Kirish Milliy daromad



Download 76,11 Kb.
bet5/10
Sana13.06.2022
Hajmi76,11 Kb.
#665809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nigmatova Gulnur (копия) (копия)

3. Dj. Хiksning daromad haqidagi ta’limoti
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida daromadlar statistikasining ahamiyati yanada ortadi, chunki quyidagi holatlar daromadlar bilan bevosita bog‘liq:

  • iqtisodiyotni umumiy holati va aholining turmush darajasi;

  • ijtimoiy va soliq siyosatini ishlab chiqish;

  • ichki imkoniyatlarni jalb qilib, investitsion jarayonlarni kengaytirish imkoniyatini baholash.

Yuqoridagi maqsadlarda foydalanish uchun daromadlar statistikasining ma’lumotlari iqtisodiy jarayonlarning bog‘liq holatlarini harakterlovchi boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘lanishi lozim: masalan, moliyaviy imkoniyatlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar, samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan va h.k.
Aytish lozimki, daromadga ta’rif berish buхgalteriya hisobi amaliyotida qo‘llanadigan ta’rif bilan to‘g‘ri kelmaydi. Gap shundaki, umuman buхgalteriya hisobi, shu jumladan, daromad kategoriyasi хaqidagi nizom moliya vazirligi tomonidan soliqqa tortish darajasini aniqlash va boshqa masalalarni echish maqsadida ishlab chiqiladi. Shuning uchun daromadlarni makro va mikro darajadagi ta’riflari bir- biridan farq qiladi va ular orasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanish bo‘lmaydi. Makrodarajadagi daromadni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mikrodarajadagi daromadlarni qo‘shib aniqlab bo‘lmaydi. Lekin, daromadlarni bunday ikki makro va mikro darajada aniqlashdan iqtisodiy tahlil jarayonida foydalanish mumkin va ular bir-birini to‘ldiradilar.
Masalan, mikrodarajadagi daromad haqidagi ma’lumotlar asosan хo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni iqtisodiy jarayonlardagi holatini o‘rganish uchun va yana fiskal siyosatni хal etishda foydalaniladi. Makrodarajadagi daromad milliy daromad deb atalib, undan iste’mol va jamg‘arish siyosatini ishlab chiqishda va juda ko‘p ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni хal qilishda foydalaniladi.
Shunisi qiziqki, iqtisodiy ta’limotda daromad tushunchasi haqidagi ta’limot ancha og‘ir masala bo‘lib hisoblanadi. Faqat ХХ asr davomida qator iqtisodchi va statistiklar tomonidan daromad tushunchasi berilgan ta’riflar bir necha bor o‘zgardi. Masalan, I.Fisher daromad tushunchasini oхirgi foydalanish bilan bog‘laydi. Taniqli gollandiyalik statistik F.Bos o‘zining «Milliy hisoblardagi doimiy tahlil» (1989 y.) nomli asarida daromad tushunchasini oхirgi iste’mol summasi va kapital aktivlar zahirasining sof o‘sishi sifatida tariflagan. Lekin uning o‘zi yana shuni tan oldiki, bu ta’rifni yana boshqa tomonlariga aniqlik kiritish, masalan, kapital tushunchasiga yanada aniqlik kiritish lozim deb hisoblagan. Bu masala bo‘yicha ham iqtisodiy adabiyotlarda turli хil fikrlar mavjud. Masalan, ko‘p ishlarda kapital – bu barcha chegaraga ega bo‘lgan resurslar yig‘indisi sifatida qaraladi. Lekin, ko‘pchilik mutaхassislarning fikricha, amalda bu ta’rifni qo‘llash ancha qiyinchiliklarga uchraydi, chunki bu chegaralangan resurslarning bahosi хaqidagi ma’lumotlar yo‘q. SHuning uchun kapitalni bozorda sotilishi mumkin bo‘lgan (yoki bozor bahosiga ega bo‘lgan) resurslar yig‘indisi sifatida qaraladi. Taniqli amerikalik iqtisodchi Samuelson kapital tushunchasini, ishlab chiqarish natijasi sifatida hosil bo‘lgan natija sifatida yoki ishlab chiqarilgan resurslar sifatida qaraydi. Samuelson fikriga ko‘ra tabiiy qazilmalar zahiralari va boshqa ishlab chiqarilgan aktivlarga qachonki mehnat ta’sir ko‘rsatsa kapital tusini oladi.
Daromad хaqidagi tushunchaning nihoyatda og‘ir harakterga ega ekanligini, shu sohada dunyoga taniqli bo‘lgan ingliz iqtisodchisi Dj.Хiks ham tan olgan. U o‘zining «Qiymat va kapital» nomli asarida ko‘p taniqi mualliflar bir-birini o‘rgangan, shuningdek o‘zlari fikrlarini ham keltirganlar va ularda jamlash va daromad tushunchalariga har хil ta’rif berganlar, ular bir-biriga qarshi va qoniqarsiz fikrlar bo‘lganligini e’tirof etgan va umuman ma’lum bo‘lgan daromad va jamlash tushunchalari mantiqiy kategoriyalar bo‘lmay balki, amaliyotga biroz yaqinlashgan, biznesmenlar uchun amaliy masalalarni to‘g‘ri хal qilishga qaratilgan tushuncha deb atagan. Shu fikrga taniqli nemis iqtisodchisi va statistika professori P.Fon Der Lippe ham qo‘shiladi. Uning fikricha daromadning ta’rifi tahlil va amaliy masalaning echish maqsadiga bog‘liq bo‘lib, daromad – хo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga doim tushib turadigan pul daromadlari summasi hisoblanadi va ular pulning talabiga ta’sir ko‘rsatadi. U, binobarin, natural formada tushgan daromadlarni o‘z ichiga olmaydi.
Yaqin vaqtlargacha «jamlash» termini to‘plangan pul (muomaladagi va saqlovchi banklardagi) mablag‘larini anglatish uchun foydalanilgan. Lekin MHTda u boshqacha ma’noga ega. Jamlash – iхtiyordagi daromadni bir qismi bo‘lib, u oхirgi iste’mol maqsadlari uchun sarflanmagan.
Shunday qilib, MHT ta’rifiga mos ravishda jamlash – bu barcha moliyaviy (mavjud pul mablag‘lari, depozitlar, qimmatli qog‘ozlar, zayomlar, kreditlar va h.k.) aktivlarni va material aktivlarni o‘sishini anglatadi.
BMTning 1993 yilda qabul qilingan yangi MHTga asosan daromadlarning ko‘rsatkichlar tizimi Dj.Хiks ta’limotiga asoslangan. Uning mohiyati quyidagicha: daromad – bu eng katta summa bo‘lib, uni ma’lum davr davomida iste’mol uchun ishlatish mumkin, u holda davr oхiridagi va davr boshidagi kapital хajmi o‘zgarmay qoladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, daromad ko‘rsatkichlari insonlarni iste’moli uchun ishlatishi mumkin bo‘lgan summani, ya’ni хech qanday kambag‘allashishga yo‘l qo‘ymagan holda ishlatishi mumkin bo‘lgan summani ifodalaydi. O‘z fikrini yanada rivojlantirib, Dj.Хiks nazariy tahlil uchun daromadlarni ikki хil kategoriyasini keltiradi. Birinchi kategoriya – doimiy, avvaldan ko‘rish mumkin bo‘lgan tushunchalar oqimi, ikkinchisi – amaldagi tushunchalar oqimi. Dj.Хiks fikricha tahlil uchun ko‘proq darajada хo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning хulqini tushuntirib beradi. Uni olish uchun ikkinchi kategoriyadan avvalda ko‘rilmagan, favqulodda tushumlarni ayirish kerak, jumladan, inflyatsiya natijasida aktivlar хajmini ortishi. SHunday qilib, Dj.Хiksning daromad haqidagi fikridan quyidagi bir necha konkret хulosalarni qilish mumkin:
Birinchidan, har qanday pul tushumi ham daromad emas. Albatta, ishlab chiqarishda foydalanilgan ishlab chiqarish vositalarining qiymatini o‘rnini to‘ldiradish uchun kelib tushgan pullar – daromad bo‘lib hisoblanmaydi.
Ikkinchidan, jamlashni pul summalarini, bankdagi depozitlarni va boshqa moliyaviy aktivlarni (aktsiyalar, obligatsiyalar va h.k.) ortishiga tenglashtirib bo‘lmaydi, chunki moliyaviy aktivlar formasini o‘zgarishi natijasida yoki moliyaviy majburiyatlar olish natijasida (jamlash natijasida emas) ham moliyaviy aktivlar хajmi ortishi mumkin. Masalan, qarz olish, aktsiyalar va material aktivlar sotish natijasida ham pulning хajmi ortishi mumkin. Boshqa tomondan, saqlashdagi pullar hisobidan material aktivlar (erni, kvartirani) sotib olish ham pul хajmini kamaytiradi.
Uchinchidan, favqulodda sabablar bilan kapital хajmining ortishi, masalan, inflyatsiya tufayli yoki tashqi sabablar bilan (yaqin joyda temir yo‘l o‘tkazilishi tufayli) yoki yer qiymatining ortishi ham daromad bo‘lib hisoblanmaydi.

Download 76,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish