Kirish Milliy daromad



Download 76,11 Kb.
bet7/10
Sana13.06.2022
Hajmi76,11 Kb.
#665809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nigmatova Gulnur (копия) (копия)

5.Nominal va real daromad.
Kishilar o‘z daromadlariga qarab tirikchilik o‘tkazadilar. Daromad topish tirikchilikning vositasi hisoblanadi va turmush darajasini ifodalaydi. Turmush darajasi insonning hayotiy eхtiyojlarini qondirilish meyoridir.
Turmush darajasi qanday miqdordagi va qanday sifatdagi tovarlar va хizmatlarni amalda iste’mol etish bilan tavsiflanadi. Shu nuqtai nazardan daromad nominal va real daromadlarga bo‘linadi.
Nominal daromad pul shaklidagi jamiki daromadni o‘z ichiga oladi. Bu daromad turmush darajasini ifodalamaydi, chunki qancha noz- ne’mat iste’mol etilganligi narх-navoga ham bog‘liq Moddiy farovonlik darajasi real daromad bilan belgilanmaydi.
Real daromad iste’mol tovarlari va хilma-хil хizmatlarda ifodalangan daromad bo‘lib, pul daromadining harid qobiliyatini bildiradi, turmush darajasini umumlashgan holda tavsiflaydi.
Real daromad jamiki pul daromadni (brutto daromad)dan turli to‘lovlar (soliqlar, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari) chegirib tashlangandan keyin qolgan qismi sof (netto) pul daromadini narх o‘zgarishlariga nisbatan hisoblash orqali topiladi.
Real daromad sof pul daromadi miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda, narх darajasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. RD=Di/Ri
6.O’zbekiston Respublikasi milliy daromadining shakllanishi va manbaalari.
Aholi umumiy daromadlarini hisoblash – Milliy hisoblar tizimining xalqaro statistika standartlariga, Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalariga, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga asoslangan Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan metodik qo‘llanma asosida amalga oshiriladi. Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2022- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 114,2 trln. so‘mni tashkil etdi.
Aholi daromadlari bo‘yicha real o‘sish sur’atlarini hisoblashda narx omillari ta’sirini chiqarib tashlash maqsadida, inflyatsiya ko‘rsatkichlarining asosiy turlaridan biri – iste’mol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi. Iste’mol narxlarining o‘zgarishi sababli o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’ati 105,4 % ni tashkil etdi. Aholi umumiy daromadlarini hisoblashda Davlat statistika hisoboti ma’lumotlaridan, shuningdek, muntazam ravishda statistika organlari tomonidan o‘tkazib boriladigan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklarining iqtisodiy faoliyati bo‘yicha hamda uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi ma’lumotlaridan, bundan tashqari Moliya vazirligi, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Markaziy Bank, Xalq Banki, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan aholiga hisoblangan daromadlar, ijtimoiy to‘lovlar va soliq to‘lovlari to‘g‘risidagi umumlashgan ma’lumotlardan foydalaniladi. 2022- yilning yanvar-mart oylarida (uch oy davomida), aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmida Toshkent shahrida (7715,0 ming so‘m) hamda Navoiy (5768,5 ming so‘m), Toshkent (3772,3 ming so‘m), Buxoro (3472,9 ming so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi.
Yil davomida yaratilgan yalpi mahsulot qiymati 2 qismdan iborat: ilgari yaratilgan va sarflangan ishlab chiqarish vositalarining mahsulotga koʻchirilgan qiymati; yangidan yaratilgan qiymat. Yangidan yaratilgan qiymat sof mahsulotning (Milliy daromadning) qiymatidir. Milliy daromad moddiy ishlab chiqarish tarmoqlaridagi korxonalar sof mahsulotlarining yigʻindisi sifatida hisoblanadi. Ayrim tarmoq yoki korxonalarning sof mahsuloti uning yalpi mahsuloti va moddiy ishlab chiqarish sarflari oʻrtasidagi farq (qoldiq) sifatida aniqlanadi. Xizmat koʻrsatuvchi firmaning yalpi pul tushumidan xizmat koʻrsatish boʻyicha moddiy sarflar chegirilib, xizmat koʻrsatuvchi firmaning (korxonaning) pul shaklidagi yalpi daromadi aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida Milliy daromadni moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof mahsulot sifatida hisoblash boʻyicha katta tajribalar toʻplangan. Chunki yaqin oʻtmishda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad sof mahsulot sifatida hisoblangan. Bunday qoidaning hozirgi paytda ham amal qilishi juda katta ijtimoiy-iktasodiy ahamiyatga egadir, chunki bu usul ishlab chiqariladigan mahsulotni, qoplash fondini va sof mahsulotni hisoblash, isteʼmolni va jamgʻarishni optimallashtirish siyosatini oʻtkazishga imkon beradi. Sof mahsulotning muttasil koʻpayishi, oʻsishi esa ishlab chiqarish sohasida va boshqa sohalarda band kishilar, korxonalar va tashkilotlar moddiy taʼminlanishini yanada oshiradi.
Jamiyatda olinadigan ish haqi, foyda, renta, foiz kabi daromadlar yigʻindisi — birlamchi pul daromadlari va ularni qayta taqsimlashlar (shu jumladan, xizmatlar, ijara, prokat, qarz, soliq kabilar orqali qayta taqsimlashlar) natijasida hosil boʻladigan ikkilamchi va h. k. pul daromadlar yigʻindisidir. Shuning uchun ham muomaladagi pul massasi ham, ish haqi, foyda, renta va foiz shaklida olingan pul daromadlari yigʻindisi ham jamiyatning haqiqiy Milliy daromad boʻla olmaydi, chunki qogʻoz pullar va pul daromadlari haqiqiy, real daromad emas, ularning miqdoriga va harid kuchiga koʻp omillar taʼsir etadi.
Har qanday mamlakatda, jamiyatda moddiy ishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida yaratilgan sof mahsulotlardan iborat Milliy daromadgina boshka shart-sharoitlar teng va oʻzgarmas boʻlganda, butun xalq isteʼmolini va mamlakat iktisodiy taraqqiyotini taʼminlashning , har bir shaxs va barcha aholi real daromadlarini oshirishning juda muhim moddiy asosidir. Milliy daromad moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof mahsulotnigina qamrab oladi. Shuning uchun ham milliy hisoblar tizimita oʻtish munosabati bilan xalqaro hisobkitoblar uchun BMTning tavsiyasiga binoan, Milliy daromad oʻrniga yalpi milliy mahsulot, 1993 yildan esa yalpi milliy daromad koʻrsatkichi qoʻllanila boshladi.


Download 76,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish