Kirish. Neftning fizik-kimyoviy xossalari.
Neftning tarkibiy qismi va ularni o‘rganish.
Neft hamda gaz yer qobig‘iniig turli chuqurlikdagi qatlamlarida turli-tuman g‘ovak va boshqa tog‘ jinslari orasida yotadi. Bosim, temperatura va ichki o‘zgarishlar ta’sirida neft katta masofalarga siljishi mumkin.
Tashqi ko‘rinishlarga ko‘ra neft o‘ziga hos hidli quyuq moysimon suyuqlik turli tusdagi jigar rang ko‘rinishga ega. Neftning zichligi 770-920kg/m3, yonish issiqligi 43000-45500 kDj/kg.
Neftda uglerod miqdori taxminan 84-86%, vodorod miqdori - 10-14%, oltingugurt, kislorod va azot miqdori 1-3% bo‘ladi. Massa bo‘yicha uglevodorodlarniig umumiy miqdori 97-98% ni tashkil etadi.
Tarkibidagi elementlarning o‘xshashligiga qaramasdan turli joydan olingan neftlarning fizik va kimyoviy xossalari har xil bo‘ladi. Bunga sabab, uglerod va vodorod atomlarining o‘zaro turli shaklda birika olishida.
Neftning asosiy sifatini belgilaydiganlaridan yana biri bu uning fraksion tarkibidir.
Fraksion tarkib laboratoriyada neftni har xil haroratda haydash yo‘li bilan aniqlanadi. Avval qaynash darajasi past, molyar masasi kichik moddalar haydaladi, so‘ngra yuqori haroratda molekulyar massasi yuqori bo‘lgan moddalar haydaladi. Ichki yonuv dvigatellarida yonilg‘innng ximiyaviy energiyasi issiqlik energiyasiga, issiqlik energiyasi esa mexanik ishga aylanadi, dvigatelning foydali ish koeffitsiyenti qancha yuqori bo‘lsa, uning ko‘rsatkichlari ham shuncha yuqori bo‘ladi. Yonuvchi aralashma hosil bo‘lish harakteriga ko‘ra dvigatellar ikki turga: aralashma silindrlar ichida hosil bo‘ladigan dizel dvigatellari va aralashma silindrlar tashqarisida hosil bo‘ladigan karbyuratorli dvigatellarga bo‘linadi.
Neftdan olingan barcha yonilg‘ilar turli qaynash temperaturasiga ega bo‘lgan uglevodorodlarning murakkab aralashmasidir. Masalan, benzin 35-200°C da qaynaydi, dizel yonilg‘isi esa, 170-360°C temperaturada qaynaydi. Qishki sort yonilg‘i va benzinlar yengil fraksion tarkibga ega va ular past temperaturada bug‘lanishlari lozim.
Yonilg‘i sifati ko‘rsatiladigan pasportlarda bug‘lanuvchanlik fraksion tarkib bilan baholanadi. Fraksion tarkib quyidagicha aniqlanadn. Maxsus priborda 100 ml yonilg‘i qizdiriladi. Ajralib chiqayotgan bug‘lar sovitiladi, natijada u suyuqlikka aylanadi. Bu suyuqlik o‘lchov silindriga yig‘iladi. Haydash vaqtida avval benzinning qaynay boshlash temperaturasi, so‘ngra 10, 50, 90% benzinning qaynab bug‘lanish temperatusasi hamda, qaynab bug‘lanish oxiridagi temperaturasi yozib qo‘yiladi (dizel yonilg‘isi uchun faqat 50 va 97 % qaynash nuqtalari yozib qo‘yiladi). Bu ma’lumotlar, odatda, standartlarda va sifat pasportlarida keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |