Kirish. Mavzuning dolzarbligi


SIKLOGEKSANOLETILENGIDRIN QATOR BIRIKMALAR



Download 1,15 Mb.
bet3/16
Sana24.06.2022
Hajmi1,15 Mb.
#701405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Steroid qator biri

SIKLOGEKSANOLETILENGIDRIN QATOR BIRIKMALAR

Kishi organizmida raxit kasalligining kelib chiqish sabablarini o’rganish va uning oldini olish hamda davolash borasida olimlarning keng doirada olib borgan ilmiy izlanishlari o’simlik va hayvon moylarida (kunjut, kungaboqar, paxta, baliq va boshqa moylar) ul’trabinafsha nurlar ta’sirida raxitga qarshi xususyat paydo bo’lishini aniqlashga olib keladi. Keyinchalik yana shu narsa ma`lum bo’ldiki, raxitga qarshi ta’sir o’simlik moylarining o’zida emas, balki ular tarkibidagi siklopentanofenantren tuzilishi ergosterin moddasining nurlar ta’sirida shu xossaga ega birikma (kal’tsiferolga) o’tishi natijasida ekan. Ergosterinni vitamin D2 (ergakal’tsiferol) ning provitamini ham deb qaraladi.



Hozirgacha olimlar tamonidan vitamin D ning turli xillari, jumladan vitamin D, D1, D2, D3, D4, D5, D6, D7 olingan. Ular vitamin D ning kimyoviy tuzilishidagi C17 vaziyatga birikkan yon bog’larning har xil bo’lishi va fiziologik faolliklari turlichaligi bilan bir – birlaridan farqlanadi. Ulardan ergokal’tsiferol (vitamin D2) va xolekal’tsiferol (vitamin D3) lar kuchli biologik ta’siri bilan farqlanadi. Ular tibbiyotda raxit kasalligining oldini olish va davolashda keng qo’llaniladi. Kimyoviy tuzilishi jihatdan kal’tsiferollar – 6 – (3α – oksi – 10 – metilensiklogeksan – 5 - ilen) – 7 - (13 – β –metilgidrindan – 8 – ilen) - etan hosilsi bo’lib, ergokalsiferol (vitamin D3) quyidagi bir-biriga yaqin kimyoviy tuzilishga ega.



Ergokal’tsiferol yoki 24 - metil 9 – 10 - sekoxolesta - 5,7,10 (19), 22 – tetraen – 3 – β – ol, baliq moyi, sariyog’, sut va jigarda bo’ladi. O’simlik moylarida yuqorida aytib o’tilgandek, uning provitamini xisoblangan tabiiy sterinlardan ergosterin va 7-degidroxolesterinlar uchraydi. Ergosterinni ma’lum to’lqin uzunligi va tegishli muddat davomida ul’trabinafsha nurlar bilan nurlahtirib, vitamin D2 olinadi. Ergosterinni o’z navbatida tegishli miqdorda achitqidan sanoatda ekstraktsiya qilib olinadi.
Hozir ergosterin, penitsillin olishdagi mog’orni fermentatsiya qilingan chiqindi suyuqlikdan ajratib olinadi. Uning tarkibida 0,5%, achitqi tarkibida esa 0,2% gacha sterinlar bo’ladi.
Ergosterinni ul’trabinafsha nurlar ta’sirida vitamin D2 ga o’tishi murakkab jarayon bo’lib unda bir-biridan farqlanuvchi turli maxsulotlar hosil bo’ladi. Fotosintez jarayonini quyidagi umumiy chizma bo’yicha ifodalash mumkin.

Taxisterin Ergokal’tsiferol

Ergokal’tseferol DF ga kiritilgan preporat bo’lib, u fizikaviy xossasi jihatidan rangsiz, suvda erimaydi, 95% li spirt va efirda yengil eriydi, xloroformda esa juda yengil eriydi, o’simlik moylarida qiyin eriydi. Ergokal’tsiferol optik faol modda bo’lib, qutblangan nur tekislikgini o’ngga buradi. Uning solishtirma buruvchanligi +79,50 dan +83,50 gachadir. 115-1180C haroratda suyuqlanadi. Preporat havo kislorodi va yorug’lik tasirida beqarordir.


Davlat farmokopeyasida ergokal’tsiferolning 0,125% li moydagi eritmasi keltirilgan. U tiniq och sariq yoki ba’zida to’q sariq rangli, moysimon suyuqlikdir.
Ergokal’tsiferolning chinliligini aniqlashda, uning xloroformdagi eritmasiga, o’zida 2% atsetilxlorid saqlagan sur’ma(III)xloridning xloformgagi eritmasi ta’sir ettirilsa, zarg’aldoq-qizil rangli birikma hosil qiladi. Davlat farmakopeyasi bu rangli reaksiyadan ergokal’tsiferolning miqdorini fotokolorimetriya usulida, tozaligini yupqa qatlamli xromotografiya usuli bo’yicha aniqlashda foydalanishni tavsiya qiladi. Sur’ma(III)xlorid vitamin A (retinolatsetat ) bilan ham rangli birikma hosil qiladi. Ammo u ko’k rangga bo’yalgan bo’ladi.
Ergokal’tsiferolnining chinligi, yana uning xloroformdagi eritmasi, konsentrlangan sulfat kislata ta`sirida avval qizil, so’ngra ko’k va oxirida yashil rangga o’tib ketuvchi birikma hosil qilishi bo’yicha ham aniqlanadi.
Preparatning chinligi va miqdorini aniqlashda yana boshqa rangli reaktsiyalardan foydalaniladi. Masalan uning benzoldagi eritmasiga al’degid xarakterli moddalardan, vanilen, furfurol yoki 4 – oksi – 1 – naftal’degidlardan birortasining benzoldagi eritmasidan qo’shib qizdirib, so’ngra unga perxlorat kislotaning konsentirlangan sirka kislotadagi eritmasi ta’sir ettirlsa, suyuqlik yashil rangga bo’yaladi. Bu rangli reaksiyadan preparatning miqdorini fotokolorimetrik usul bo’yicha aniqlashda ham foydalaniladi.
Vitamin D2 organizmda kal’tsiy va fosfor almashunuvida ishtirok etadi. U raxit kasallligining oldini olish va uni davolashda, qalqonsimon bezlar ish faolyati buzilganda, osteomolyatsiya (suyakning yumshab ketishi) va suyak silida ishlatiladi. Vitamin D2 preporatlarining biologik faolligi xalqaro ta’sir birligi - XB bilan ifodalanadi.
1 mg sof vitamin D2 40000 XB ga teng. Organizmning bir sutkada ushbu vitaminga bo;lgan talabi bolalar uchun 0,0125-0,025 mg (500-10000 XB), kattalar uchun esa 0,025 mg ga to’g’ri keladi. Vitamin D2 ni 0,0125 mg 0,5% li spirtdagi va 0, 125% 0,0025% yoki 0,5% li moyli eritma holida chiqariladi.
Vitamin D3 (xolekal’steferol) kimyoviy tuzilishi jihatdan vitamin D2 dan C17 holatidagi yonbog’ radikalida qo’shbog’ yo’qligi va C24 da metil gurihi bilan farqlanadi. Vitamin D3 kishi organizmida ul’trabinafsha nurlar ta’sirida provitamin deb topilgan 7-degidroxolesterindan hosil bo’ladi.

Xolesterindagi B halqada bitta qo’shbog’ bo’lganligi uchun to’g’ridan - to`g`ri ul’trabinafsha nurlar ta’sirida vitamin D3 ni faollikga ega bo’lgan moddaga o’tkazib bo’lmaydi. Shuning uchun ham xolesterindan vitamin D3 ni olishda avval uni quyidagi tenglamalar bo’yicha ikkita qo’shbog’li 7-degidroxolesteringa va keyinchalik esa UB nurlar ta’sirida xolekal’tseferol (vitamin D3 ga )o’tkaziladi.


Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish