I BOB. INSHO NAZARIYASI
O’quvchilarni insho yozishga o’rgatish davomida insho nazariyasi haqida, yozma nutqning qonun-qoidalari haqida ma’lumot berib borish zarur. Og’zaki nutq bilan yozma nutq o’rtasidagi farq haqida har bir o’quvchi tasavvur hosil qilishi kerak. Og’zaki nutqda so’zlovchi o’z mulohazalarini aytish davomida qo’l harakatlari bilan fikrining osonroq tushunilishiga erishadi. U nutqning mazmuniga ko’ra ohang tanlay olish imkoniga ega. So’zlash davomida intonatsiyani o’zgartirishi, ayrim noto’g’ri o’rinlarni yo’l-yo’lakay tuzatib borishi mumkin. Ammo yozma nutqda bayon etilayotgan fikr orfografik, punktuatsion, uslubiy qoidalarga to’la amal qilingan holda yozilmog’i lozim. Yozilgan fikrda noaniq jumlalar, imlo xatolariga yo’l qo’yilgan so’zlar bo’lmasligi lozim. O’qituvchi o’z suhbatida noo’rin qo’yilgan yoki zarur o’rinda qo’yilmagan vergul gapning mazmunini tamoman o’zgartirib yuborishi mumkinligini tushuntiradi. “Avvallari xalqqa zulm qilgan, qullar mehnati evaziga boylik orttirgan quldorlar endilikda Hasan va Fotimalarning taqdiriga ham chang solmoqchi bo’ladilar” tarzida tuzilgan gapda vergulning tushib qolishi jumlaning ma’nosini buzib yuboradi, natijada «qullar xalqqa zulm qilgan» degan fikr kelib chiqadi. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. O’qituvchi o’quvchilarga yozma ishlarni yozishda muallifning mas’uliyati haqida ham tushuncha beradi. Ko’pincha o’quvchilar imlo qoidalariga mutlaqo e’tibor qilmagan holda faqat tavsiya etilgan insholarning mavzuini yoritish yuzasidan o’z mulohazalarini bayon etishga kirishib ketadilar. Ular bir so’zni bir necha ko’rinishda ham yozaveradilar. Masalan, «Hamid Olimjon»ni bir safar «Hamid Olimjon», ikkinchi safar «Xomid Olimjon», keyinchalik esa «Homid Olimjon» tarzida yozadilar. Inshodagi xatolar ustida ishlash mashg’ulotida o’quvchining taniqli yozuvchilarning ism-familiyalarini to’g’ri yoza olish-olmasliklari ma’lum bo’ladi. Aynan shu holat G’afur G’ulom (G’ofir G’ulom), Muqimiy (Muqumiy), Abdulla Qahhor (Abdulla Qohhor) kabi shoir va yozuvchilarning ism-familiyalarini yozishda ham ko’zga tashlanadi.
O’qituvchi imlosini bilgan so’zda xatoga yo’l qo’yish o’z taqdiriga befarq qarash bilan teng ekanligini alohida uqtirmog’i lozim.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, o’quvchi mas’uliyatni his qilib ishga kirishgandan boshlab yozma ishlardagi imlo xatolari xiyla kamaya boradi.
Insho nazariyasi haqida ma’lumot berganda «insho» so’zining ma’nosini sharhlash yaxshi natija beradi. Xususan, o’zbek tilining izohli lug’atlarida «insho» so’zi, birinchidan, pay do qilish, yuzaga keltirish; ikkinchidan, ijod, sochma asar; uchinchidan, yozuv, xat, vujudga keltirmoq, yozmoq, bitmoq3 ma’nolarini bildirishi aytiladi. Insho yozish ma’lum mavzu yuzasidan mustaqil fikrni yozma tarzda ifodalash ekani tushuntiriladi. Bunday sharhning muhim ahamiyati shundaki, o’quvchi insho yozish ijod qilish ekanligini anglab oladi. Ishning dastlabki bosqichidanoq insho birovning fikrini, darslikdagi ma’lumotni ko’chirish emas, balki mavzu haqida mustaqil fikr yuritish mahsuli ekanligiga “urg’u” beriladi. Sinf saviyasiga qarab «insho» so’zining avvalgi ma’nosi hozirgi kunda toraygani qayd etiladi. Avvallari biron shaxs tomonidan yozilgan har bir mavzu insho deb tushunilgan. Maktublar, ilmiy asarlar, shaxsiy arxivda saqlanuvchi kundaliklar «insho» atamasi bilan yuritilgan. Hozirda esa, asosan, o’zbek tili va adabiyoti fani yuzasidan ma’lum mavzuga bag’ishlangan yozma ishlar mazkur atama bilan yuritiladi. Demak, «insho» atamaning ma’nosi hozirgi vaqtda toraygan. Bunday ma’lumotlarni o’qituvchi lozim topsagina o’z o’quvchilariga aytishi mumkin.
Insho nazariyasida yoziladigan mavzularni mazmun jihatdan turlarga ajratish ham muhim ahamiyatga ega, o’zbek tili va adabiyoti bo’yicha yoziladigan insholar uch turga bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |