Kirish Maxmud Kоshg’ariyning “Devоni lug’оt-it turk” asari – ilk turkiy yozma yodgоrlik


Yusuf Xos Hojibning ijtimoiy-siyosiy qarashlari



Download 125 Kb.
bet5/9
Sana03.07.2022
Hajmi125 Kb.
#736733
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
devoni lug\'ati turk

Yusuf Xos Hojibning ijtimoiy-siyosiy qarashlari

Hokimiyat va hukmdor haqida
Yusuf Xos Hojibning davlat hokimiyati haqidagi fikr-mulohazalari dastlab bek-hukmdor qiyofasida mujassamlashadi. Uning fikricha, bek davlatning yagona hukmdori bo’lib, uning amr-irodasi barcha uchun qonundir. Bek xudoning xohishi bilan beklik mansabiga erishgan kishidir. Xudo biror kishini bek qilmoqchi bo’lsa, avval unga beklik sifatlari va fazilatlarini ato qilar emish: bek «xudo ato qilgan» oliy mansabi bilan faxrlanishi, lekin, shu bilan birga o’z zimmasidagi katta va mas’uliyatli vazifalarni sharaf bilan amalga oshirishi kerak; bu vazifalar mamlakatni idora etish, uning osoyishtaligi va obodonchiligi uchun kurash, mamlakat ishi uchun foydali bo’lgan qonun-qoidalar ta’sis qilish va ularni amalga oshirish, ilm-ma’rifat ahllarini himoya qilish va boshqalardan iborat.
Agar bek ilmli va ma’rifatli bo’lsa, u olimlar va donishmandlar qadriga etadi, ular bilan aloqada bo’lib, o’ziga yaqin tutadi. Bek mayxo’rlik va turli fisq-fasodga berilmasligi, ulardan hazar qilishi kerak. Zeroki, baxt-saodat ham mayxo’rlik va fisq-fasoddan hazar qiladi, ulardan qochadi.

Bo’r ichmas karak bag fasod qilmasa,

Bu ikki qiliqdin qochar qut basa.
(Beg ichimlik ichmaydigan, fasod qilmaydigan kishi bo’lishi kerak. Bu ikki qilmishdan zinhor qut-baxt qochadi).
Mayxo’rlik davlat ishlariga putur etkazadi, turli nojo’ya hatti-harakatlarga sabab bo’ladi.
Shoir: bekning o’zigina davlat ishlarini boshqara olmaydi. Buning uchun yordamchilar-saroy amaldorlari, ishning ko’zini biladigan er kishilar, donishmand, oqil va kishilarga bosh bo’lgan tanlangan odamlar kerak deydi. Vazirdan tortib oshpazga qadar saroy ahllarining har birini alohida-alohida ta’riflaydi, ularning sifati, burchi va vazifalarini ko’rsatadi hamda bekka o’git berib, bularga nisbatan, bir tomondan, qattiq talabchan, ikkinchi tomondan, otalarcha g’amxo’r bo’lish lozim deydi.
Yusuf Xos Hojib bek va uning amaldorlari haqidagi fikr-mulohazalarini Kuntug’di, Oyto’ldi, O’gdulmish va O’zgurmishlar qiyofasida mujassamlashtirilib, ularni o’z davrining saroy ahliga bir namuna qilib ko’rsatishga intiladi. Kuntug’di-adolatli hukmdor, jonishmand va ezgu xulq-atvorli kishi. U o’z atrofiga Oyto’ldi, O’gdulmish va O’zg’urmish kabi fazilatli odamlarni to’playdi, ular bilan kengashadi, maslahatlashadi, mmalakatda tartib-qoida o’rnatadi, zolimlarga tanbeh berib, mazlumlarni shod qiladi. Uning bunday faoliyati go’yo ziddiyatlarga barham berib, hatto qo’y bilan bo’rini ham inoqlashtiradi

«Hibat ul-haqoyiq» («Haqiqat sovg'alari») o'zidan oldingi didaktik adabiyot an'analarini izchil va ijodiy davom ettiradi. Asarda ma'rifat g'oyalari tashviqi yetakchi o'rin tutadi.


Asar 14 bobdan iborat. U 254 baytni tashkil qiladi. Asar an'anaviy hamd, na't va bag'ishlovlarga ega. So'ng bilim maqtovi va johillikning zarari, til odobi va uni tiyish, saxiylik va baxillik haqida bahs yuritiladi.
Adib ilm-ma'rifatga alohida e'tibor qaratadi. Bilimdonlik va bilimli kishilar ulug’lanadi, nodonlik, jaholat inson ma'naviyatini yerga uruvchi hodisalar qatorida sanaladi:
Baholik dinor ul biliklik kishi,
Bu johil biliksiz, bahosiz bishi, —
ya'ni bilimli kishi bahosi baland bo'lgan dinor — oltinga o'xshaydi. Johil, bilimsiz odam esa qadri yo'q mevaga o'xshaydi.
Bilimli — bilimsiz, baholi dinor va bahosiz meva qarshilantirishlari ikki xil hodisaga berilgan munosib bahodir. Muallif bilimli va nodon odamlar hech qachon teng bo’lmaydi, ular orasidagi tafovut aniq ko'rinib turadi, deydi. Hatto bilimli ayol erkaklar qatorida, aksincha, johil er ayollar qatorida bo'lishini istehzo bilan ta'kidlaydi. Albatta, bu yerda ma'naviy hodisalar jismoniy kuch qatorida sanalmoqda. Bilimning insonga kuch-quvvat, qudrat baxsh etishi ta'kidlanmoqda.
Adibning nazarida har bir pand-nasihat, donishmandlikning o'z o'rni bor. U nodon va johil kishilarga yo'naltirilmasligi lozim. Zero, bu ish nafsiz bo'ladi.
Adib, eng awalo, kishi har bir so'zni o'ylab, anglab so'zlamog'i kerak, deb ta'kidlaydi.
Aya do'st, biliklik yizin izlagil,
Qali so'zlasang so'z bilib so'zlagil.
(Ey do'st, bilimli kishi izidan bor,
Agar so 'zlasang, o 'ylab, bilib so 'zlagin.)
Ana shunday kishi el nazdida qadrli, obro'-e'tiborli bo'ladi. Aytilgan so'z so'zlovchini boshqalar nazariga tushirishi lozim. Buning uchun esa kishi so'z mag'zini chaqib, o'qib, uqib so'zlashi, gapirganda, boshqalarga so'zlayotganda
-92- 
mutlaqo shoshilmasligi kerak. Agar aksincha bo'lsa, so'zdan tiyilgani ma'qul.
Chunki pinhon tutilishi kerak bo'lgan so'z og'zidan chiqib ketsa, afsus, kishini boshi pushaymondan chiqmaydi.
Uqub so'zla so'zni, eva so'zlama,
So'zung kizla, kezin bashing kizlama.
(So'zni uqib so'zla, shoshib (behuda) gapirma,
So 'zingni yashir, keyin boshingni yashirib yurma.)
Ahmad Yugnakiy o'zigacha yashab ijod etgan salaflar ijodini puxta o'zlashtirgan. Bunda kitobning o'zida aniq ishoralar bor:
Bezadim kitobi mavoiz masal,
Baqig'li, o'qug'li asig' alsu teb.
(O'qimishli, savodli (kishilar) undan foydalansin, deb
(qo'llanma uchun) kitobni turli masallar bilan bezadim.) Asardagi boshqa o'rinlarda, ayniqsa, nutq odobi masalalarining yoritilishida adib Mahmud Koshg'ariy hamda Yusuf Xos Hojib ijodiga murojaat qilganligini, ularning bu boradagi qarashlarini ijodiy rivojlantirganini ochiq ko'rish mumkin. Fikrimizni quyidagi to'rtlik asosida izohlashga harakat qilaylik:
Eshitgil, biliklik neku teb ayur,
Adablar bashi til ko'dazmak turur.
Tiling bekta tutg'il, tishing sinmasun,
Qali chiqsa bekta, tishing sinur.
(Ilmli kishi nimalarni so'zlaydi, sen unga
quloq sol,
Odoblar boshi tildir, uni tiymoq zarur.
Tilingni tiy, tishing sinmasin,
Agar so'zlab yuborsang, (tiling) chiqib qolsa,
tishingni sindiradi.)
Bu yerda dastlab ko'zga tashlanadigan narsa Mahmud Koshg'ariyning «Devon-u lug'otit-turk»ida keltirilgan maqolga hamohanglikdir. Ushbu maqol XI asrda «Ardam bashi til», ya'ni «Odobning boshi — til» tarzida qo’llangan edi.
To'rtlikning keyingi qismi esa Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asaridagi misralarni yodga soladi:
So'zungni ko'dazgil, bashing barmasun,
Tilingni ko'dazgil, tishing sinmasun.
(So'zingni asragin, boshing ketmasin,
Tilingni asragin, (ya 'ni tiygin, toki)

tishing sinmasin.)



To'rtlikning birinchi misrasi yana «Qutadg'u bilig» ohanglariga monand. Aslida bu tarzdagi eslatmalar og'zaki ijod namunalariga xos xususiyat. Bu holat Ahmad Yugnakiyning xalq an'analaridan unumli foydalanganini ko'rsatadi. Shuningdek, adib ustozlari ta'siri doirasida qolib ketmasdan, ularning axloqiy-ta'limiy qarashlari zaminida o'z fikrlarini yanada balandroq pardalarda, o'z zamondoshlari talab-ehtiyojlariga monand holda kuyladi.
Devon”dagi she’rlar haqida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asaridagi she’rlar ham xalq og‘zaki ijodiga, ham individual she’riyatga mansub.
2. Matnlar islomdan oldingi davrga mansub, ammo musulmonlikning ta’siri ham seziladi.
Bunday talqindan so‘ng yana quyidagicha savol kelib chiqadi: agar “Devon”dagi she’rlar ham xalq og‘zaki ijodiga, ham individual she’riyatga mansub bo‘lsa, qaysi tamoyillarga ko‘ra ularni farqlash mumkin? “Devon”dagi hamma she’rlar sillabik she’r deb qabul qilingan, ya’ni folklor va adabiy parchalar metrikasi bir xil. Hamma she’rlar qofiyalangan. Demak, she’rning tovush tuzilishi folklor va individual she’riyatni farqlash uchun zaruriy edement bo‘lib xizmat qilmaydi. Nihoyat, matnlar mazmunida ham (Turkon malikaga bag‘ishlangan to‘rtlikdan tashqari) folklorga oid she’rlar bilan individual she’riyatni farqlashga yordam beradigan hech narsa yo‘q. Agar “Devon” dagi she’rlar islomgacha bo‘lgan davrga mansub bo‘lsa va bora-bora musulmonlik ta’sirida qolgan bo‘lsa, bu she’riy parchalarning tuzilishidagi qaysi elementlar islomgacha bo‘lgan davr elementlariyu qaysi elementlar islom ta’sirida deb qaraladi? Musulmonlik ta’siri nimada o‘z ifodasini topgan? Bombachining fikricha, islomgacha bo‘lgan she’r turi izosillabizm (teng hijolilik) tamoyili buzilgan o‘rinlardagi baytlarda o‘z aksini topgan. Bombachi, qadimgi turkiy she’riyat uchun misralardagi bo‘g‘inlar miqdori turlichaligi xarakterlidir, deb asoslashga harakat qiladi. Masnaviy shaklidagi qofiyalanishga ega bo‘lgan ikkiliklar arab-fors poetikasning ta’siri sinab ko‘rilgan usuldir deb qarash mumkin, deydi.5
Bombachining bu fikrini haqiqatdan uzoq deb bo‘lmaydi. Zotan, Koshg‘ariy o‘z asarida (1 jild, 151-betda Ash’a degan shoirning arabcha bir baytini keltiradi) arabcha baytlarni ham keltiradiki, bundan Mahmud Koshg‘ariy arab-fors she’riyati poetikasidan foydalangani haqiqatga yaqin, deb aytish mumkin.

Shuni ta’kidlash kerakki, Koshg‘ariy «shoir aytadi» iborasi ostida keltirgan to‘rtliklar shaklan xalq og‘zaki ijodiga tegishli. Ammo adabiy jarayonning qadimgi va ilk klassik davrdagi holati folklor va yozma adabiyot tamoyillarining bir-biriga uyg‘unligi bilan belgilanadi. Ayniqsa, urxun yodnomalari bilan «Devonu lug‘atit - turk» qiyoslanganda, badiiy fikrlashning eng umumiy tamoyillari urxun yodnomalarida ham, «Devon»da bir ekanligi ayonlashadi.
Bombachining bu fikri uchta manba – urxun- enisey yodnomalari, «Devonu lug‘atit-turk» va «Qutadg‘u bilig»ga tegishli. Rus va Evropa turkologiyasida «qadimgi turkiy adabiyot» va «qadimgi turkiy til» nomi ostida X11 asrgacha bo‘lgan turkiy tildagi yodgorliklar nazarda tutiladi va bu o‘zini oqlaydi.
Gap «Devonu lug‘atit-turk» va O‘rxun- Yenisey yodnomalarining tili umumiyligi va bu manbalardagi tasvirning uyg‘unligi haqida ketar ekan, yana Fitratga murojaat etamiz. U yuqoridagi asarida «Devon»dagi bir necha epik asarlarni tiklaydi, ular tasvir xarakteri, ruhi, poetik jihatlari, voqealar mazmuni jihatidan xalq eposlariga taalluqli ekanligi sezilib turadi. Fitrat «Devon»dagi to‘rtliklarni mazmuniga ko‘ra, o‘n besh bo‘limga guruhlaydi. Biz bu o‘rinda VII (Tangut begining urushi, 53-58- betlar), VIII (Uyg‘urlar bilan urush, 58-60-betlar), XII (Bir urush, 74-78-betlar), XIII (Uch urush, 72-74-betlar) bo‘limlaridagi to‘rtliklarning yodnomalardagi parchalarga nafaqat g‘oya va mazmun tomondan, balki tarixiylik nuqtai nazaridan ham ta’kidlamoqchimiz.
«Devon»dagi to‘rtliklar xalqning ijodi sifatida paydo bo‘lgan, ya’ni xalq qo‘shiqlaridir.
«Devon»dagi to‘rtliklar qadimgi turk davrida shakllangan va ularga qadimgi turk davridagi tarixiy voqealar zamin bo‘lgan ekan, bizningcha, yuqoridagi parchalarni tarixiy qo‘shiq janriga mansub deb qarash kerak.
Mahmud Koshg‘ariy nozik didli adabiyotshunos sifatida maqol va she’rni yaxshi farqlaydi va har bir baytni berishda aniqlik kiritadi. Qaysi o‘rinda maqol, qaysi o‘rinda she’r kelayotganini o‘quvchiga uqtirish uchun “maqolda shunday kelgan”, “she’rda shunday kelgan” iboralarini keltiradi (maqollardan sharhlash kerak).6
“Devon”da she’rlardan tashqari, Mahmud Koshg‘ariy ikki afsonani ham keltirgan. SHu afsonalardan biri - “Oltin qon” afsonasi, ikkinchisi - yil hisobi to‘g‘risidagi afsonadir. Afsona turkcha o‘n ikki muchal yillarining paydo bo‘lish tarixiga oiddir (1, 331-332). Koshg‘ariy afsonani hikoya qilib bo‘lgach, qadimgi turkiylarda yil hisobi quyidagi tartib bilan yuritilishini ko‘rsatadi: sichqon yili, sigir yili, bars yili, quyon yili, timsoh yili, ilon yili, ot yili, qo‘y yili, maymun yili, tovuq yili, it yili, to‘ng‘iz yili.
Bu afsonaning yana bir diqqatga sazovor tomoni shundaki, qadimgi Xitoy afsonalari tarkibida ham mazkur afsona bor. Xitoylarda bu afsona Budda bilan bog‘liq.
SHuningdek, “Devonu lug‘atit-turk”da munozara (Yoz va Qish munozarasi) janri, Alp Er To‘ngaga va yana bir noma’lum qahramonga bag‘ishlangan marsiya ham bor.

O‘rta asrlardagi buyuk Sharq mutafakkiri, o‘z ijodi bilan ijtimoiy falsafa, tilshunoslik, mantiq, adabiyotshunoslik, she'riyat, ijtimoiy lingvistika, tabiat-shunoslik rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, boy merosi jahon fani taraqqiyotiga jiddiy ta'sir ko‘rsatgan Mahmud Qoshg‘ariy tavallud topganiga ming yil to‘ldi. Favqulodda iqtidor sohibi Mahmud Qoshg‘ariyning hayoti va ijodi haqida ko‘plab asarlar va maqolalar yozilgan.


Mutafakkir yubileyi esa uning ajoyib tarjimai holi hamda jahon madaniyati rivojidagi rolini qayta ko‘rib chiqishga da'vat qiladi.
"Devoni lug‘atit turk"dagi geografiyaga oid ma'lumotlar g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Sababiki, asarida turkiy xalqlar joylashgan hududlar ta'rifini keltirgan va u muallif dunyodagi eng qadimiy turkiy xarita muallifi hisoblanadi. Ushbu xarita XI asrdagi Osiyoning eng qadimiy va ahamiyatli xaritasi bo‘lib, unda geometrik aniq shakllarda tog‘lar, ko‘llar va daryolar ko‘rsatilgan, eng muhim shaharlar va qabilalar qayd etilgan.
Yanada muhimi shundaki, "Devoni lug‘atit turk" asarida o‘sha davrning ilg‘or kishilarini o‘ylantirgan hamda turkiy xalqlarning tub manfaatlarini aks ettirgan fikrlar va g‘oyalar jamlangan, shaxs va jamiyatning yanada ijtimoiylashuvi yo‘llari belgilab berilgan. Ko‘p bosqichli falsafiy-axloqiy muammolar, binobarin, boylik va bilimning o‘zaro bog‘liqligi haqidagi fikrlar chuqur ifodalangan.
Boshqacha aytganda, ilk o‘rta asrlar olimi va ijtimoiy faylasufining qarashlari olam, xalq taqdiri, inson, madaniyat, ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi mushohadalarga yo‘g‘rilgan edi.


Download 125 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish