xavfsiz xizmat qilishini ta’minlash uchun texnik va tashkiliy tadbirlar bajariladi.

Elektruskunalarni ta’mirlashda umumiy xavfsizlik shartlarini ta’minlash uchun ishlarni tashkil qilish tartibi tuziladi.

Karьerlarning elektrqurilmalariga xavfsiz xizmat ko’rsatishni tashkil qilish uchun karьerning bosh energetigi bo’limida (byuro) tegishli hujjatlar bo’lishi lozim:

Bilimlarni tekshirish jurnalida elektrqurilmalarni texnik ekspluatatsiya qoidalari va iste’molchilar elektroqurilmalarni ekspluatatsiya qilishida texnika xavfsizlik qoidalari, xodimlar uchun yo’riqnoma, elektrouskunalarda ishlab chiqarish ishlariga ishlash huquqini beruvchi farmoyishlar, shaxslarning ro’yxatlari, farmoyish bilan tayinlangan ma’sul rahbarlar, naryad bo’yicha ishlab chiqaruvchilar va kuzatuvchilar; elektroqurilmani shaxsan o’zlari ko’rish huquqiga ega bo’lgan shaxslar; himoya vositalarini saqlash va hisobi jurnali; karьer va ag’dariladigan hudud, ish joylarini yoritish o’lchash bayoni. Tezkor, telefonogramma, talabnomalar va elektr ta’minoti sxemalari o’zgarishlari va talabnomalar; farmoyishlar; energiya xizmati xodimlari bilan har chorakda instruktaj o’tkazish va elektruskunalarda ishlab chiqarish ishlarini bajarish uchun naryad blankalarini hisobi.

Elektr uskunalarda ishlar yozma naryad, og’zaki farmoyish va undan joriy foydalanish tartibi bo’yicha bajariladi. Naryad- elektruskunalarda yozma farmoyish bo’yicha ishlash, joyini aniqlab beruvchi, ishning boshlanishi va tugashi, uni xavfsiz o’tkazish shartlari, xavfsiz ishlash uchun ma’sullar, brigada tarkibi va shaxslar. Naryad blankalari raqamlanishi, qayddan o’tkazilishi va saqlanishi lozim, ular vaqti-vaqti bilan karьer bosh energetigi tomonidan nazorat qilib boriladi.

Naryadni berish huquqiga elektrotexnika xodimlariga, V kvalifikatsion guruhga ega bo’lgan shaxslarga beriladi. Elektr xo’jalik uchun ma’sullar qurilmada kuchlanish 1 kVdan yuqori va IV guruhda- qurilmalarda kuchlanish 1kV gacha bo’lishi, farmoyish bilan vakolatli etib tayinlangan elektr xo’jaligi uchun ma’sul bo’lgan shaxslarga beriladi.

Naryad bo’yicha ishlar bajariladi: Elektrqurilmalarda LEP kuchlanish 1 kVdan yuqori; VLni tayanchdan yuqoriga 2 m ko’tarishda, shuningdek boshqa elektrqurilmalar va KTP,PPda ko’tarilish bilan bog’liq ishlar;

Moslashuvchan kabellarni qistirmasi joylashtirilgan joyini ta’mirlashda rele himoyasini sozlash va elektruskunalarni yuqori kuchlanishda sinash.

Tezkor jurnaldagi yozuv asosidagi og’zaki faromoyish bo’yicha elektroqurilmalarda 1 kVdan kuchlanish yuqori bo’lganda ishlarni amalga oshirishga ruxsat etiladi:

Qisman kuchlanishni olib tashlash bilan – PP kon mashinalarida o’rnatilgan yoki alohida turib qolgan mayda ta’mirlash (moyni solish yoki almashtirish, VM uzatmasini ta’mirlash), VVda kabelni ulash va o’chirish, ajratgichlarni almashtirish, KTP kontaktorlari kontaktini almashtirish va tozalash, elektrouzatmani sozlash, shuningdek kuch zanjirida va zanjir boshqaruvchida nosozliklarni izlash va aniqlash.SHu bilan to’liq kuchlanishni olib tashlash o’z navbatida almashtirish, kabelь uchlaridan izolyatsiyasini olish, quvvatlanuvchi kabelni birlashtirish va ajratish, kiritish qutisida va ekskavatorning tok qabul qiluvchi halqasidagi izolyatorni almashtirish ishlarini bajaradi.

Xizmat ko’rsatuvchi elektrotexnik xodimlar tegishli himoya vositalari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak (kuchlanish ko’rsatkichlari, botlar, diaelektrik qo’lqop, izolyatsiyalovchi shtanga, himoya ko’zoynagi, ko’chma zaminlash, foydalanishdan oldidan tekshirish va vaqti-vaqti bilan sinab turish kerak bo’ladi).

Uchastka energetigi zimmasiga barcha himoya vositalarini o’z vaqtida sinash va ularni almashtirish ma’suliyati yuklanadi. Har bir karьerda elektr uskuna iste’molchisi PTE va PTBga muvofiq himoya vositalarining kamaymaydigan zahirasi bo’lishi lozim: jami karьer uchun normalangan ro’yxatning kamida 20 % ya’ni har 10 ta kon transport mashinasini har biriga normativ bo’yicha ikkitadan kam bo’lmagan to’liq to’plam bo’lishi lozim.

KRPni doimiy navbatchisiz ko’zdan kechirish elektrotexnik xodimlarning ikki nafardan kam bo’lmagan shaxslari tomonidan kuchlanish to’liq olib tashlangan keyingina amalga oshiriladi, ularning birtasi IV dan past bo’lmagan kvalifikatsiyali guruhga ega bo’lishi, qolgani esa tezkor jurnaldagi yozuv asosida farmoyish bo’yicha IIIdan kam bo’lmagan bo’lishi kerak.

Harakatlanayotgan LEP yaqinidagi ishlar naryad bo’yicha o’tkaziladi, harakatlanayotgan LEPdan uzoqda bo’lgani – farmoyish bo’yicha o’tkaziladi.Ta’mirlash bo’yicha ishlar va ko’chma karьer ichidagi ko’chma harakatlanayotgan qayta qurish ishlari, payvandlash va yangi liniyalarni quvvatlanuvchi manbaga ulash naryad bo’yicha bajariladi. Suriladigan VL yetakchi ta’mirlash, brigadalari himoya vositalari bilan ta’minlangan bo’lishi lozim.(karabin belbog’li saqlagich , dielektrik qo’lqoplar, kuchlanish ko’rsatkichi, tezkor shtanglar va zaminlashni o’tkazish uchun shtanga)

Kabel liniyalarida jami ishlar (ta’mirlash,ulash, yuqori kuchlanishni sinash, ulash, uzish) tegishli malakaga ega bo’lgan elektrotexnik xodim tomonidan o’tkaziladi.

Karьer sharoitlarida kabelda ishlarni olib borish faqatgina ulash punktidan uzib qo’yilgandan keyin yo’l qo’yiladi va qolgan zaryadlarni elektrsizlantirish ko’chma zaminlashni yotqizish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Moslashuvchan kabelni sinashga tayyorlash uchun yuqorida ko’rsatilgan ishlarni bajarish zarur, shuningdek ogohlantiruvchi “To’xta!”, “Yuqori kuchlanish” degan yozuvlarni o’rnatish kerak va kabel trassasi bo’ylab nazorat postlarini qo’yish zarur.

Yuqori kuchlanishli 6—10 kV moslashuvchan kabellarni sinash maxsus ta’lim olgan, malaka guruhi IV dan kam bo’lmagan kishi tomonidan o’tkaziladi.

1 kV kuchlanishli kabelni vaqti-vaqti bilan megommetr yordamida sinashni III malaka guruhiga ega bo’lgan o’qitilgan bir kishi tomonidan bajariladi.

Releli himoyani sozlash va nimstantsiyalar elektr jihozlarini yuqori kuchlanishni sinash, taqsimlash qurilmasi, ulash punkti, KTPda naryad bo’yicha amalga oshiriladi.

Elektrofikatsiyalangan mashinalarni elektrouzatmasini sozlash, shuningdek kuch zanjirlarida va boshqarish zanjirida nosozliklarni topish va ularni bartaraf etish kamida (birtasining guruhi IV dan kam bo’lmagan va qolganlari IIIdan kam bo’lmagan)ikki shaxs tomonidan og’zaki farmoyish yoki tezkor jurnaldagi yozuv joriy foydalanish tartibida o’tkaziladi.

Ko’chma elektr uskunalari zaminlovchi qurilmalarini qarshiligini ochiq kon ishlaridan foydalanish jarayonlarida har almashlab ulashda o’lchash 1 oyda 1 marta maxsus ajratilgan shaxs tomonidan bajariladi.

Ishga tushirish qurilmalari bilan yoritish uskunalarini xizmat ko’rsatishi (ksenonli lampa va boshq.) kamida ikkita shaxs tomonidan o’tkaziladi, ularning birtasini malaka guruhi IV dan kam bo’lmasligi, boshqasi esa III dan kam bo’lmasligi kerak.

Yoritish uskunalarini ishga tushirishda ularni sinash uchun ulash ishlarida xizma ko’rsatadigan xodimga montaj minorasida bo’lish taqiqlanadi. Jarayonni kuzatish yerdan turib bajarilishi zarur. Karьerda ish joylarini yoritishni lyuksmetr yordamida nazorat qilish yiliga kamida 1 marta amalga oshiriladi.

Odamlarni momoqaldiroq vaqtida xavfsizligini ta’minlashda har qanday tarmoqda va elektr asbob-uskunalarida ishlarni bajarish taqiqlanadi.

Momoqaldiroq vaqtida kon transport mashinalarini ishlatishga atmosferadan o’ta kuchlanishdan himoya qilingan taqdirdagina ruxsat etiladi. Himoya vositalari bo’lmagan taqdirda ko’chma elektr uskunalar o’chirib qo’yilishi shart.



Download 26,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish