Kirish qismi Adabiyotlar sharhi


limon kislota ishlab chiqarish texnologiyasi



Download 0,76 Mb.
bet6/7
Sana06.06.2022
Hajmi0,76 Mb.
#642152
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
limon kislota

4.1 limon kislota ishlab chiqarish texnologiyasi
Limon kislotasini ajratish va uni kristaü hoMa olish. Mitseliylar ajratilgandan so‘ng, kultural suyuqlik o‘z tarkibida limon, glyukon va oksalat kislota (shavel (qaxrabo) kislota)lami aralashmasi, shakar cho'kmalari va minerai moddalar aralashmalarini saqlaydi.
Kultural suyuqlikdan limon kislotani ajratib olish, uning uch kalsiyli tuzini kam eruvchanlik xususiyatiga asoslangan.
Neytralizatsiya jarayoni maxsus uskuna - neytralizatorda amalga oshiriladi, u o‘z navbatida aralashtirgich va b u g ii batareyalar bilan jihozlangan boMadi. Kultural suyuqlik qaynash darajasigacha qizdiriladi va ohakli yoki bo‘rli sut uzluksiz aralashtirish ostida oz-ozdan qo‘shib boriladi.
Neytralizatsiya oziq muhitining pH ko‘rsatkichi 6,8-7,5 ga teng boiganda tugallanadi. Bunda uch kalsiylik tuzlari hosil boiadi:

Kalsiy sitrat va oksalat bunda cho‘kmaga tushadi, kalsiy glyukonat va minerai tuzlar eritmada qoladi.
Kalsiy sitrat va oksalat vakuum-filtrda eritmadan ajratiladi hamda yaxshilab issiq suvda yuvib tashlanadi. Kalsiy sitrat aniq miqdordagi suv bilan aralashtirib, reaktorga solinadi va unga faol ko‘mir qo‘shiladi (tindirgich sifatida). So‘ngra reaktor 60°C gacha haroratda qizdiriladi va unga aralashtirish davomida aniqlangan miqdordagi sulfat kislota quyiladi.
Aralashma 10-20 daqiqa davomida qaynatiladi. Kalsiy sitrat bilan sulfat kislota orasida quyidagi tenglama bo‘yicha reaksiya ketadi va limon kislotasi sof holda ajralib chiqadi:

Kalsiy oksalat bu sharoitda ajralmaydi. Kalsiy sitrat to iiq ajralgandan so‘ng, reaktorga og‘ir metallami cho‘ktirish uchun granulalangan bariy sulfat solinadi. Limon kislota eritmasi gips, kalsiy oksalat, ko‘mir va og‘ir metall tuzlarining qoldiqlaridan vakuum-filtr orqali ajratiladi. Filtrlangan limon kislota eritmasi bug‘lantirishga yo'naltiriladi. Vakuum-uskunada bug'lantirish ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi uskunada eritma 1,24-1,26 g/sm^ zichlikkacha bug‘lantiriladi va bunda gips qoldiqlari cho‘kmaga tushadi. Zieh fíltrda gips ajratib olingandan so‘ng, tiniq eritma, ikkinchi uskunada 1,35-1,36 g/sm^ zichlikkacha bug‘lantiriíadi. Bunday eritmada limon kislotaning miqdori 80% ni tashkil etadi.70°C haroratda vakuum-uskunada bugMantirilgan eritma,kristallizatorga beriladi. Kristallizatorda eritma 35-37°C haroratgacha sovutiladi, natijada limon kislota kristallari paydo bo‘la boshlaydi.
Kristallizatsiya to‘xtovsiz aralashtirish va bosqichma-bosqich 8-10°C
gacha sovutish orqali amalga oshiriladi. Hosil qilingan iimon kislota
kristallari sentrifiigalash orqali ajratiladi va ko‘p boMmagan miqdordagi
sovuq suvda yuvilib quritishga yo‘naltiriladi.
Kristall holatdagi limon kislotasini quritish lentali yoki barabanli
pnevmatik quritgichda, 35°C dan oshmagan haroratli havoda amalga
oshiriladi.
Tayyor preparat tarkibida 99,5% dan kam bo‘lmagan miqdordagi
limon kislotasini (monogidratga hisoblaganda) saqlashi lozim.
Limon kislota SeNgO?, uch asosli oksikislotadir:
Suvli eritmalardan rangsiz shaklda, suvning bir molekulasi bilan
birga, tiniq, rombik ko‘rinishidagi kristallar hosil qiladi. Limon kislotasi
medisinada, oziq-ovqat sanoatida, kimyo va yengil sanoatda juda keng
miqyosda qo‘llaniladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo miqyosida limon
kislotasining ishlab chiqarilish hajmi yiliga 400 ming tonnani tashkil
etadi. Limon kislotasining katta miqdorda ishlab chiqarish jarayonida
uglerod manbai sifatida uglevod va uglevodorodlardan foydalanish
mumkin ekanligi tasdiqlangan. Shunday qilib, bu kislotani sanoat
sharoitida ishlab chiqarish boshlangan.
Limon kislotasining katta miqdorda sintez qiluvchi produsent
mikroorganizmlar mikroskopik zamburugMar (Aspergillus niger),
achitqilar (Candida lipolytica, Candida quilliermondii) va bakteriyalar
(Corynebacterium, Arthrobacter)hisoblanadi.
Rossiyada limon kislotasi, Aspergillus niger mikroskopik zamburug‘ini melassali oziq muhitida o ‘stirib, mikrobiologik sintez qilish aso­
sida olinadi. Limon kislotasini ishlab chiqarish jarayoni o'zida mikro­
biologik texnologiyaning barcha asosiy bosqichlarini mujassamlashtiradi:
• ekuv materialini olish;
• melassa xomashyolami fermentatsiyaga tayyorlash;
. havoni tayyorlash va sterillash;
fermentatsiya;
. mitselial zamburug‘-produsentning biomassalarini ajratish;
. kultural suyuqlikdan limon kislotasini ajratish va uni kristall
holatga tushirish.
Limon kislotasi sintez qiluvchi produserltlarni oziqni sirtida va
suyuqlik ichiga ekish usullari orqali ko‘paytirish mumkin. Limon
kislotasini bu usullarda ishlab chiqarishning texnologik chizmasi
faqatgina fermentatsiya bosqichida farqlanadi. Qolgan barcha bosqichlar
bir xilda kechadi.
Yuza qismda o‘stirish uchun oziq muhiti maxsus qozonlarda qaynatib tayyorlanadi. Melassa suv bilan 1:1 nisbatda suyultirilib olinadi va sulfat kislota qo‘shilib, eritmaning pH ko‘rsatkichi 6,8-7,2 gacha olib boriladi Temir tuzlari va og‘ir metallarni cho‘ktirish uchun qaynatish davomida aniq miqdordagi sariq qon tuzining eritmasi - kaliy geksasianoferroat(GSFK) solinadi.
Melassa eritmasiga 60-70°C haroratda, birin-ketin azot, fosfor(kaliy fosfat), makro- va mikroelementlar (rux, magniy, kaliy vaboshqalar) manbalari qo‘shiladi. Tayyor oziq muhiti 45-50°C haroratdasteril idishga o ‘tkaziladi. Oziqaning shakar saqlashi 12-16% ni tashkil etishi lozim.
Asosiy fermentatsiya kyuvetalar joylashgan yopiq boiimalari mavjud bo‘lgan maxsus stelajlarda (javonlar) amalga oshiriladi.
Kyuvetalar to‘g ‘ri burchak shaklidagi aluminiy yoki zanglamaydigan po'latdan tayyorlangan boMadi. Kyuvetalaming uzunligi 7 m, eni 1,8 m, bort balandligi 20 sm gacha bo‘lishi mumkin. Kyuvetalar oziq muhiti bilan to‘ldiriladi va kultural suyuqlik shtuser orqali kyuveta tubiga sizib o ‘tib turadigan bo‘ladi. Kamera, qizdirilgan steril havo uzatgich tizim bilan jihozlanadi. Yangi fermentatsiya sikli oldidan kameralar va kyuvetalar tozalab yuviladi va paroformalin aralashmasi bilan sterillanadi, keyin esa paroammiakli aralashmada degazatsiyalanadi.
Sterilizatsiyalangan va sovutilgan kamera kyuvetalariga oziq muhiti 12 dan 18 sm gacha qatlam qilib quyiladi. Maxsus uskunalarda Aspergillus niger konidiylari, ya’ni ekish materiali oziq muhitiga purkab sepiladi. Ekishdan keyin bir kun o ‘tgach, yupqa oq-sarg‘ish mitseliy qoplami hosil bo‘ladi va uch kun o ‘tgach qalinlashib burmali, qatlam-qatlam tuzilishni namoyon qiladi. Zamburug‘ mitseliysining faol o‘sishi, juda kam aeratsiyada, 34-36°C haroratda ta’minlanadi. Faol kislota hosil boMish bosqichida harorat 32-34°C gacha
pasayadi, havo uzatilishi esa, 3-4 marta oshiriladi. Kislota hosil boMishining jadalligini pasayishi va ajraladigan issiqlik miqdori kamayishining oldini olish uchun kameraga berilayotgan havoni sekinasta kamaytirib boriladi.
Fermentatsiya jarayoni eritmada 1-2% shakar qolganda va kultural suyuqlikdagi kislotaning miqdori 12-20% ni tashkil etganda to‘xtatiladi. Kyuvetalardan kultural suyuqlik mahsulot yig‘gichga quyiladi, so‘ngra kimyoviy sexga o‘tkaziIadi. U yerda limon kislota ajratiladi. Kultural suyuqlikning limon kislotani saqlashi 12-20% ni tashkil etadi. Mitseliy, kislotalardan issiq suv bilan yuvib tozalanadi va shundan so'nggina qoramollar uchun oziqa sifatida qo‘llanilishi mumkin.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish