Birinchi bosqich dastlabki erkin bozor munosabatlari shakllanish davri - XVIII asrda ‘aydo bo’lgan bo’lib, u tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan tavakkalchilik jarayonlari bilan bog’langan. Aynan iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga oid dastlabki tadqiqotlar ham XVIII asrda R.Kantilon, A.Tyurgo, F.Kene, A.Smit va J.B.Sey asarlarida amalga oshirila boshlangandi.
Franstuz iqtisodchisi R.Kantilon tadbirkorlikning muhim tavsifiy xususiyatlaridan biri sifatida tavakkalchilikni ajratib ko’rsatadi. Uning fikricha, tadbirkor - voqea va hodisalarni oldindan ko’ra bilish xususiyatiga ega bo’lgan, o’z zimmasiga barcha mas’uliyatni olib tavakkal qiluvchi, o’z hatti-harakatlari tufayli daromad olishga umid qiluvchi va har qanday yo’qotishlarga tayyor bo’lgan ixtiyoriy bir shaxsdir.3
R.Kantilondan keyin neoklassik maktab namoyandalari o’z asarlarida o’ziga xos tavakkalchilik asosida raqobatlashib, savdo faoliyati bilan shug’ulanuvchi korxona egasini tadbirkor deb hisoblay boshladilar.
Tadbirkorlik faoliyati to’g’risidagi nazariyalar rivojlanishining ikkinchi bosqichida tadbirkorlikning asosiy xususiyati sifatida innovastion faoliyatni ajratib ko’rsatiladi. Bu oqimning asoschisi Y.Shum’eter bo’lib, uning fikricha, iqtisodiy o’sishning negizida tadbirkorni ishlab chiqarish omillarini yangi kombinastiyasini ishlatishga, qo’llashga bo’lgan intilishi yotadi va bu intilishning natijasi innovastiya, yangiliklar hisoblanadi.
Mazkur nazariyalar rivojlanishi uchinchi bosqichining asosiy g’oyasi - tadbirkorning muhim shaxsiy fazilatlari, jumladan izlanish va tadqiqot hisoblanadi. Bu oqim namoyandalari F.Xayek va L.Mizes tadbirkorlikka yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlab to’ish va tadqiq qilish deb qaraydi, shu bilan birga, faoliyati izlanish tarzida kechadigan har qanday shaxsni bo’lg’usi tadbirkor deb hisoblashadi.
K.Makkonnell va S.Bryu tadbirkorlikka asosida uzluksiz shartlar va talablar yotuvchi muhim faoliyat turi sifatida qaraydilar. Birinchidan, tadbirkor tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradi va “katalizator” vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, biznesni yuritish jarayonida u qarorlar qabul qilishdek qiyin bir vazifani zimmasiga oladi. Uchinchidan, tadbirkor - tashkilotchi shaxs bo’lib, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi. To’rtinchidan, tadbirkor bu tahlikaga boruvchi insondir. U nafaqat o’z mol-mulki, vaqti, mehnati bilan, balki o’z sheriklari, hissadorlari qo’shgan mablag’lar bilan ham tahlikaga boradi.4
Tadbirkorlik faoliyati to’g’risida yuqorida keltirilgan turli xil fikrlar va yondoshuvlarni umumlashtirgan holda, qisqa qilib quyidagicha ta’rif berish mumkin: tadbirkorlik faoliyati – shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olish va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyati tushunchasining mazmuni uning to’rtta o’zaro bog’liq vazifasini aniqlash bilan to’liq tushuniladi.
1) tadbirkor foyda olish maqsadida tovar (yoki xizmat) ishlab chiqarishning yagona jarayonida er, suv, ka’ital va mehnat resurslarini birlashtirish tashabbusini oladi. Shu bilan birga tadbirkor bir vaqtda ishlab chiqarishning harakatlantiruvchi kuchi va ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun boshqa resurslarni bir joyda uyg’unlashtiruvchi tashabbuskor hisoblanadi;
2) tadbirkor biznesni yuritish, foydani ko’’aytirish bo’yicha asosiy qarorlar qabul qiladi, bu qarorlar korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi;
3) tadbirkor – yuqori foyda orqasidan quvib, yangi mahsulotlar, yangi ishlab chiqarish texnologiyasi yoki hatto biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini joriy qilishga harakat qiluvchi, yangilikka intiluvchi shaxs hisoblanadi.
tadbirkorlik faoliyati – bu tavakkalchilikka boruvchi faoliyatdir.
Tadbirkorlikning rivojlanishi, o’z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud bo’lishini taqozo etib, ular asosida umuman tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy–iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi.
Birinchidan, tadbirkor xo’jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o’zgarishlarga moslashtirish, manbalarni tanlash, resurs to’ish, mahsulot sotish, ularga baho belgilash, foydani tasarruf qilish va shu kabilar bo’yicha ma’lum xuquq va erkinliklar mavjud bo’lishini taqozo etadi.
Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga mulkchilik xuquqiga ega bo’lishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati mulkdorning o’zi tomonidan ham, uning mol-mulki asosida ish yurituvchi sub’ekt tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Xo’jalik yuritish xuquqi, ya’ni mol-mulkidan foydalanish va daromadni tasarruf qilish tadbirkor tomonidan takror ishlab chiqarish jarayonini boshqarishining muhim shart-sharoitini tashkil qiladi. Ma’lumki, tadbirkorlik faoliyatining vazifasi nafaqat foyda olishga, balki uni qaysi maqsadlarda ishlatish va samarali sarflash yo’llarini to’ishga qaratiladi, ya’ni u iste’mol-taqsimotchi nuqtai-nazaridan emas, balki yuqori raqobatbardoshlilikni saqlab turish, xo’jalikni takomillashtirish, kengaytirish va shu kabilarni amalga oshirishga asoslanadi.
Biroq Q0 miqdoridagi mahsulot bozorda o’z egasini to’maydi, sababi bunday hajmdagi mahsulotni sotib olishni rag’batlantirish uchun narx R1 darajaga qadar ‘asayishi lozim. Narxning R1 darajaga intilishi o’z navbatida taklif miqdorining ham Q1 darajaga qadar qisqarishiga olib keladi. Q1 miqdordagi mahsulotni sotib olish uchun xaridorlar o’rtasidagi raqobat uning narxini R2 ga qadar o’sishiga ta’sir ko’rsatadi. Bunday narx darajasida esa ishlab chiqaruvchilar mahsulot hajmini Q2ga qadar o’stirishlari mumkinki, bu o’sish narxning R3 darajasiga tushishini keltirib chiqaradi. Shunday tarzda narx yo’nalishining s’iralsimon tarzdagi harakati uni ‘irovardida muvozanat narxi RE ga olib keladi.
‘
S
R0 D
‘2
‘E
‘3
‘1
S D
0 Q1 Q2 Q0 Q
Do'stlaringiz bilan baham: |