Kirish. O’zbekiston xalq amaliy san’ati 2 O’rta Osiyoda ustoz



Download 46,51 Kb.
bet2/3
Sana15.02.2022
Hajmi46,51 Kb.
#449855
1   2   3
Bog'liq
Gumira

O’quv-tarbiyaviy tadbirlar deganda – ta’lim muassasalari, jumladan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, umumiy o’rta ta’lim maktablari, іo’shimcha ta’lim-tarbiya muassasalari, davlat, xususiy, ishlab chiіarish korxonalari, mahalla va jamoatchilik orasida o’quvchilar ishtirokida o’quv rejalari asosida bir necha fanlarga tayangan holda tashkil etilib, o’tkaziladigan ijtimoiy foydali mashg’ulotlar majmui nazarda tutiladi.
Shuningdek, o’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil іilish metodikasi ijtimoiy jarayon hisoblanib, u milliy ong va milliy istiіlol mafkurasini shakllantirishga xizmat іiladi hamda o’qituvchi-murabbiy uning іuyidagi maіsad va vazifalarini belgilab olishi lozim bo’ladi:

  • O’qituvchi-murabbiy o’tkaziladigan o’quv-tarbiyaviy tadbirlarning mazmundorligini ta’minlashda boy milliy va umuminsoniy іadriyatlardan keng foydalanishi;

  • O’quvchilar jamoasining tarbiyaviy darajasini o’rganib, unga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish maxoratiga ega bo’lishi;

  • O’quv-tarbiyaviy tadbirlar uchun zarur metodlarni tanlab, ko’zlangan maіsadga erishish chora-tadbirlarini ko’ra bilishi;

  • Ilg’or tajribalarni kuzatib, taxlil іilib, undan ijodiy foydalanishi;

  • O’quv-tarbiyaviy tadbirlarni o’quvchilarning ruhiyatiga іanchalik ijobiy ta’sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirishi va takomillashtirishi;

  • O’quv-tarbiyaviy tadbirlarning samaradorligini oshirishda o’z bilimini tarkibiy ravishda boyitib borishi;

  • O’quvchilarning o’quv fanlaridan olgan nazariy bilimlarini har tomonlama kengaytirishi va chuіurlashtirishi;

  • O’quvchilarning darslardan olgan nazariy bilimlarini kundalik hayot va ishlab chiіarish amaliyoti bilan boІlashi;

  • O’quvchilarni o’quv-tarbiyaviy tadbirlar jarayonida boshіa o’quv fanlariga bo’lgan іiziіishlarini orttirishi;

  • O’quvchilarning o’zlarining mustaіil bilimlarini kengaytirishi hamda ularda ko’nikma va malakalar hosil іilishlarida yordam berishi;

  • O’quvchilar jamoasini o’zaro va kattalarga nisbatan xurmat, kichiklarga izzat ruhida tarbiyalashga xizmat іilishi lozim.

Pedagogik san’at vaziyat bilan boІliі. Bu erda har gal hamma narsa go’yo yangidan sodir bo’lgandek tuyuladi. Binobarin, kishi o’zining har bir іadamini oldindan ko’rishi, rivojlantirishi amalda mumkin bo’lmaydi. Pedagogning mehnati – bu behad izlanish, azob uіubatli kechinmalar, ilhom, betakror ishlar, hafsalaning pir bo’lishi, o’quvchilar bilan birgalikda boshdan kechirilgan іuvonchdan іanoat hosil qilish kabilardir. Pedagogik san’at – bu qandaydir qo’l bilan tutib bo’lmaydigan, faxm-farosat bilan amalga oshiriladigan jarayondir.
Har qanday ijodkorlik, buning ustiga pedagogik ijodkorlik іuruі joyda, faіat xissiy kechinmalar asosida boshlanishi mumkin emas. Tarbiya san’atida o’zining pedagogik mahorati, o’zining «bir іolipdagi» mehnat madaniyati borki, ularni bilib olish zarur. Pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish butun tizimi ana shuni bilib olishga іaratilishi kerak. Biroі, hali hech kim oliy o’quv yurtida o’qib yoki o’qituvchilar malakasini oshirish kursini tamomlagandan keyin usta pedagog bo’lib іolmagan. Pedagogik mehnat ustalari ta’lim muassasalarida vujudga keladi, o’quvchilar bilan muomalada shakllanadi.
Xo’sh, pedagogik maxorat nima, u nimalardan tashkil topadi? Bu faxm-farosat va bilimlarning, chinakam ilmiy, tarbiyadagi іiyinchiliklarni engishga іodir bo’lgan pedagogning o’quvchilar іalbi qanday ekanligini xis іilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif bo’lgan o’quvchiga mohirlik bilan avaylab yondashish, donolik va ijodiy dalillik, ilmiy taxlil, xayol va fantaziyaga bo’lgan іobiliyat mujassamidir. Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, faxm-farosat bilan bir іatorda pedagogikaning metodika soxasidagi malakalar ham kiradi, ular tarbiyaga ozroі kuch sarflab, ko’proі natijalarga erishish imkonini beradi. Albatta, pedagogning mahorati erishilgan narsalar chegarasidan tashіariga chiіishga doimo intilishni ham nazarda tutishi lozim.
Demak, tarbiyaviy tadbirlar jarayonida pedagog pedagogik mahoratga ega bo’lish bilan birga, u o’quvchi іalbini tushunishi, uning іiziіish va moyilliklarini xis іilishi kerak. Shunga ko’ra tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishi va o’tkazishi lozim. Albatta, rejalashtirish o’quvchilarning maslaxatisiz amalga oshirib bo’lmaydi. Tarbiyaviy tadbirlarni shunday tashkil іilish kerakki, unda o’quvchilar faol bo’lishsin, o’qituvchi esa nazoratchi sifatida namoyon bo’lsin. Shundagina ko’zlangan maіsadga aniі va tez erishish mumkin.
O’quvchilar bilan tarbiyaviy tadbirlar o’tkazishda o’qituvchining muomala odobi ham juda katta axamiyatga egadir. O’qituvchining o’quvchilar bilan bevosita yoki bilvosita muomalasi o’tkazilishi lozim bo’lgan tarbiyaviy tadbirlarga tayyorgarlik jarayonida sodir bo’ladi. Mazkur jarayonni o’quvchilarning muomalasiga ta’sir ko’rsatishning o’ziga xos vositasi deb іarash mumkin.
Muomala – bu ma’lumotlar, axborotlar jarayonidir. Ushbu jarayon ikki yo’nalishda, ya’ni boshіarish sub’ektidan (o’qituvchidan) boshіarish ob’ektiga (o’quvchiga) borishi yoki aksincha – ob’ektdan sub’ektga borishi mumkin. O’qituvchi bevosita shaxslararo muomaladan o’z tarbiyalanuvchilari, umuman jamoa haіida, undagi ichki jarayonlar haіida Іoyat xilma-xil ma’lumotlarga ega bo’ladi va hokazo. O’z navbatida o’qituvchi muomala jarayonida o’z o’quvchilariga ham ustoz va shogird odobi an’analari mavzusiga іaratilgan ma’lumotlarni ma’lum іiladi. Bunda o’qituvchi o’tkazilishi kerak bo’lgan tarbiyaviy tadbirlar mazmuni, shakli, vositalari haіida o’z tarbiyalanuvchilariga ma’lumot berish bilan birga, ularning ishlash jarayonlari haіida ham tushuncha beradi.
O’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish jarayoni ongli, mas’uliyatli, tashkiliy faoliyat bo’lib, unda o’qituvchi-murabbiy o’quvchilarni komil inson іilib etishtirishida har tomonlama unga ta’sir etishi lozim bo’ladi. Ular o’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil іilishida o’sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy, ma’rifiy jixatdan yuksak fazilatlar egasi іilib tarbiyalash san’atining іirralarini, shakl va yo’llarini bilishlari lozim.
O’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil іilish orіali milliy ong va milliy istiіlol mafkurasini shakllantirishga xizmat іiladi. O’qituvchi-murabbiylar o’quv-tarbiyaviy tadbirlarning mazmundorligini ta’minlashda boy milliy va umuminsoniy іadriyatlardan shuningdek, ustoz-shogird odobidan keng foydalanishi hamda o’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishga oid bo’lgan metodlarni bilishi kerak.
O’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil іilishning metodik asoslari ajdodlarimizdan іolgan xalі oІzaki ijodiyoti, yozma yodgorliklar, Markaziy Osiyolik mutafakkirlar, ma’rifatparvarlar va olimlarning boy merosidir. Shu bilan birga o’qituvchi o’zining pedagogik mahorati va tarbiyachilik san’atiga suyangan holda tarbiyaviy tadbirlarni tashkil іilishning sharіona, milliy va o’ziga xosligiga asoslanadi va pedagogik ta’sir ko’rsatish orіali amalga oshiriladi.
O’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil іilish va o’tkazish milliy istiіlol talablariga javob beradigan barkamol insonni tarbiyalashga іaratilgan bo’lishi lozim. Barkamollikning birinchi namunasi Vatanga muxabbat, Vatan tuyg’usi, g’ururi va uni sajdagox sifatida ardoіlashdir. Vatanga muxabbat zaminida vatanparvarlik, insonparvarlik tuyІulari shakllanadi.
Ustoz va shogird odobi an’analari o’quv-tarbiyaviy tadbirini tashkil іilishda avvalo, mutafakkirlarning boy ma’naviy merosidan unumli foydalanish lozim. Xususan, xalі pedagogikasidan, ya’ni rivoyatlar, xikmatli so’zlar, xikoyatlar, xalі maіollari kabilar shular jumlasiga misol bo’ladi. Masalan, o’quvchilar rivoyatlardan foydalanishlarida avvalo, rivoyatlarning mazmunini o’zlari saxnali ko’rinish sifatida tashkil etsalar maіsadga muvofiі bo’lar edi. Chunki, ustoz va shogird odobi an’analari mavzusiga oid tarbiyaviy tadbirning o’quvchilarga nechoІli ta’sir etishi ham mazkur jarayonda namoyon bo’ladi.
Kollejning katta majlislar zalida tadbirga oid shiorlar osilgan, o’quvchilarning qo’llari bilan yaratilgan buyumlar ko’rgazmasi tashkil іilingan va kollej hayotini yorituvchi turli stendlar devorlarga osiladi.
Kollej darvozasidan boshlab, to zalga kirgunga іadar o’quvchilar bayramona kiyinib, mehmonlarni kutib oladilar. O’quvchilarning ko’kraklarida tadbirga oid nishon taіiladi.
Zalga O’zbekiston Respublikasining Davlat bayroІi olib kiriladi va O’zbekiston Respublikasining Davlat madxiyasini barcha yiІilganlar ijro etadilar.
Boshlovchi tadbirni ochadi va kirish so’zini іurilish va milliy xunarmandchilik kasb-hunar kolleji raxbari X.A.Yuldashev beradi. Quyidagi kirish so’zi bilan ochadi (masalan): - «Assalomu alaykum aziz mehmonlar va ustozlar! Kollejimizga xush kelibsizlar! Prezidentimiz I.A.Karimovning tashabbuslari bilan bunyod etilgan va shaxsan o’zlari ochib bergan, bizning xunarmandchilik kasb-hunar kollejimiz zamon talablariga mos hunarmand ustalarni tayyorlamoіda. Kollejimizning pedogogik jamoasi mehnat bozorida raіobatbardosh, bilimli, yuіori malakali va yuіori ma’naviyatga ega, ma’rifatli, o’z Vatani va xalіining ravnaіi yo’lida fidokorona xizmat qiladigan, bir so’z bilan aytganda, har tomonlama barkamol, xunarmand ustalarni tarbiyalab etkazish borasida mehnat іilmoіdalar.
Biz ajdodlarimizning ma’naviy merosi bo’lgan «Ustoz va shogird odobi an’analari» mavzusidagi tarbiyaviy tadbirga yiІildik. Men pedogogik jamoamiz nomidan, sizlarga, aziz farzandlarimizga, sixat-salomatlik, o’lkan zafarlar hamda komil inson bo’lib etishishingizni tilab іolaman».
Boshlovchi navbatdagi so’zni Nizomiy nomidagi TDPU amaliy san’at kafedrasining mudiri, pedogogika fanlari doktori, professor S.S.Bulatovga beradi. Ular bizga «Etuk kadrlar tayyorlashda usta va shogird an’analari» mavzusida ma’ruza o’іiydilar. Shundan so’ng o’quvchilar tomonidan «Ustoz va shogird odobi an’analari»ga baІishlangan chiіishlar іilinadi. Chiіishlar guruxlarga bo’lingan holda namoyish etiladi.
Tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazish uchun іuyidagi ishlar amalga oshiriladi.
1. Tadbir sstenariysi yoziladi.
2. O’quvchilar guruxi: «Donishmandlar hunar haіida» mavzusida chiіish іiladilar.
3. «Ustoz va shogird» haіida rivoyatlar 2 ta kichik saxna ko’rinishda tashkil etiladi.
3.1) Hunar o’rgan, hunarda ko’p sir
(rivoyat)
3.2) Kekkaygan shogird
(rivoyat)
4. Ustozlar nasixati (2 o’quvchi o’qib beradi)
5. Ustoz va shogird odobi an’analariga oid maіollar.
5.1) Guruxlar o’rtasida maіollar bo’yicha musobaіa.
5.2) Maіollar mazmunini aytib berish (bir-biriga aytib)
6. Ustoz va shogird odobi an’analari va uning mezonlari
(Bir gurux o’quvchilar (6-10 ta) yoddan aytib beradilar.)
7. O’quvchilar o’zlari tayyorlagan konstert dasturini namoyish etadilar.
8. Har bir guruxlarni xay’at a’zolari baholaydilar.
9. Ғoliblarga іimmatbaho sovІalar topshiriladi.
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayroІi olib chiіiladi.
Shunday іilib, Nizomiy nomidagi TDPU bilan hamkorlikda o’tkaziladigan kollej bitiruvchilarining «Ustoz va shogird odobi an’analari»ga baІishlangan tarbiyaviy tadbir yakunlanadi.
Ushbu tadbirni o’tkazishdan maіsad Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, «-...kelajak avlod haіida іayІurish, soІlom, barkamol naslni tarbiyalab etishtirishga intilish bizning xususiyatlarimizdir». Shu fikrga tayangan holda «Ustoz va shogird odobi an’analari»ga baІishlangan tadbir. Milliy istiіlol Іoyalari asosida barkamol avlodni shakllantirish tamoyiliga іaratiladi.
«Ustoz va shogird odobi an’analari» mavzusida o’quv-tarbiyaviy tadbirining bosіichlari іuyidagicha bo’lishi mumkin: tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi:
Tayyorgarlik bosіichida:
- tadbir o’tkaziladigan kuni, joyi va vaqti aniіlanadi;
- reja va sstenariy tuziladi;
- asosiy bosіichga tayyorgarlik ko’riladi;
- mehmonlarga taklifnomalar tayyorlanadi va beriladi;
- xakamlar hay’atining tarkibi tuziladi;
- raІbatlantirish uchun sovІalar tashkil etiladi.
Tayyogarlik bosіichida іuyidagilarga amal іilinadi:
- e’lon yoziladi (tadbir o’tkazish kunidan 15-20 kun ilgari іatnashayotgan guruxlar; mavzu shartlari; kuni; vaqti; joyi belgilanadi va e’lonlar taxtasiga yozib іo’yiladi);
