Kirish Nazariy qism Texnologik xisobotlar


XOMAKI MISNI TOZALASH JARAYONLARI



Download 0,69 Mb.
bet9/15
Sana09.03.2022
Hajmi0,69 Mb.
#486969
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Kirish Nazariy qism Texnologik xisobotlar

XOMAKI MISNI TOZALASH JARAYONLARI
Eritish pechlarida olingan shteyn konverterlashdan keyin xomaki mis olinadi. Xomaki misning o‘rtacha kimyoviy tarkibi quyidagicha bo‘ladi, %:
97,5–99,5 Su; 0,03–0,35 S; 0,01–0,1Fe; 0,1–0,5Ni; 0,05–0,26 Pb; 0,03–0,3 As; 0,03–0,2 Sb; 0,05 gacha Bi; 0,1 gacha Sn; 0,03 gacha Zn; 0,1 Se va Te; 0,1 O2; 0,003–0,04 (30-400 g/t) Au; 0,002–0,3 (20–3000g/t) Ag.
Kimyoviy tarkibdan ma’lumki, misdan tashqari asosiy qo‘shimchalar oltingugurt, temir, rux, qo‘rg‘oshin va margimushdir. Kerakli qo‘shimcha­lar­ga selen, tellur, oltin va kumush kiradi. Demak, bundan ma’lumki, 5 ta kimyoviy elementni, imkon darajasida bir fazaga, ya’ni Su, Se, Te, Au, Ag ni anodli mis tarkibiga, qolgan S, Fe, Ni, Pb, Zn, As, O2, SiO2 va boshqa nokerak unsurlarni toshqolga o‘tkazib orqaga, ya’ni avvalgi konverter pechi­ga suyuq holda qaytarish kerak. Shuning uchun ham yuqoridagi ikki guruhga bo‘lingan metallarni misdan xoli qilish uchun ham ikki xil tozalash usuli ketma-ket qo‘llaniladi:
1. Olovli tozalash.
2. Elektr toki yordamida elektroliz orqali tozalash.
Har ikki jarayonda ham kerakli metallarning nobud bo‘lishiga qisman bo‘lsa-da yo‘l qo‘yiladi. Biroq nobudgarchilik uncha iqtisodiy zarar ko‘r­sat­­maydi. Chunki olovli va elektroliz tozalash paytidagi (anod­li toshqol, elek­trolit, eritma va shlamlar) ajratib olingan ikkilamchi qo‘shimchalar qay­ta ishlanadi va ulardagi kerakli metallar ajratib olinadi.
Tozalashdan keyingi olingan mahsulot tarkib va sifatliligi uchun ham davlat talabiga, ya’ni GOST 859–66 ga to‘liq javob berishi kerak. Ushbu talab bo‘yicha eng oliy tozalangan, rafinirlangan mis (MOO mar­kasi) tarkibi 99,99 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Shunday bo‘lsa-da, toza­lan­gan mis tarkibidagi 20 ta kimyoviy elementning qo‘shimcha yig‘in­disi 0,01 % dan oshmasligi alohida qayd etiladi. Ulardan 10 ta element, quyi­dagilar: Bi, Sb, As, Fe, Ni, Pb, Sn, S, O, Zn.
Dunyoda 95 % dan ortiq xomaki mis ikki bosqichli tozalash jarayo­nidan o‘tadi. Bor-yo‘g‘i 5 % gina xomaki mis faqat olovli tozalashdan so‘ng olingan qizil mis sim yoki list holida yoki qotishma holida quyilib, xalq xo‘jaligida ishlatiladi.
Iqtisodchilarning hisobiga ko‘ra, ikki bosqichli tozalash har qanday sharoitda ham (garchi tarkibida oltin, kumush kam bo‘lsa-da yoki elektr toki qimmatga tushsa ham) iqtisodiy samara beradi. Chunki elek­tro­litik rafi­nir­lash mobaynida qattiq holatdagi anodli mis tarki­bidagi oltin, kumush, platina guruhidagi elementlar va nodir metal­larni (Se, Te, Bi va boshqalar) to‘liq ajratib olish imkoniyati bo‘ladi.
Ikki bosqichli tozalashni bir bosqichli jarayonga o‘tkazish bora­sida olimlar olib borgan ayrim tadqiqotlar samarasiz yakunlandi. Chun­ki olovli tozalashni yo‘q qilib, o‘rniga elektroliz usuli bilan to‘liq toza­lash ikki bosqichli tozalashdan ko‘ra ko‘proq xarajat sarf qildi. Bir bosqichga o‘tish borasidagi barcha izlanishlar amaliy ahamiyatga ega bo‘lmadi.



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish