Kirish Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi


O‘zbekneftgaz”: Qashqadaryodagi “Alan” konida siquv kompressor stansiyasi ishga tushirildi



Download 1,73 Mb.
bet3/3
Sana27.06.2022
Hajmi1,73 Mb.
#710119
1   2   3
Bog'liq
Abbos

O‘zbekneftgaz”: Qashqadaryodagi “Alan” konida siquv kompressor stansiyasi ishga tushirildi



O‘zbekneftgaz” AJ Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Alan” konida siquv kompressor stansiyasi ishga tushirildi.
Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hududidagi “Alan” konida yangi qurilgan past bosimli siquv kompressor stansiyasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev ishtirok etdi.
Alan” konida tabiiy gaz qazib chiqarilishini nazorat qilish to‘la avtomatlashtirilgan bo‘lib, siquv kompressor stansiyasini ishga qo‘shish ishlari aynan dispetcherlik xizmatida amalga oshirildi.
Dastlab tashrif buyurganlarga ushbu investitsion loyiha borasida ma’lumot berildi, so‘ngra qurilmani ishga qo‘shish uchun boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev tomonidan rasman ruxsat berildi.
Alan” konidagi ushbu qurilma ishga qo‘shildi va shundan so‘ng mehmonlar siquv kompressor stansiyasi joylashgan maydonda bo‘lishdi. Bu yerda yig‘ilgan barchaga batafsil ma’lumot berildi.
Marosimda so‘zga chiqqan boshqaruv raisi quyidagilarni aytib o‘tdi: “Kondagi qoldiq gaz zaxirasini (25 milliard kub metr) maksimal darajada qazib olish maqsadida, ikkinchi siquv kompressor stansiyasini qurishga qaror qildik. Loyiha bosh pudratchisi — hamkorimiz Enter Engineering kompaniyasi tomonidan qisqa muddatda, qiymati 75 million dollarlik texnologik obyekt qurib bitkazildi. Zamonaviy gaz turbina uskunalari va kompressorlari yetakchi xorijiy kompaniyalar — Amerikaning Baker Hughes General Electric, Ukrainaning Motorsich, Turkiyaning Akcelik, Xitoyning Denair Energy va boshqa kompaniyalar tomonidan yetkazib berildi. Biz ularning hammasiga minnatdorchilik bildirgan holda aytishim kerakki, mazkur qurilmani foydalanishga topshirish natijasida kunlik qo‘shimcha 1,0 million kub metr gaz qazib olish imkoni yaratildi”.

Eslatib o‘tamiz, “Alan” koni past bosimli siquv kompressor stansiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “2017-yilda Respublikada neft, neft mahsulotlari, tabiiy gaz va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hamda iste’mol qilish to‘g‘risida” va “2017–2021-yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, “O‘zbekneftgaz” AJ, Natural Gaz-Stream qo‘shma korxonasi, Eriell Oilfield Services Middle East DMCC kompaniyalari hamkorligida amalga oshirilgan bo‘lib, umumiy qiymati 75,12 million dollarni tashkil etadi.
Tantanali ochilish marosimida boshqaruv raisi qurilishda ishtirok etganlarga, barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirib, faollik ko‘rsatgan ishchi xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Xorijiy mutaxassislarga o‘zbekona mehmondo‘stlik ko‘rsatilib, milliy liboslarimiz sovg‘a qilindi hamda ular bilan hamkorlik bundan ham mustahkam bo‘lishi bildirildi. Xorijdan tashrif buyurgan mutaxassislar ham o‘z navbatida bildirilgan ishonchni oqlash uchun harakat qilishlarini aytib o‘tishdi.

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining “Alan” siquv kompressor stansiyasi kunlik 9,137 million metr kubgacha sanoat gazini utilizatsiya qilish qobiliyatiga ega bo‘lib, “Alan” past bosimli 2-siquv kompressor stansiyasi (2-SKS) loyiha hujjatlari ishlab chiqildi va qurilish montaj ishlari yakuniga yetkazilib, ishlab chiqarishga joriy etildi.
2021-yilda ushbu kondan 2,771 milliard kub metr tabiiy gaz va 69,6 ming tonna gaz kondensatini qazib olish rejalashtirilgan.
Konda olib borilgan geologiya qidiruv ishlari natijasida jami 234,9 milliard kub metr tabiiy gaz hamda 8,964 million tonna gaz kondensati zaxiralari mavjudligi aniqlangan.

2021-yil yakuniga qadar “Alan” konida 14 ta yangi quduqlarni burg‘ilab ishga tushirish va natijada qo‘shimcha 164,7 million kub metr tabiiy gaz, 3,6 ming tonna gaz kondensatini qazib chiqarish mo‘ljallanmoqda.
Bundan tashqari, 36 ta quduqda kapital ta’mirlash va intensifkatsiya ishlarini bajarish orqali qo‘shimcha 63,7 million kub metr tabiiy gaz va 1,2 ming tonna gaz kondensatini qazib chiqarish rejalashtirilgan.

Alan” past bosimli 2-siquv kompressor stansiyasining umumiy quvvati kunlik 4,569 million kub metr bo‘lgan ikkita agregat orqali “Alan” koni past bosimli quduqlarining sanoat miqyosidagi tabiiy gazini bosimini ko‘tarib, “Alan” siquv kompressor stansiyasiga haydaydi.
Alan” konida past bosimli 2-siquv kompressor stansiyasini ishga tushurish orqali yiliga 3,3 milliard kub metr tabiiy gaz bosimini oshirish natijasida kunlik tabiiy gaz qazib chiqarish ko‘rsatkichlarini 1 million kub metrga ko‘paytirishga erishiladi.
Kondagi mavjud gaz zaxirasini maksimal darajada qazib olish maqsadida, 2017–2021-yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirish dasturi doirasida joriy yil 26-fevralda umumiy qiymati 75,1 million dollarlik siquv kompressor stansiyasi (SKS) qurilib, foydalanishga topshirildi.
SKS yiliga 3,3 milliard kub metr tabiiy gaz bosimini oshirishga, gaz tarkibidagi suyuq komponentlarni ajratib olish uchun gazni kompleks tayyorlash qurilmasiga yetkazib berishga xizmat qiladi va kunlik qo‘shimcha 1,0 million kub metr gaz qazib olish imkonini beradi.




Qurilish ishlari Enter Engineering (Singapur) kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Zamonaviy gaz-turbina uskunalari va kompressorlar Baker Hughes General Electric (AQSH), Motorsich (Ukraina), Akcelik (Turkiya), Denair Energy (XXR) kompaniyalari tomonidan yetkazib berildi.
SKSning barqaror ishlashini ta’minlash uchun 2021-yilda “Alan” konida qo‘shimcha 11 ta yangi quduqni burg‘ilash, uzunligi 7,9 kilometr bo‘lgan gaz kollektorini qurib ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda. Natijada kondan yiliga 2,7 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olinadi.
Muborak neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi tasarrufidagi jami 33 ta neft va gaz kondensat konlarida 11 ta SKS va 14 ta gazni tayyorlash qurilmalari mavjud. “Alan” konining qoldiq zaxirasi – 25,5 milliard kub metr tabiiy gaz va 1,1 million tonna kondensatni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida yana ikkita “Zevarda” va “Dengizko‘l” konlarida ham siquv kompressor stansiyalari qurilmoqda va bu tabiiy gaz qazib chiqarish hajmining sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladi.

Foydanilgan adabiyotlar



  1. 1 N.F. Yusupova, S.K. Kamolov «Neft va neft mahsulotlarini tashish va saqlash» fanidan tajriba ishlarini bajarishga oid metodik ko‘rsatma. TDTU 2003.

  2. Аkrаmоv B.Sh., Umedоv Sh.X. «Neft qаzib оlish bo‟yichа mа‟lumоtnоmа”, Tоshkent, “Fan va texnologiya” -2010

  3. Аkrаmоv B.Sh., Sidiqxo‟jаev R.K. “Neft vа gаz ishi аsоslаri”, Tоshkent, TDTU-2003.

  4. Akramov B.Sh., Haitov O.G. Neft va gaz mahsulotlarini yig„ish va tayyorlash. Darslik. – T.: “Ilm-Ziyo”,2003.

XULOSA
Mening Pomuq konidagi xulosam ijobiy Men bu kondan ozimlari uchun juda qimmatli va kerakli malumotlarni oldim


Bu kondagi agregatlar va jioxozlar judaxam menga amaliy malakamni oshirishda katta yordam berdi Men kelejakda yanada kuchli ilmiy saloxiyatni oshirib yurtimizdagi neft va gaz sanoati yanada rivojlantirib xalqimiz turmish tarzini yanada yaxshilash niyatdaman
Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish