Almashtirilmaydigan aminokislotalar oqsil molekulalarini hosil bo’lishida ishtirok etadigan 20 ta tabiiy aminokislotalardan 8 tasi odam organizmida sintez qilinmaydi va almashinmaydigan hisoblanishadi. Bular: lizin, treonin, triptofan, metionin, fenilalanin, leysin, izoleysin va valin. Bu aminokislotlalarni barchasi organizmga oqsillar tarkibida kelib tushishadi. Ushbu aminokislotlalarga hayvon oqsillari juda boy. Almashinuvni normal darajasi uchun talab qilinadigan almashtirilmaydigan va almashtiriladigan aminokislotalarni o’zaro nisbati o’simlik va hayvon oqsillarini oziq-ovqatdagi 9:10 nisbatida kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |