Imom Buxoriy hayoti va ijodi
1.O’zbekiston Respublikasi Prezdenti Sh.Mirziyoyev 2017-yil 19-sentabr kuni BMT Bosh Assambeliyasining 72-sessiyasida: “Markaziy Osiyo Uyg’onish davrining ko’plab yorqin namoyondalari islom va jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan bebaho hissasini alohida qayd etmoqchiman.Ana shunday buyuk allomalarimizdan biri…,o’z ahamiyatiga ko’ra islom dinida Qur’oni Karimdan keyingi muqaddas kitob hisoblangan “Sahihi Buzoriy”ning muallifi sifatida butun dunyo tan olgan”.
A)Imom At-Termiziy B)Imom Al-Buxoriy C)Samarqandiy D)Marg’inoniy
2.Prezdentimiz Sh.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizning qaysi shahrida Imom al-Buxoriy nomidagi Xalqaro diniy tadqiqot markazi tashkil qilindi.
A)Buxoro B)Samarqand C)Toshkent D)Qarshi
3.”Olti ishonchli hadislar” to’plamining mualliflaridan biri, “muhaddislar ustozi” Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mugiyra ibn Bardozbek al-Juafiy al-Buxoriy qachon va qayerda tug’ilgan?
A)194-yil Shavol oyining 13-kuni B)810-yili 21-iyul C)810-yil 22-iyul D)A,B
4.Qaysi muhaddisning otasi o’z davrining ilmli odamlaridan bo’lib,o’g’lining tug’ilgan kunini o’z qo’li bilan yozib ketgan?
A)Imom At-Termiziy B)Imom Al-Buxoriy C)Samarqandiy D)Marg’inoniy
5.Qaysi muhaddis o’n yoshidayoq Abdulloh ibn al-Muborak va Vakiy kabi olimlarning hadis to’plamlarini mutolaa qilib,yodlab ustozi Shayx Dohliy bilan hadis rivoyatchilari haqidagi qizg’in bahslarga qatnashgan?
A)Imom At-Termiziy B)Imom Al-Buxoriy C)Samarqandiy D)Marg’inoniy
6.825-yilda 16 yashar al-Buxoriy kimlar bilan Hijozga qarab yo’l oladi va Makka va Madinani ziyorat qiladi.Olti yil Hijozda yashaydi?
A)Akasi B)Onasi C)Otasi D)A,B
7.Qaysi buyuk muhaddislardan biri Damashq,Qohira,Basra,Kufra,Bog’dod kabi shaharlarda yashab mashhur olimlardan fikh ilmini o’rganadi.
A)Imom At-Termiziy B)Imom Al-Buxoriy C)Samarqandiy D)Marg’inoniy
8.IX asrda qaysi shahar musulmon sharqidagi eng yirik ilmiy markazlardan biriga aylangan?
A)Nishopur B)Oltin O’rda C)Hirot D)Damashq
9.Imom al-Buxoriy qaysi safdoshi va shogirdiga: “Ibn sendan ko’rgan foyda sen mendan ko’rgan foydadan ortiqroq”,-deb unga chuqur hurmatni bildirgan.
A)At-Termiziy B)Samarqandiy C)Marg’inoniy D)Yusuf Hamadoniy
10.At-Termiziyning Buxoriyning vafoti sababli qattiq qayg’uga botib “ko’p yig’laganidan hatto ko’zlari ko’r bo’lib qolib,uzoq yillar ko’zi ojiz holda yashadi”,-deb ta’kidlaydi?
A)Arab tarixchisi Shamsiddin az-Zahabiyning “Tazkirat ul-Hufor(“Hofizlar haqida tazkira”) asari B)Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”(Nafis majlislar”) asari C)Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”(“Muhabbat shabadalari”) asari D)B,C
11.Manbalarda Imom Buxoriyning qancha hadisni yod olganligi aytiladi?
A)500 B)600 C)700 D)300
12.Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad az-Zuhaliy Buxoriyni nima maqsadda o’z yoniga chaqiradi?
A)”Al jome’ as-sahih” asarini o’qish uchun B)”At-tarix” kitobini o’qish uchun C)O’z saroyidagi ziyofatga taklif qiladi D)A,B
13.Ushbu purma’no so’zlarni Imom Buxoriy kimga aytadi?
“Men ilmni xor qilib uni hokimlar eshigi oldiga olib bormayman,kimga ilm kerak bo’lsa,o’zi izlasin.Lekin Olloh oxirat kuni ilmni yashirmay,uni toliblariga sarf qilganim uchun meni kechiradi”.
A)Xolid ibn Ahmad Buxoriy B)Abu Iso At-Termiziy C)Marg’inoniy D)Samarqandiy
14.Imom Buxoriy qaysi joyda vafot etadi?
A)Buxoroda B)Samarqandda C)Hartang qishlog’ida D)B,C
Do'stlaringiz bilan baham: |