Kirish
Resurslarni tejash
– odamzodning
bunday global muammosi,
avvalam bor sayyoramizdagi muhim organik vak mineral – xom-ashyo
resurslarining chegaralanganligi bilan bog’liq. Olimlar odamzodga
ma’lum bo’lgan foydalanishga yaroqli neft va gaz zahiralarining yaqin
kelajakda tugashidan, shuningdek boshqa muhim resurslar: temir va mis
rudalari, nikel,
alyuminiy, xrom va boshqalarning kamayib
borayotganligidan ogohlantirmoqda. Neft va gaz asosiy energiya
manbaiga hamda muhim xom-ashyo resursiga aylanib qoldi. Bunday
holat neft va gaz konlaridan foydalanishning
tobora ortib borishida
kuzatiladi [1].
Insonga zarur bo’lgan tabiiy resurslar yana qancha vaqtga yetar
ekan? Yer resurslari bitmas-tugamas bo’lib tuyulgan paytlar o’tib ketdi.
Hozirda butun dunyo bo’ylab xom-ashyo nisbatan kam bo’lgan yoki
odam oyog’i yetmagan qorli joylarni tadqiq etishga o’tilmoqda, bu esa
xom-ashyoni qimmatlashishiga olib keladi. Tabiiy resurslarni
kamayuvchi va bitmas-tugamas resurslarga
ajratish tobora shartli tus
olmoqda. Hozirda atmosferadagi kislorod zahiralarining kamayishi bizni
o’ylantirmoqda, kelajakda esa quyosh energiyasi resurslarining
kamayishi masalasi ham bizni oldimizda paydo bo’lshi mumkin.
Yuqorida etilganlardan kelib chiqqan holda, yaqin o’nlab yillar
ichida turli-tuman tabiiy resurslarga ehtiyoj oshishi kutilmoqda.
Resurslar zahirasiga asoslangan holda ularni
ikki guruhga ajratish
mumkin: qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanuvchan resurslar. Birinchi
guruhdagi resurslar deyarli qayta tiklanmaydi, ular ishlatilish darajasiga
bohliq holda kamayib boradi. Bunday resurslarga mineral resurslar, yer
resurslari kiradi. Qayta tiklanuvchan resurslar o’zidan o’zi hosil bo’lish
(biologik), yoki Yerga uzluksiz ravishda keluvchi (Quyosh energisi),
uzluksiz tabiiy aylanishda bo’lib, qayta-qayta ishlatilishi mumkin
(suv).qayta tiklanuvchan resurslar ham, qayta
tiklanmas resurslar ham
cheksiz emas, biroq qayta tiklanuvchan resurslarning tiklanuvchan qismi
doimo ishlatilishi mumkin.
Eng yirik tabiiy resurslarga to’xtalib o’tsak. Energoresurslarning
eng yirigi mineral yoqilg’i – neft, gaz, ko’mirdir. Ushbu energiya
manbalari qayta tiklanmaydi, ularni qazib olish ishlari shu yo’sinda jadal
davom etaversa, 80 – 100 yillardan so’ng ular tugaydi.
Bunda
ymanbalarni qazib olishning bir qismi atom energetikasining rivojlanishi
hisobiga kamayishi lozim. Atom energetikasi uran va toriy
parchalanuvchi izotoplarining “og’ir” yadro yoqilg’isiga asoslanadi.
Biroq bunday resurslar qayta tiklanmaydi: ba’zi-bir ma’lumotlarga
qaraganda, uran yana yuz yilga yetar ekan [2].
Tabiiy resurslarning barcha turlari – issiqlik resurslari, suv
resurslari, biologik resurslar, tuproq resurslari –
tabiat kompleksining
ma’lum bir komponentlari bilan bog’liq hamda ushbu komponentlarning
sarflanuvchi qismini tashkil etadi. Tabiiy resurslar o’ziga xos bo’lgan
sarf bo’lish xususiyatiga ega, tabiat sharoitlarida esa bunday bunday
emas. Tabiat sharoitlariga tabiiy komplekslarning doimiy ta’sir etuvchi
xususiyatlari kiradi, ular foydali mahsulot
olishga yordam bermaydi,
lekin mahsulotning rivojlanishi va joylashishiga (taqsimlanishiga) ijobiy
yoki salbiy ta’sir ko’rsatadi (masalan, harorat va suv rejimlari, shamol,
relyef, ko’p yillik muzliklar va h.k.).
Hozirgi kunda xom-ashyo resurslarini qazib olish bilan bog’liq
bo’lgan bir qator: iqtisodiy va texnik muammolar paydo bo’lmoqda.
Yana qancha resurslar qolganligi esa eng dolzarb muammodir.