Moyli xom ashyolarni saqlash
Moyli urug‘larni saqlash ularni qayta ishlab, o‘simlik moylari ishlab chiqarishni texnologik sxemasidagi muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Moyli urug‘larni o‘ziga xos biologik xususiyatlari ularni saqlashda ma'lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Moy ishlab chiqarish korxonalariga kelayotgan urug‘lar har qanday tirik organizmlar singari nafas oladi va o‘z hayot faoliyatini saqlab qolgan bo‘ladi. Urug‘larni intensiv ravishda nafas olishi ularni buzilishiga olib kelishi mumkin. Saqlash jarayonida urug‘lar sifatini buzilishi urug‘lik materialning yo‘qotilishlariga, ular tarkib idagi moy miqdorining kamayishiga va bu moyni sifatini pasayishiga olib kelishi mumkin, bu esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni sayi-harakatlarini yo‘qqa chiqarishi mumkin. Moyli xom ashyo hosilini yig‘ib -terish muddatlari cheklangan bo‘1ib, o‘rtacha 2...3 oyni tashkil etadi, shuning uchun moy ishlab chiqarish korxonalarini ishini yil davomida uzluksizligini taminlash uchun ular moyli xom ashyoni texnologik ishlov bergunga qadar uzoq vaqt saqlashlari zarur bo‘ladi. Shu maqsadda ham mazkur korxonalar tarkibida ko‘p miqdordagi moyli xom ashyoni saqlashga imkon beradigan elevatorlar, ya'ni saqlash omborlari bo‘lishi kerak.
Moyli xom ashyolarni ayrim partiyalari va turlarini fiziologik va biologik xususiyatlarini hisobga olishga imkon beradigan darajada saqlash jarayonini ratsional va to‘g‘ri tashkil qilish moyli xom ashyoni minimal yo‘qotishlar bilan saqlashni va ularni samarali qayta ishlashni ta'min1aydi.
Moyli urug‘larni saqlashni biokimyoviy va texnologik asoslari
Saqlashga qabul qilinayotgan urug‘lar sifatidagi farqlarni asosan urug‘lik materialning sifati, moyli ekinlarni yetishtirishning tuproq-iqlimiy sharoitlari, dalalarni begona o‘tlar bilan zararlanish darajasi, hosilni yig‘ib-terish va transportirovkalash, ularni qabul qilish punktlarida qabul qilish va saqlash sharoitlari kabi faktorlar belgilaydi.
Asosiy ekin urug‘1aridan tashqari, urug‘lik massa tarkibida begona o‘tlar urug‘lari, organik va mineral kelib chiqishga ega aralashmalar, mikroorganizmlar va urug‘lararo bo‘shliqdagi havo bo‘1adi.
Asosiy ekin urug‘lari o‘lcham1ari, namligi, tarkibidagi moy miqdori va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir-biridan farqlanib, bu bitta o‘sim1ikning gullashi va urug‘larini yetilish vaqti turlicha bo‘lishi bilan izohlanadi.
Begona urug‘larning namlik sig‘imi asosiy ekin bo‘lgan moyli ekin urug‘larining namlik sig‘imidan yuqori bo‘lganligi uchun ular mikroorganizmlar ta'siriga chidamsiz bo‘1ib, osongina zararlanadi va urug‘larni buzilishi va o‘z- o‘zidan yonish manbasi bo‘1ib xizmat qiladi. Urug‘lararo bo‘shliqlardagi havo urug‘larning hayotiy funksiyalarini saqlanib qolishiga xizmat qiladi.
Moyli urug‘larni saqlash jarayonini tashkil qilishda ularni quyidagi asosiy fizikaviy xossalarini inobatga olish kerak:
sochiluvchanlik — tabiiy qiyalik burchagining qiymati, ya'ni urug‘1ik massani gorizontal yuzaga erkin to‘qilishida hosil bo‘ladigan konusning asosi va hosil qiluvchisi orasidagi burchak qiymati. Ushbu burchak qiymati qanchalik kichik bo‘lsa, don massasining sochiluvchanligi shuncha yuqori bo‘ladi. Kungaboqar urug‘lari uchun tabiiy qiyalik burchagi 31...450 atrofida, kanakunjut uchun -34...460 , soya uchun -25...320 , zig‘ir uchun -27...340 , chigit uchun esa bu ko‘rsatkich -42...450 ni tashkil qiladi. Saqlash jarayonida urug‘1arni sochiluvchanlik xossasi kamayishi va xattoki yo‘qolishi mumkin. Bunga urug‘larni namligi, ifloslanish darajasi yuqori bo‘lishi, yopishuvchanligi va o‘z-o‘zidan qizish kabilar sabab bo‘lishi mumkin. Urug‘larni sochiluvchanlik xossasi ularni saqlash va qayta ishlash texnologik sxemasida ayrim tadbirlarni, ya'ni urug‘1ik materialni aralashtirishda o‘z-o‘zidan saralanishini, urug‘larni uyum holatida saqlanishini, ularni shneklar, lentali transportyorlar va boshqalar yordamida transportirovkalash kabi jarayonlarni kechishini belgilaydi.
o‘z-o‘zidan saralanish — urug‘ massasida og‘ir va yengil urug‘lar va begona aralashmalarni notekis tarqalishidir. Urug‘ massasining bir xil bo‘lmasligi va sochiluvchanligi natijasida paydo bo‘ladi. Urug‘ massasidan namuna olishni qiyinlashtirib, o‘z-o‘zidan qizish hodisasini keltirib chiqaradi va urug‘larni bir xil partiyalarini shakllantirishga to‘sqinlik qiladi;
g‘ovaklilik — urug‘ massasidagi qattiq zarrachalar orasini to‘ldirgan havo hajmini urug‘ massasining to‘liq hajmiga nisbatidir. G‘ovaklilik qiymati urug‘lar shakli va o‘lchami, urug‘larning yuzasini holati, ularning tarangligi, urug‘lar massasi tarkibidagi aralashmalar miqdori va turi, urug‘larning namligi va boshqa xossalariga bog‘liq. Aynan shu tufayli bitta ekin turi doirasida ham uning qiymati turlicha bo‘1ib, masalan kungaboqar uchun bu ko‘rsatkich 60...80
% ni, zig‘ir uchun esa 35...45 % ni tashkil etadi. Saqlash jarayonida xom ashyoning g‘ovak1iligi urug‘lar yuzasini holati o‘zgarishi tufayli kamayishi mumkin;
zichlik — qattiq zarrachalar hajmini urug‘ massasining umumiy hajmiga nisbati.
sorbsion sig‘im — urug‘ massasini gaz va bug‘larni sorbsiyalash va desorbsiyalash xususiyati. Urug‘lar sifatiga eng ko‘p ularning gigroskopiklik, ya'ni suv bug‘larini yutish va chiqarish xossasi katta ta'sir ko‘rsatadi. Berilgan urug‘ partiyasining gigroskopiklik qiymatini havodagi suv bug‘larini parsial bosimi belgilaydi. Havoning aniq bir harorati va nisbiy namligidagi urug‘larning o‘rnatilgan namligi muvozanat namlik deyiladi.
Saqlashni dastlabki davrida namlikni qayta tarqalishi sodir bo‘ladi, lekin namlik to‘1iq muvozanat holatiga kelmaydi. Urug‘lardagi fiziologik- biokimyoviy jarayonlar keskin tezlashib, buning natijasida ular saqlashga chidamsiz bo‘lib qoladigan namlik kritik namlik deyiladi. Bu holatda erkin namlik paydo bo‘ladi, bu esa urug‘larning nafas olish jarayonini intensivligini keskin ortishiga va mikroflorani jadal o‘sishiga olib kelib, mog‘or zamburug‘larini o‘sishini tezlashtiradi.
Namlik qiymati kritik namlik ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lganda, urug‘larning hayotiy jarayonlarining faollashuvi, mikrooganizmlar va zararkunandalarning tezda rivojlanishi natijasida urug‘1arni buzilishi, ya'ni urug‘lardagi zahira ozuqa moddalarni sarfi va quruq moddaning tarkibini o‘zgarishi boshlanadi: yuqori molekulyar birikmalar gidrolizlanadi, quyi molekulyar birikmalar to‘planib, kislota soni ortadi, urug‘larning rangi o‘zgarib, begona hid paydo bo‘ladi va harorati ortadi.
Kritik namlik ko‘rsatkichi urug‘larning kimyoviy tarkibidan kelib chiqadi: urug‘lardagi suvni deyarli ushlab tura olmaydigan moy miqdori qancha yuqori bo‘lsa, kritik namlik ko‘rsatkichi shuncha kichik bo‘ladi. Agar urug‘larni umumiy namligi ularning gidrofil qismiga qayta hisoblansa, kritik namlik ko‘rsatkichi 14-15 % atrofida bo‘ladi. Moyli urug‘larning kritik namlik ko‘rsatkichi quyidagi formuladan hisoblanadi:
W=14.5(100-M)/100;
Bu yerda: M - urug‘larning moyliligi, %
Issiqlik va harorat o‘tkazuvchan1ik. Urug‘ massasining issiqlik xarakteristikalari ularni tarkibidagi havoni yuqori miqdori tufayli juda kichik bo‘ladi, chunki havo issiqlikni yaxshi o‘tkazmaydi. Bevosita urug‘larda bu ko‘rsatkichlar yuqori bo‘lib, urug‘larni namligiga bog‘liq: urug‘1arning namligi qancha yuqori bo‘lsa, issiqlik o‘tkazuvchanligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Urug‘ massasi yuqori issiqlik inersiyasi bilan (harorat —o‘tkazuvchanlikni past koeffitsienti) xarakterlanadi. Urug‘larni saqlanuvchanligi to‘g‘risida gap ketganda, bu holat ijobiy ahamiyatga ega, chunki vaqt saqlashni past haroratlarini ta'minlashni imkonini beradi. Lekin urug‘lar va mikroorganizmlarni hayotiy jarayonlarini ta'min1ovchi sharoitda urug‘ massasining issiqlik inersiyasi ularni o‘z-o‘zidan qizishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |