Abdulla Oripov she’riyati
1. A.Oripovning qaysi she’ri “olti oykim she’r yozmayman,yuragim zada” deb boshlanadi?
A)”Bahor” B)”Sarob” C)”Genetika” D)”Kuz manzaralari”
2.Nimanidir axtaraman-she’rdan ham ulug’,Nimanidir axtaraman-nondan azizroq. Bu misralar A.Oripovning qaysi she’ridan olingan?
A)”Bahor” B)”Sarob” C)”Genetika” D)”Kuz manzaralari”
3. A.Oripov qaysi she’rida odamning maymundan tarqalganini inkor qiladi?
A)”Bahor” B)”Sarob” C)”Genetika” D)”Kuz manzaralari”
4.”Bugun to’nib atrofimga qarayman sekin”. Misradagi “to’nib” so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A)qayrilib B)muzlash,sovish C)keksayib D)voz kechmoq
5.”Bir vaqtlar sajda qilgan hazrati inson”ni A.Oripov qanday ta’riflaydi?
A)”O’z nafsin deb dunyoni bulg’ar” B)”Ko’zlarimga goh ko’rinar elba misoli” C)”Ko’zlarimga ko’rinar nari” D)”Qalbda qiynoq hayvon misoli”
6.”O’n oykim so’nmishdir u tanish na’ra”. Bu misra A.Oripovning qaysi she’ridan olingan?
A)”Bahor” B)”Sarob” C)”Genetika” D)”Kuz manzaralari”
7. ”O’n oykim so’nmishdir u tanish na’ra”. Bu misrada nima nazarda tutilgan?
A)G’.G’ulomning o’limi B)M.Sjayxzodaning o’limi C)onasining o’limi D)otasining o’limi
8.A.Oripov “Bahor” she’rida kimga murojaat qilib fikrini yetkazadi?
A)onasiga B)Vatanga C)yomg’irga D)xalqqa
9.”Bu qanday muloqot? Ne hol? Yoningda Joy olmish o’zga bir suyukli daho”.
Bu misralarda nima nazarda tutilgan?
A)bobosining o’limi B)G’.G’ulomning o’limi C)M.Shayxzodaning o’limi D)Mirtemirning o’limi
10.”Dilbar kelinchakning ko’ksida g’ulu,Zardoli shoxiga tashlar ko’z qirin”. Bu misralar A.Oripovning qaysi she’ridan olingan?
A)”Bahor” B)”Sarob” C)”Bahor kunlarida kuzning havosi” D)”Kuz manzaralari”
11.”Bahor kunlarida kuzning havosi” she’ri muallifi kim?
A)Oybek B)E.Vohidov C)Mirtemir D)A.Oripov
12.”Titroq yulduz kabi muzlagan shuur” ifodasi A.Oripovning qaysi she’ridan olingan?
A)”Bahor” B)”Sarob” C)”Bahor kunlarida kuzning havosi” D)”Kuz manzaralari”
13.”Kuz manzaralari” she’ri muallifi kim?
A)A.Oripov B)Mirtemir C)Oybek D)A.Muxtor
14.A.Oripov “Kuz manzaralari” she’rida nimani “bu mening chuvalgan,so’ngsiz o’ylarim” deydi?
A)brgni B)muhabbatni C)yillarni D)mezonni
15.”Ohu bolasi bu-ohuday boqqan,Sharvachcha esa sherning shiddati”. Bu misralar A.Oripovning qaysi she’ridan olingan?
A)”Sarob” B)”Bahor” C)”Kuz manzaralari” D)”Genitika”
16.”Genitika” she’rida kimga “Buyuk bardoshimiz qolg’usi” deya bashorat qilinadi?
A)farzandlariga B)shogirdlariga C)yosh qalamkashlarga D)kelajak avlodga
17.”Genitika” she’ri qaysi misralar bilan tugallanadi?
A)Qahkashon sayrida hur quyosh bilan Kezarsan to abad shodumon,xurram
B)Labda tabassum-u ko’zda yosh bilan Senga talpinaman,buyuk nabiram…
C)Kechmish kamolotin ko’tarib boshga, Yiroq asrlarga ko’z tikib xushhol
D)Valekin bilmadim,mening qonimda Qaysi bir bobomning xislati ko’proq
18.”Genitika” she’rida qaysi tarixiy shaxslar tilgan olinadi?
A)Beruniy,Xorazmiy,Bobur,Alisher,Bobo Kayfiy B)Temur,Ulug’bek,Bobur,Alisher,Lutfiy,Bobo Kayfiy,Bayron
C)Bobo Kayfiy,Ulug’bek,Bobur,Muqanna,Alisher,Pushkin
D)Bobo Kayfiy,To’maris,Forobiy,Beruniy,Muqanna,Dante,Pushkin
19.Quruqshagan o’zbek she’riyatiga o’ychil g’am va g’amchil o’y olib kirgan ijodkor kim?
A)A.Muxtor B)Sh.Rahmon C)A.Oripov D)E.Vohidov
20.”Asablar tuproqqa to’kkan edi tiz” misralarida nima aks etgan?
A)zilzila paytidagi odamlarning ruhiy holati B)o’zining pokiza yoshlik davri C)o’zbek xalqining yig’ma obrazi D)A va C
21.”Yiroq-yiroqlardan mungli va uzun Turnalar tovushin tinglardim faqat”. Bu misralarda A.Oripov nimani tasvirlagan?
A)zilzila paytidagi odamlarning ruhiy holati B)o’zining pokiza yoshlik davri C)o’zbek xalqining yig’ma obrazi D)A va B
22.Sonsiz egatlarga sochilmish,ana, Mening orzularim,mening o’ylarim. Misralarda nima aks ettirilgan?
A)zilzila B)kelajak orzulari C)paxta terimi D)o’zbek xalqining yig’ma obrazi
23.Shabnam shovullaydi bog’lar qo’ynida, Salqin tuman ichra bo’zarar tonglar.Quyoshning erinchak yog’dularida Nafis yaltiraydi bargi xazonlar.
Misralarda A.Oripov nimani tasvirlagan?
A)bahorni B)tabiatni C)umrni D)Vatanni
24. Oyoqlangan qo’ziday dovdirar yelda maysa, Ko’m-ko’k,moviy osmonda kezib yurar oq bulut. Misralar muallifi kim?
A)Mirtemir B)A.Oripov C)Oybek D)M.Yusuf
25. Oyoqlangan qo’ziday dovdirar yelda maysa, Ko’m-ko’k,moviy osmonda kezib yurar oq bulut. Misralarda nima tasvirlangan?
A)bolalik B)bahor C)tabiat D)Vatan
26.Sevgini yorilmagan yaraga o’xshatgan ijodkor kim?
A)U.Nosir B)Oybek C)A.Oripov D)E.Vohidov
27.”Qizg’aldoq bargidek uchar dilda g’am,Toshqinlar kiradi qalbimga manim”. Ushbu misralar muallifi kim?
A)E.Vohidov B)Mirtemir C)M.Shayxzoda D)A.Oripov
28.Badiiy adabiyotda she’riyatdagi qaysi timsollar lirik qahramon darajasiga ko’tarila olmaydi?
1.Raqib 2.Rind 3.Soqiy 4.Ag’yor
A)1,2,4 B)1,3,4 C)1,2,3,4 D)2,3,4
29.Lirika atamasi kim tomonidan qachon fanga olib kirilgan?
A)1846-yil Vilyam Toms B)1921-yili rus olimi Y.N.Tinyanov C)1921-yili Dobrolyubov D)1926-yili rus olimi Y.N.Tinyanov
Do'stlaringiz bilan baham: |