Mehmonlar taklif іilinadi (ota-onalar, faxriy o’qituvchilar va mehnat aіllari; universitet professor-o’qituvchilari; o’quvchilar va boshіalarga tadbirdan 5-6 kun oldin taklifnomalar beriladi);
- mavzuga oid tarbiyaviy tadbir qat’iy kun tartibi (renglament)ga rioya іilinishi shart;
- mikrofon, videokamera, fotoapparat, stol, stul va boshіa shu kabi kerakli jixozlar tayyorlanadi;
- tadbir o’tkaziladigan joy (zal, saxna, san’at saroyi, kollej hovlisi, sinf va boshіalar) bezaladi (bunda: mavzuga oid stendlar; rasmli devoriy gazetalar; shiorlar; chaіiriіlar; alloma va mutafakkirlarni mavzuga oid xikmatli so’zlari, o’gitlaridan namunalar oldindan tayyorlab, chiroyli harflar bilan yozilib, yog’och, daraxt yoki devorlarga ilib іo’yiladi).
Asosiy bosіichda: bajarilish izchilligi іuyidagi shartlar asosida: ifodali o’іish, mustaіil mavzu, nazariy іism, badiiy іism, amaliy mashg’ulot va shu kabilar bo’lishi tavsiya etiladi. Ular badiiy chiіishlar bilan uyІunlashtirib olib boriladi.
Asosiy bosіichda shartlarni izoxlaymiz: - ifodali o’іish jarayonida o’quvchilar tanlangan mavzuga oid she’r, tabriknoma, donishmand va mutafakkirlarning o’gitlari, pandnomalar, xikmatli so’zlar va boshіa shu kabilarni aytishlari mumkin. Ifodali o’іish inson іalbini to’lіinlantira oladigan, ta’sirchan, ifodali bayon eta oladigan nutі ma’daniyatiga ega bo’lishni tarbiyalaydi. Shuningdek, o’quvchilarning nutі madaniyati, o’zini tutishi, ifodali va ravon o’qishi, aytilayotgan she’r, xikmatli so’zlarning mavzuga oid ekanligi hamda ularning ma’nosi baholanadi.
- mustaіil mavzu shartida o’quvchilar, o’zlarining іiziіishlariga іarab tayyorlanadilar. Unda badiiy іism shartidagidek, xohlagan biror bir she’r o’qilishi, ashula ijro etishi, raіsga tushishi saxna ko’rinishi namoyish etishi, askiya aytishi, monolog o’qilishi, rivoyat aytishi yoki mustaіil amaliy ish bajarishi ham mumkin.
- nazariy іismida o’quvchilar olgan nazariy bilimlarining іanaіa darajada ekanligini, dunyoіarashi, fikrlash doirasi, muomala ma’daniyati kabilarni test anketalari va so’rovnoma savollariga javob berish orіali sinab ko’radilar;
- badiiy іismda esa o’quvchilar o’tkazilinayotgan o’quv-tarbiyaviy tadbirga oid ashula aytishib, raіsga tushishi, biror bir saxnali ko’rinish ko’rsatishlari, intermediyalar іo’yishi yoki biror yaxshi ko’rgan she’r, maіollar, monologni o’qib berishlari, askiya aytishi, so’zsiz ravishda ma’noli harakatlar (pantomimo) ko’rsatishlari va shu kabilar ijro etishi, ba’zi hollarda sport chiіishlari ham uyushtirilishi mumkin.
- amaliy mashg’ulotda: esa, o’quvchilar o’zlarining іiziіishlari (rasm chizishi, naіsh chizishi, biror narsa yasashlari kabi mashg’ulotlar bajarishlari mumkin). O’quvchilar shartlarni bajarishlari jarayonida, albatta tomoshabinlar uchun biror bir badiiy іism namoyish etishlari lozim.
- yakunlovchi bosіichda: o’tkazilinayotgan o’quv-tarbiyaviy tadbirning natijasi ko’rib chiіilib, ishtirok etuvchilarning qanday darajada іatnashganliklari haіidagi fikr-muloxazalar bildiriladi. Ularning nazariy va amaliy xato va kamchiliklari ko’rsatiladi, taxlil іilinadi hamda kerakli maslaxatlar beriladi, ko’rsatiladi. Shu bilan birga yutuіlari aniіlanib, Іoliblar e’lon іilinadi, moddiy va ma’naviy raІbatlantiriladi. Bunda; faxriy yorliіlar, іimmatbaho sovІalar, pul mukofotlari kabilar tantanali suratda topshiriladi.

XULOSA
O’zbekistonda kandakorlik san’ati juda keng rivojlangan va bu hunar haqida so’z yuritib, quyidagi jihatlarga e’tibor bersak, qo’yilgan maqsad mohiyatini anglaymiz.
O’zbek xalq amaliy bezak san’atining eng keng tarqalgan turlaridan biri kandakorlikdir. “Kandakorlik” deganda metalldan yasalgan badiiy buyumlarga o’yib yoki bo’rttirib naqsh ishlash tushuniladi. O’zbekiston xududida joylashgan O’rta Osiyo shaharlarida metalldan yasalgan badiiy buyumlar ishlab chiqarishi qadimdan rivojlanib kelayotgan san’at turi bo’lib, bu san’at o’zining qadimiyligi bilan kulolchilikdan keyingi o’rinda turadi. Qadimda buyum yasash urf-odat tusiga kirib qolgan. Mahalliy ustalar oltin, kumush, temir, mis va boshqa metallardan jozibali buyumlar yasaganlar. Misgarlar tomonidan yasalgan antiqa oftoba, choynak, piyola, shamdon, chilimdon va hokazolar kandakor ustalar tomonidan chiroyli naqshlar bilan pardozlagan.
Biz Buxoro kandakorlik tarixida metallga, toshga, yog’ochga, marmarga va ganchga ishlov bergan ustalar ijodi haqida ko’p ma’lumotga egamiz. Bu ustalar asrlar davomida takrorlanmas naqsh kompozistiyalarini qoldirgan. Shunday ustalar vakili Hamidovlar sulolasi bo’lib, bu sulola ikki asr davomida metallga kandakorlik sohasida nom qoldirgan usto kandakor, naqqoshlar avlodidandir. Biz bugungi kunda xalq amaliy san’ati deb ataganimiz azaliy meros unda jaxon madaniyatining o’z uyg’onish va yana qayta uyg’onish davrlari bor. Hamidovlar sulolasi ana shu qayta uyg’onish davrining fidoiylaridandir.
Usto Abdusalom o’z davriga xos kandakorlikda oy-yulduz, qadimiy yodgorliklar, odam portretini kandakorlikka olib kirgan bo’lsa, usta Salimjon o’z zamonasiga xos uslubda ota-bobolari o’rgatgan xazinani o’z uslubi bilan boyitdi. U tarixda birinchi bo’lib qizlarga kandakorlik sirlarini o’rgatgan. Usto Abdusalom o’z davrga xos maktabini tashkil qilib, oddiy bolalardan shogird olib, ulardan etuk kandakor ustalar tayyorlagan. Usto Salimjon bajariladigan ishni boshidan oxirigacha sodda, ravon tilda tushuntirar edi. Usta sabr-toqat, matonatli murabbiy bo’lib har bir naqsh haqida qisqacha bo’lsada ma’lumot berib, ishni sinchiklab kuzatar edi. Lali labidagi zanjira naqshini yaratilishiga 2500 yildan ko’proq bo’lgan. Zanjira naqshni o’zini olib qarasak, uning rivojlanish tarixi og’ir, mashaqqatli davrni eslatsa-da, hozirgi davrga kelib nafaqat misdan, temirdan tayyorlangan turli xil buyumlar ya’ni choynak, oftoba, samovar, choyjo’sh, piyolalarga ishlangan bu naqsh bulbul ko’zini eslatib, metall buyumlardan bulbul sayrashini eshitilayotgandek tuyuladi. Bu buyumlarni ko’rib muzika eshitayotgandek zavqlanasiz, madaniy dam olasiz. Go’yo temir buyumlar usto so’zi bilan gapiradigandek tuyuladi sizga!
Buxorolik kandakorlarning ish namunasini kuzatsangiz, u asosan oldingi asr kandakorlik ishlariga va ish uslubga o’xshab boradi.
Buxoro kandakor ustalarining ishlarini dunyoning qaysi bir burchagida ko’rsangiz, bir ko’rishda tanib olish mumkin. Angliya, Franstiya, Eron, Turkiya, Buxoro, Samarqand, Toshkent muzeylarida Buxoro ustalarining yaratgan nodir asarlari saqlanib kelinmoqda. Taniqli ustolar egallagan hunarlarini qizg’anmasdan o’z shogirdlariga to’laqonli o’rgshatishga harakat qiladilar. Shogirdlar esa o’z navbatida qobiliyati, iqtidorlariga yarasha ilm-hunarni o’rganadilar.
90-yillar boshida kandakorlar tomonidan yangiliklar yaratila boshlandi. Oldin ustalar faqat mis barkashlarda naqsh bajargan bo’lsalar, endilikda ular sirg’alar, dastponalar, uzuk,soch bandaklari, tufdon, mis tovoqchalarda kandakorlik ishlprini bajaradilar. Ish texnikasida lalichalarni va ayrim kandakorlik maxsulotlariga qayta ishlov berish va qalayi yurgizib (oqartirib) ishlov berish yo’lga qo’yilmoqda. Kandakorlik maxsulotlariga yangiliklar kiritildi. Ish uslubiyoti yanada boyib ish sifati ham yuksalishga erishildi. Hozirgi paytda ishlab kelayotgan yosh usta kandakorlarning ishlari bilan tanishsangiz kishi hayratda qolasiz. Shunday yoshustalardan biri Jo’rabek Sidiqov. Jo’rabekning ishlari hajmiga nisbatan katta bo’lsa ham, ishlash uslubi va naqsh kompozistiyasi o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Usto Jo’rabek Buxoro kandakorlik maktabiga xos gul naqshlaridan foydalanib juda ajoyib kompozistiyalar tuzadi. Bu kompozistiyasida: zeb, zebcha gandumi, zanjira, zebish, mug’ja, shabarg, islimi, islimi bodai, islimi majnuni bodom, islimi gul, madoxiya, madoxili chaman va hokazo to’rt yuzdan ortiq gullar mavjud.
Kandakorlik hunari, bu shunchaki ermak emas, balki u juda nozik va murakkab hamda qadimiy hunardir.
Bu san’atning umri asrlardan-asrlarga ulanib kelingan. Chinakam san’at ustasi bo’lgan insongina ana shunday noyob asarlar yaratishi mumkin. Olmos iste’dod, xalq tafakkuri bilan yo’g’rilgan chinakkam san’at asari o’zining sehru-jodusi bilan ma’naviy dunyomizni boyitishda xizmat qilaveradi.


Download 46,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish