Yurak glikozidlarining chinliligini aniqlashda qo’llaniladidan reaksiyalar
Yurak glikozidlarining chinliligini aniqlashda ularning molekula tuzilishidagi steroid halqasiga va unga birikkan to’yinmagan besh a’zoli lakton halqasiga hamda steroid halqaga oddiy efirsimon birikkan qand qismlarining har qaysisiga xos ayrim reaksiyalar qilib ko’riladi.
Glikozidlardagi steroid halqaga xos reaksiya sifatida Leberman reaksiyasi qo’llaniladi. Bu reaksiyaga ko’ra ma’lum miqdordagi glikozidning sirka aldegididagi eritmasiga konsentrlangan sulfat kislatasi qo’shilganda sirka angidridi qatlami yashil rannga bo’yaladi. Ushbu reaksiyaning biroz o’zgartirilgan usuli Liberman-Burxard reaksiyasi deb yuritiladi. Bunda glikozidning konsentrlangan sirka kislatagi eritmasiga konsentrlangan sulfat kislata bilan sirka angidridining baravar hajmdagi aralashmasi qo’shiladi va yashil rang hosil bo’lishi kuzatiladi. Bu reksiyada rang hosil bo’lishi glikozidlardagi steroid halqasining konsentrlangan sulfat kislata va sirka angidridi ta’sirida degidrotatsiyaga uchrashida deb faraz qilinadi.
Yurak glikozidlarining chinliligini anilashda ulardagi besh a’zoli to’yinmagan lakton halqasiga xos quyidagi reksiyalardan foydalaniladi.
glikozidning spirtdagi eritmasiga ma’lum hajmda natriy nitropussidning 1% li va bir necha tomchi natriy gidroksidning 10% li eritmasidan qo’shilganda, tez uchib ketuvchi izil rang paydo bo’ladi.ushbu reksiya glikozidlarning chinliligini aniqlashda keng qo’llanilib uni Legal’ reaksiyasi deb yuritiladi. Bu reaksiyadan farmakopiya adonizid, selanid, digitoksin va boshqa preparatlarni chinlilgini aniqlashda foydalanishni tavsiya qiladi.
glikozidlarning chinliligini undagi to’yinmagan besh a’zoli lakton halqasi asosida aniqlashda, Bal’eta reaksiyasi muhim o’rin tutadi. Bu reaksiyaga ko’ra preparatning spirtdagi eritmasiga pikrat kislataning suvdagi va natriy gidroksidning 5% li eritmasi qo’shilganda aralashma to’q sariq, qizil rangga bo’yaladi. Uni isitilsa, rang yanada to’q tus oladi. Reksiyani quyidagi kimyoviy tenglamalar orqali ifodalash mumkin.
Ushbu reaksiyadan glikozidlarning miqdorini fotokolorimetriya usuli bo’yicha aniqlashda ham foydalaniladi.
v) Raymond usuli bo’yicha glikozidlarni aniqlashda ularning spirtdagi eritmasiga ishqoriy muhitda m-dinitrobenzolning spirtdagi eritmasi qo’shilsa, aralashma binafsha rangga bo’yaladi. Bu usulda m-dinitrobenzolning o’rniga 3,5-dinitrobenzoy kislotaning metanoldagi 2%li eritmasini ham ishlatish mumkin (Kedde reaksiyasi). Reaksiya natijasida hisil bo’lgan modda qizil-binafsha, ba’zida esa ko’k rangga bo’yaladi. Bu reaksiya bo’yicha glikozidlarni aniqlashda yana boshqa nitroaromatik birikmalardan ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |