Mavzuning o’rganilish darajasi: Furqat hayoti va ijodi bo’yicha o’zbek adabiyotshunosligida ancha samarali ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, Homid Rasul, G’.Karimov, N.Hotamov, B.Qosimovlarning nomini alohida ta‘kidlab o’tish lozim. Adabiyot metodikasida ham Furqat hayoti va ijodini maktab darsliklarida o’qitilishi yuzasidan turli xil maqolalar chop etilgan va etilmoqda.
Kurs ishi maqsadi. Umumta‘lim maktablari va akademik litsey darsliklarida Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat hayoti va ijodining o’rganish usullari, bu boradagi turli pedagogik texnologiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |