Tabiat ne’matlari haqida ma’lumot
Ollohning inoyati bilan inson yartalibdiki, uni Ollohim o’z noz-u ne’matlari bilan siylab yaratgan. Bu uning saxovatpeshaligidan dalolat beradi. O’z rizq-u nasibamiz bilan yaratilganimizga Ollohga behisob shukr qilishimiz kerak. Biz olloh bergan tabiat ne’matlaridan foydalanamiz, ularni iste’mol qilamiz, qornimizni to’yg’izamiz hamda o’z ehtiyojlarimiz uchun ularni keragicha sarflaymiz.
Olma, o’rik, nok, shaftaoli, bug’doy, arpa, suli, paxta, yong’oq, zanjabil, ananas, kakos, olxo’ri, kabilar tabiat ne’matlari hisoblanadi. Mana shu o’simlik, meva va sabzavotlardan biz kundalik ehtiyojlarimiz uchun foydalanamiz. Bu o’simliklarni istemol qilar ekanmiz ularning shifobaxsh xususiyatlarini ko’plab hozirda ommalashga telegram, Instagram, feysbuk kabi internet tarmoqlari va ko’plab ttibbiyotga doir kitoblarda, maqola yoxud, gazeta va jurnallarda uchratamiz. Ammo shu paytgacha tabiat ne’matlarining tilshunoslik sohasi bilan bog’lab o’rganmaganmiz. Hozirda mana shu masala yuzasidan ilmiy ish olib borib tabiat ne’matlarini ham tibbiyotga, ham tilshunoslik sohasiga bog’lab organamiz .
Tabiat ne’matlaring inson salomatligiga nechog’lik foydali jihatlari bor? Ulardan qanday foydalansa, organism uchun zarali yoki foydali tomonlarini perifrazalarda ifodalab ochib berishga harakat qilamiz.
DALA MALIKASI - MAKKAJO’XORI (perif).
Makkajo’xori tarkibida V1, V2, RR, S, D, K darmondorilari, kalsiy, fosfor, temir, natriy minerallari mavjud. Sabzavot foydali xususiyatlarini yo’qotmasligi uchun bug’da pishirish tavsiya etiladi.
Ateroskleroz xastaligi bilan og’rigan bemorlar xastasiga 1-2 dona qaynatilgan makkajo’xori iste’mol qilsalar foydadan xoli bo’lmaydi. Chunki uning donalari tomirlarda tromb hosil bo’lishining oldini oladi va tarkibidagi to’yinmagan moylar, qondagi xolesterin miqdorini normallashtiradi.
SULI DONI - SHIFONING KONI (perif).
Silla quriganida oddiy uy sharoitida qo’llash mumkin bo’lgan muolaja haqida ma’lumot beramiz.
Buning uchun bir payola suli yormasini bir litr qaynoq suvda quyuq ko’rinishga ya’ni kisel holiga kelguniga qadar qaynatib, suzib olinadi. Unga teng ulushda qaynatilgan sut qo’shiladi. Keyin bu aralashmaga besh osh qoshiq toza asal solib, yaxshilab aralashtiriladi. Kuniga uch mahal 50 yoki 100ml dan ichib turiladi. Qarabsizki, darmon- dorilar yetishmovchiligi bilan bog’liq muammo qolmaydi.
KUNGABOQAR MEVASI (perif).
Kungaboqar mevasi tarkibida inson organizmi uchun foydali magniy, mis, tsink, falon, oziqli to’qimalar mavjud. Shunungdek , pista tarkibida yoshlik darmondorilari A hamda E vitaminlari bor. [1.40]
OZUQABON EKIN (perif).
Soya oziq-ovqat, texnikaviy ozuqabon ekin hisoblanadi. U yo’yimliligi jihatidan go’shtga to’g’ri keladi. [1.40]
KO’Z QUVVATI – ASALLI SUV (perif).
Ko’z gavhari loyqalanganda, muguz parda ko’z qovog’i yallig’langanda, turli ta’sirlardan kuyishda, qichishib odamni bezovta qilganda asalning suvdagi eritmasi bilan yuvish foydali bo’ladi. Bu eritma 3:1, 2:1, 1:1 miqdorida suyultirib boris yo’li bilan tayyotlanadi. Har 10 ku nda bir ko’zga quyiladi.
HAM TAOM HAM SHIFO - GRECHKA (perif).
Grechka oson tayyorlanadigan foydali mahsulotlardan biridir. U nafaqat taom, balki, shifoning ham konidir.
Oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi va hazm qilish jarayonini tezlashtiradi. Shu sabab ham ozish istagida bo’lganlar uchun bu mahsulot eng keraklidir.
Uning tarkibida A , V, va E vitaminlari mavjud. Bundan tashqari magniy, ruh, temir kabi foydali elementlarga ham boy.Grechka asab sistemasiga ham yaxshi ta’sir ko’rsatadi, kayfiyatni ko’taradi, stresni bartaraf qiladi.
Qon bosimini me’yorlashtiradi. Shishlarda ham yaxshi yordam beradi. Organizmni ortiqcha taksinlardan tozalaydi va immunitetni oshirishga xizmat qiladi.
7.QORIN DAM BO’LGANDA SHIFOBAXSH MALHAM - SHIVIT ( perif).
Qorin dam bo’lganda bir qism qora choyga 10 g shivit ( ukrop ) urug’I aralashtiriladi. Uning bir qoshog’iga yarim litr suv quyib o’rta olovda 5 daqiqa qaynatiladi. Damlamani kuniga 2- 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim piyoladan ichiladi. Natijasi bir kunda bilinadi.
8.OSHQOZON NORDONLIGINI KO’TARISHGA DAVO - ZUBTRUM (perif).
Zubtrum (bargizub) damlamasi to’g’ridan- to’g’ri oshqozon silliq qavatining kislota ajralib chiqaruvchi qismiga ta’sir qiladi.
9. NA’MATAK – SHIFONING KONI (perif).
Tarkibida askarbin kislotasi va boshqa komplekslar mavjud.
Yurak ishini barqarorlashtiradi;
Qon bosimini pasaytiradi;
Hazm qilish tizimini me’yorga keltiradi;
Xolesterin darajasini pasaytiradi;
Organizmni hujayra darajasida intoksikatsiya qiladi;
Barcha a’zolar energiyasini rag’batlantiradi.
Bir kunda 2 -3 mahal damlab ichiladi. Gastritga bilan og’rigan bemorlar qo’llashi mumkin emas.
10.QOVUN PO’CHOG’I – SHIFO O’CHOG’I ( perif).
Ibn Sino o’zining “Kitob al- qonun fittib” asarida qovun po’chog’ining shifobaxshlik xususiyatlari haqida shunday yozadi.: qovunning salqin joyda quritilgan po’chog’idan tayyorlangan damlama buyrak va qovuqdagi toshlarni maydalash xususiyatiga ega ekanligi bayon etilgan.
11.OLTIN TOMIR –SITANXE (perif).
Shifobaxsh sitanxe o’simligidan olinadigan dori-darmon preparatlari qon –tomir va asab tizimi, jigar xastaliklari, oshqozon –ichak trakti singari ko’p kasalliklarni davolashda va ularni oldini olishda muhim ahamiyatga ega –deydi labaratoriya ilmiy xodimi Marina Oryol.
12.BANGIDEVONA – MINGDEVONA (perif).
Mingdevona yo’l yoqalarida, o’tloq va partov yerlarda, ekinzorlarda o’sadi. Bargi tarkibida giossiamin, atropin, skopolamin va boshqa zaharli alkaloidlar bor. Barg ekstrakti va urug’ining moyi bod, asab kasalliklarida og’riq qoldiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Dori-darmon tayyorlash uchun maxsus ekiladi.
13.VITAMINLI “BOMBA” – AVOKADO (perif).
Avokadoni muntazam ravishda iste’mol qilish , terini yorqinlashtiradi, tirnoq, sochni mustahkamlaydi, shuningdek,vaznni bir meyorda ushlashga yordam beradi. E vitaminiga boy, qarishni sekinlashtiradi, qon bosimini pasaytiradi. Insulinga chalinishni cheklaydi, oshqozon ichak faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi.
14.MING BIR DARDGA DAVO – SEDANA (perif).
Sedana ingichka va qovoq urug’iga o’xshagan qurtlarni o’ldiradi, uni asal bilan yesa buyrak toshini tushiradi. Istmalarga bir choy qoshiqdan kapalansa foyda qiladi.
15. STOMATITGA SHIFO – YALPIZ (perif).
Tez-tez og’iz bo’shlig’I yallig’lanishi ( stomatit) kuzatilib tursa, shunday paytlarda sinovdan o’tgan bir tavsiyadan foydalaning.
Buning uchun yalpizning qurutib maydalanganidan 20g olib, ustiga bir stakanb suv quyib 10-15 daqiqa qaynatiladi. Suzib olib kuniga 3-4 mahal og’iz chayiladi.
16. YOSHLIK VA UZOQ UMR CHOYI (perif).
Uch komponentdan iborat noyob malham; yashil choy, zanjabil va dolchin tanani ichkaridan yangilaydi. Barcha organlar va tizimlar faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.
Bir choy qoshiq dolchin va zanjabilni sirlangan idishga soling va bir litr suv quying, qaynatib olib ikki choy qoshiq yashil choy qo’shing,so’ngra gazdan olib sovuting.
Ertalab 1osh qoshiqdan ichish kerak bo’ladi. Nonushta qilishdan yarim soat oldin, uyg’onganizdan so’ng darhol iching.
Bundan tashqari boshqa taomlanishlar oldidan ham ichish kerak.Kechasi va tunda ichish tavsiya etilmaydi. Aralashmaga tabga qarab limon bo’laklari, yalpiz va biro z asal ham qo’shish mumkin.
17. HIQCHOQNING DAVOSI – SHAKAR (perif).
Biz odatda hiqchoq paytida suv ichamiz, yoki nafasimizni ushlab turamiz. Ammo boshqa bir yaxshiroq yo’l bor. Bir choy qoshiq yoki ikki qoshiq shakar kifoya. Buning uchun shakarni ichmasdan yoki erimasdan tilning tagiga solib olamiz. Shakar ta’sirida nervlar diafragma mushaklariga burushishni to’xtashini aytadi va hiqichoq to’xtaydi.
18. OG’RIQNING YAKUNI – ISIRIQ TUTUNI (perif).
Isiriq qadim zamonlardan beri an’anaviy xalq tabobatida keng qo’llanib kelgan.Hozir xam har bir xonadonda isiriqdan foydalaniladi desak mubolag’a bo’maydi. Uning ming xil dardga davoligi xalq orasida ma’lum va mashhur. Ayniqsa yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktikaning eng ishonchli an’anaviy usuli hisoblanadi.
Abu Bakr ar- Roziyning “Chechak va qizamiq haqida kitob” asarida isiriq tutatish qizamiq, bezgak kabi yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolashda ijobiy ta’sirga egaligi bayon qilingan.
19. YOSHLIK ELEKSIRI – MALINA (perif).
Malina insonda yoshlik xususiyatlarini saqlab qoladi. Mevadagi A, E, PP, B2 vitaminlari terining elastikligi va rangini saqlab turadi.
Tarkibida ko’p miqdorda mis bor. Mis esa o’zida antidepressiantlarni saqlaydi. Shuning buchun depresda foydalidir.Homilador ayollar va endigina farzand ko’rmoqchi bo’lganlar uchun juda foydali. Chunki takibida foliy kislotasi mavjud. Undan tashqari malina anemiyani davolaydi va immunitetni mustahkamlaydi.
20.TOMARQADAGI SHIFO - POMIDOR (perif).
Pomidor immunitetni oshiradi va kamqonlikni oldini oladi. Qondagi qand miqdorini me’yorlashtiradi. Organizmdan ortiqcha toksin va suyuqliklarni chiqarib yuboradi. Hazm qilish jarayonini tezlashtiradi. Qon bosimini me’yorlashtiradi, tromb va tiqinlarni bartaraf qiladi, ozishni rag’batlantiradi. Ishchanlik qobilyatini oshiradi va tetiklashtiradi.
21. XANTAL BOR - KASALLIK YO’Q (perif).
Xantal shamollash, tish o’g’rig’I, gipertoniya, jigar hamda o’t qopi kasalliklarida foydalidir. Tuberkulyoz va buyrak kasalliklarida qo’llanmaydi.
22. DALA SHIFOSI – ISMALOQ (perif).
Ismaloq tarkibida oqsil yog’ uglevod, to’yingan va to’yinmagan vitaminlar, kraxmal, shakar, mikroelementlar ( magniy, natriy, kaliy, kalsiy, rux, temir, fosfor) mavjud. U tanani moddalar bilan boyitadi, toksinlardan tozalaydi. Ismaloq tarkibidagi ko’p miqdordagi temir moddasi hujayralarni kislorod bilan ta’minlashga yordam beradi va moddalar almashinuvini yaxshilaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Ahmedova U.SH.; “Ozbek tili sotsial perifrazalarining qisqacha izohli lug’ati” T.: 2020.
Telegram kanal. “Xalq tabobati”, 2020-2022.
Telegram kanal. “ Dorivor o’simliklar”, 2020-2022.
Do'stlaringiz bilan baham: |