Raqobatni himoya qilish. Agar davlat (jamiyat) raqobat sharoitini ta`minlab turmasa, uni himoya qilmasa, korxonalar monopol pozitsiyaga ega bo’lishga intilib, monopoliyani vujudga keltiradi. Shuning uchun davlat raqobat sharoitini himoya qilishi kerak.
Lyudvig Erxardning quyidagi gapi rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati va butun xo’jalik faoliyatining asosi bo’lib qolgan:
“Qayerda imkoniyat bo’lsa o’sha yerda raqobat, qayerda zarur bo’lsa tartibga solish”.
Raqobatni himoya qilish uchun davlat xilma - xil instrumentlardan foydalanadi. Ammo bu birinchi navbatda antimonopol siyosat va uning asosi bo’lgan antimonopol qonunchilikdir. Bundan tashqari davlat kichik va o’rta korxonalarni rivojlanishini xar xil yo’llar bilan rag`batlantirishi zarur. Buning uchun davlat
qonuniy normativ bazani yaratish kerak;
soliq jixatdan imtiyozlar tizimini ishlab chiqishi kerak;
moliyaviy jixatdan qo`llab - quvvatlash;
kadrlarni tayyorlab borish;
informatsion ta`minot;
ishlab chiqarish darajasini oshirish (davlat hisobidan yangi texnikalar sotib olish, nou-xau, patent…).
v) Tovar va xizmatlarni sotib olish va sotish. Davlat mudofaa, maorif, fan va boshqa sohalar uchun tovar va xizmatlarni oldi - sotdi qiladi.
g) Ishlab chiqarish. Hamma davlatlarda ishlab chiqarishning anchagina qismini ( 10 -12 % eng rivojlangan davlatlarda, qoloq davlatlarda esa ancha kup) o’z qo’liga olgan. Masalan, oltin qazib chiqarish,uran, ayrim harbiy texnikalar, elektroenergiya va hokazolar davlat monopoliyasidadir.
d) Adolatni ta`minlash. Davlat jamiyatda bozor taqsimlagan daromadning anchagina qismini qayta taqsimlashni o’z bo’yniga oladi. U har xil transfert to’lovlarini (pensiya, stipendiya, nafaqa) to’laydi. Shu yo’l bilan kam daromad ko’radiganlarni bozor stixiyasidan qisman himoya qiladi.
e) Soliq solish. Davlat transfert to’lovlariga mablag` topish uchun hamda o’zining boshqa funksiyalarini bajarish uchun mablag`ga ega bo’lishi kerak. Bu mablag`ni esa davlat aholi va korxonalarga xar xil soliqlar solish orqali yig’iladi. Afsuski, davlatning xarajatlari tez o`sib bormoqda, buni esa asosan soliq bilan qoplashga to’g’ri keladi. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlarida 1929 yilda davlat xarajatlarining YAMM dagi xissasi 3% tashkil etgan. 1985 yilda esa 25% ni tashkil etgan. Ya`ni davlat xarajatlari YAMM ga nisbatan juda tez o’smoqda.
j) Iqtisodiyotni barqarorlashtirish. Bu avvalambor iqtisodiyotning uchta katta kasalligiga–ishsizlik, inflyatsiya, siklli rivojlanish–qarshi kurashishdir. Davlat o’z kompetensiyasini realizatsiya qilib soliqlar va davlat xarajatlarini ustidan nazorat o’rnatib, iqtisodiyotdagi pul hajmini nazorat qilib iqtisodiy sikl tebranishlariga, ishsizlikning va inflyatsiyaning pasayishiga harakat qiladi.
z) Iqtisodiyotni tartibga solish. Davlat xozirgi davrda o’z mamlakati iqtisodiyotini jadal o`sish, boshqa davlatlardan orqada qolib ketmasligi uchun, avvalambor, iqtisodiy rivojlanishning prioritetlarini aniqlashi kerak. Texnika, texnologiya, fanda chuqur siljishlar sodir qilish, chuqur strukturaviy qayta qurishlar, fundamental ilmiy izlanishlarini rivojlantirish, mamlakatni milliy manfaatlarini jaxon iqtisodiyotining salbiy ta`sirlaridan himoya qilishi kerak.
Jahon banki prezidenti Jeyms D. Vulfenson shunday yozadi: «Davlat hamma vaqt ham o’z va’dasini bajarishga qodir emas. Ko’pgina mamlakatlar shu xulosaga keldilarki, bu sharoitda eng to’g’ri yo’l davlatning rolini minimumga keltirishdir. Hozirgi zamon uchun “samarali davlat” kerak. Bu shunday davlatki, bozorlarni jadal o`sishga sharoit yaratib beradi, xalqni esa to’q va baxtli yashashiga imkon beradi. Davlat o’z faoliyatini eng yaxshi bajara oladigan funksiyalariga qaratishi kerak. Ko’pgina davlatlar, jumladan O’zbekiston ham, juda kam resurslarga ega bulib, juda kup muammoni xal qilmoqchi bo’ladilar. Oqibatda, foydadan ko’ra ko’prok zarar keltiradilar.
Davlat monopoliyaga qarshi kurashibgina qolmay, balki o’zi ham monopolist bo’lishi kerak emas. Kim bo’lishidan qat`iy nazar, xatto davlat ham monopolist bo’lsa, u taraqqiyotga oxir-oqibat to’siq bo’ladi.
Davlat xalq uchun ochiq va rangsiz (shaffof) bo’lishi kerak. Xalq davlat liderlariga taalluqli xohlagan ma’lumotni ola biladigan bo’lishi kerak. Busiz ishonch bo’lmaydi, ishonchsiz esa davlat apparati o’z ishini yaxshi tashkil eta olmaydi.
Dunyoning ba’zi qismidagi davlatlarning asosiy muammolari:
Saxaradan pastda joylashgan Afrika davlatlari - davlatchilik krizisi. Buning uchun, avvalambor, ishlaydigan davlat iyerarxiyasini yaratish kerak.
Sharqiy Osiyo mamlakatlari – o’z oldidagi traditsion vazifalarni yaxshi yechmoqda, ammo yangi vazifalarni (atrof - muxitni himoya qilish, moliya sektorini reforma qilish) uddalay olish vazifasi turibdi.
v) Janubiy Osiyo – xaddan ortiq bo’lgan tartibga solish mavjud. Davlat iqtisodiyotga aralashib korxonalarga ishlab chiqarish bo’yicha plan beradi. Davlat tasarrufida bo’lgan korxonalarning mavqei iqtisodiyotda katta, xususiy sektorda davlat xaddan tashqari ko’p narsani reglamentatsiya qiladi.
g) Hamkor davlatlar – davlat organlarining bir - biriga bo’ysunishi sust, asosiy institutlar ishining samarasi past, jinoyatning o’sayotganligi, mulkchilik huquqlarining yomon himoya qilinayotganligi, qonuniy va normativ mexanizmlarning tuturuqsizligi.
d) Lotin Amerikasi davlatlari – asosiy muammo davlat huquqlarini detsentralizatsiya qilish. Bu birinchi navbatda Braziliya, Meksika kabi katta davlatlarga taalluqlidir.
e) Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq - ishsizlik muammosi o`sib ketgan davlat apparatini qisqartirishda asosiy to’siq. Bu region aholi tez o’sayotgan regionlardan biri. Biznesning o`sishi o`sib kelayotgan yosh kadrlarni hammasini ishlab chiqarishga jalb qilish imkoniyatiga ega emas. Oqibatda axolining bir qismi mamlakatni tashlab ketishmoqda. Bir qismini esa davlat apparati sun`iy ravishda bo’rttirish hisobidan ish bilan ta`minlab turibdi.
O’zbekiston hukumatiga keladigan bo’lsak, eng muhim muammolar quyidagilardan iborat: davlat apparatining haddan tashqari kattaligi, totalitar ish prinsiplarining mavjudligi, rahbariyatda totalitar mentalitetning mavjudligi, ishsizlik muammosini tez va salbiy oqibatlarsiz xal qilish zaruriyati, dunyo bozorlariga yo’l ochish qiyinligi, atrofni qoloq va nostabil davlatlar qurshab olganligi.
Davlatning iqtisodiyotga ta`sir etish usullari:
huquqiy normalar ( ularni joriy qilish, o`zgartirish…);
dasturlar ishlab chikish ( ilmiy, texnikaviy, sotsial, ekologik va boshkalar);
informatsiya bilan ta`minlash;
moliya - iqtisodiy richaglar orkali ta`sir etish ( soliqlar, baxolar, foizlar…);
davlat xaridlari qilish;
limitlar, kvotalar, dotatsiya, subsidiyalar, investitsiyalar va boshqalar.
Har qanday iqtisodiy tizimda davlat iqtisodiyotni tartibga solishga intiladi, ammo har bir tizimda va davrda buning o’ziga xos uslublari, mexanizmlari, obyektlari bor. Bozor iqtisodiyotida davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish qonunchilik, ijrochilik va nazorat qilish choralarining yig’indisidan iborat bo’lib, bundan maqsad sistemaning barqarorligini ta`minlash, shu bilan birga o`zgarib borayotgan sharoitga moslashtirishdan iborat.
Xozirgi zamonda davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning asosiy obyektlari quyidagilardir:
iqtisodiy sikl;
xo’jalikning sektorli, tarmoqli va regionli strukturasi;
kapitalni jamg’arish sharoiti;
ish bilan ta`minlanganlik;
pul muomalasi;
to’lov muvozanati;
ilmiy-tekshirish ishlari;
baholar;
raqobat sharoiti;
ijtimoiy munosabatlar;
mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
atrof - muhitni muxofaza qilish;
- tashqi iqtisodiy alokalar.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish – bu eksport, import, kapital oqimini, ish kuchi migratsiyasini, texnologiya oqimini, valyuta munosabatlarini o’z ichiga oladi.
Iqtisodiyotga davlat tomonidan ta`sir etishning qisqa muddatli usullaridan tashqari uzoq muddatga mo’ljallangan tartibga solish usullari ham ishlatiladi. Bunda struktura, ilmiy-texnikaviy siyosat olib boriladi. Bu siyosatlar ilmiy texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan infrastrukturani yaratish, qoloq regionlarni rivojlantirish, samaradorlikni oshirish, milliy kapitalning raqobatbardoshligi oshirish, ITR talabiga javob beradigan kadrlarni tayyorlash kabi vazifalarga qaratiladi. Bu avvalo rejalashtirishdir. Bunda qisqacha tarixga to’xtalsak, u uch bosqichdan iborat:
direktiv rejalashtirish (SSSRda 1928 – 1990 yil, Fransiya 1945 - 1956 yil.). Bunda reja majburiy bo’lib, asosan ishlab chiqarish hajmiga taallukli bo’lgan, ya`ni plan - zakaz.
indekativ ( rekomendatsiya) plan, bunda reja rekomendatsiya xarakteriga ega bo’lgan, ya`ni ixtiyoriy bo’lgan. Shu bilan davlat va xususiy korxonalar o’z pozitsiyalarini koordinatsiya qilganlar (bu ayrim davlatlarda hozir ham bor, ammo asosan 80 yillargacha bo’lgan).
hozirgi bosqich, strategik rejalashtirish yoki programmalashtirishdir. Bunda reja oriyentir xarakterga ega. Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyotining ochiqlik darajasi juda yuqori, shuning uchun davlatning manevr qilish imkoniyati chegaralangan.
Programmalashtirish davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning eng oliy shaklidir. Uning vazifasi davlat tomonidan tartibga solishning butun elementlarini global maqsadlar uchun kompleks ishlatishdan iborat.
Programmalashtirish uchun qabul qilinadigan dasturlar vaqt nuqtai nazaridan qisqa mudatli (1 yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli dasturlarga bo’linadi. Programmalashtirishning obyekti tarmoq (masalan, qishloq xo’jaligi, turizm), ijtimoiy soha, ilmiy tadqiqot yo’nalishi (masalan, yadroenergetika) bo’lishi mumkin. Davlat tomonidan tartibga solishning chegarasi bormi? Xa, u xususiy mulk egasining mafaatiga mos tushsa, bu faoliyat samara beradi, bulmasa yo’q.
Programmalashtirishda 4 sektor ajratiladi:
real;
budjet;
monitar;
to'lov balansi.
Do'stlaringiz bilan baham: |