Kirish mavzuning dolzarbligi


FURQAT ASARLARINING XOS BELGILARI



Download 67,26 Kb.
bet7/10
Sana31.12.2021
Hajmi67,26 Kb.
#225018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
furqat merosi Hadicha

2. FURQAT ASARLARINING XOS BELGILARI

Furqat o’zbek demokratik adabiyotida gumanistik lirikaning boyishi va rifojlanishiga katta ulush qo’sha olgan shoirdir. Lirika uning ijodida xajm jixatidan xam, mazmun va badiiylik jixatidan xam salmoqli o’rin tutadi. U klassik poeziyamizning gazal, muxammas, musaddas, masnaviy, maktubat, tarji’band v.b. shakllarida ajoyib va go’zal asarlar yaratdi.

Shoir asarlarining ko’pchiligi muxabbatni tarannum etuvchi gazallardan iborat. U o’z lirikasining mavzui, xarakter va maqsadi xaqida so’z yuritar ekan, quyidagi misralarni yozishga batamom xaqli edi;

Furqat lirikasida yaratilgan ijobiy qaxramonning eng muxim xususiyati shuki, u xayotni sevadi, xayot go’zalliklaridan lazzatlarishga intiladi. Yor-maxbuba va uning xusnu latofati, noz-qarashlari xaqidagi qo’shiq shu xayot go’zalliklarining timsoli sifatida maydonga keladi.

Furqat lirikasidagi “Fasli navbaxor”, “Fasli guldir”, “Baxor ayyomida”, “Istar ko’ngil”, “Ul qaro ko’z” va shu kabi boshqa she’rlarda xayot go’zalligi tarannum etiladi :

Ma’lumki Furqat bu davrda mavjud ijtimoiy tuzumga, undagi xukmron adolatsizlik va zo’ravonlik tartiblariga batamom zid turgan goyani ochiq-oydin olga sura olmas edi. Shu xam shoir maxsus shakl va obrazlar qidirishga bo’ladi va chuqur ijtimoiy goyani badiiy tomondan xajman bilan kuchli tasvirlaydi. Musaddasda sayyod va uning tuzogiga ilingan sayd (ov) xaqida gap ketadi. Asarda sayyod-zulm, zo’rlik va adolatsizlik timsoli sifatida gavdalanadi, sayyod esa tutqunlik, qullik simvolidir. Shoir zulm va jafo ko’rgan saydga zo’r muxabbat va achinish bilan qaraydi, sayyodni esa yovuz kuch sifatida qoralaydi va la’natlaydi:

Lirik musaddasdagi asosiy obrazlardan yana biri shoirning o’zidir. U eng yuksak fazilatlarga ega, chin gumanist inson sifatida gavdalanadi. Muallif obrazi zulm va zo’rlikni, ta’qib va taziyqni qoralovchi sifatida maydonga chiqadi. U yuz bergan adolatsizlikka ro’y-rost salbiy munosabat bildiradi. O’zini “oxu”lar-tutqunlar jumlasidan deb xis etadi, “ekan mendek” radifli avtor obrazini voqea ichiga to’gridan-to’gri olib kiradi

Musaddas Zokirjon Furqat ongida ozodlik madxi, erkinlik goyalarining etakchi tamoyilga aylanganini ravshan ko’rsatish bilan bir qatorda, shoir dunyoqarashidagi, jamiyat rivojlanish qonuniyatlarini tushunishdagi cheklanganlikni xam, ozodlikka olib boruvchi, erkni ta’minlovchi ijtimoiy-tarixiy omillarni payqay olmaganligini xam ko’rsatishi jixatidan xarakterlidir.

Shunga ko’ra xam u zolim zulmini ko’rib, tutqunlik va erksizlikni xis qilgani xolda, ulardan qutulib, ozodlikka chiqish yo’lini bilmaydi. Natijada sayyodga murojaat qilib uni raxmdil, odil bo’lishga chaqiradi.

Furqat poeziyasida nolish, xasrat va shikoyat motivlarining asl moxiyatini ochib beradigan va ularning sotsial ildizlarini izoxlaydigan she’rlar xam uchraydi:

Furqat lirikasining xarakterli xususiyatlaridan biri undagi ¢urbat motivlaridir. Furqat poeziyasida, ayniqsa, shoirning chet ellarda yashagan davrida yaratgan she’rlarida bu motiv keng ishlandi. Furqat otashin vatanparvar shoir edi. U o’z xalqini, o’z ona-Vatanini cheksiz muxabbat bilan sevar, uning istiqboli, baxt-saodati xaqida qaygurar edi. Oir uzoq muddat chet ellarda yashagan davrida o’z Vatanini, xalqini unutmadi. Hokim guruxlar, ularning fitna va igvolari shoirni o’z Vatanini tashlab chiqishiga majbur etgan va uning qaytib kelish yo’llarini to’sib qo’ygan edi.

Bu jixatdan uning “Adashganman” muxammasi, bir qamar siymoni ko’rdim”, “Begiz nast” gazallari diqqatga sazovordir.6

Muxammas shaklida yozgan “Adashganman” asari shoirning o’z vatani xaqidagi chuqur xis-tuygularini ajoyib maxorat bilan, jo’shqinlik bilan tarannum etadi:

Keyingi davr adabiyotimizda ona-Vatan dardini Furqatga o’xshab chuqur xis etgan va o’z ijodida mukammal yoritib, Vatan muxabbati xaqida ko’p va ajoyib asarlar yaratgan shoirni kam uchratamiz. Ulug Alisher Navoiyning xam Vatan muxabbati, gurbat alamlari xaqida o’lmas asarlar yaratgani ma’lum...

Vatan muxabbati temasi Furqatning fors-tojik tilida yozilgan she’rlarida xam ishlanadi. Bu jixatdan Furqatning Tajalliy va Muqimiy she’rlariga nazira-javob tarzida yozgan “Begiz nast” she’ri taxsinga loyiq.

Tarji’band-musaddas shaklida yozilgan va o’n besh band-to’qson misradan iborat bo’lgan katta xajmli “Uch xarobatiy” she’ri demokratik adabiyotdagi falsafiy lirikaning kuchli namunalaridan biridir. Bu yo’nalish she’r tekstida uchraydigan “Uch xarobotiy”, “Uch alamkashmiz”, “Uch qalandarmiz” iboralarida ko’rinib turadi. She’r din axllariga, taqvodorlariga qarshi bosh ko’targan va o’zini “Xarobot axli” deb e’lon qilgan uch isyonkor tilidan yozilgan. Din ta’limotini, taqvo va o’gitlarni tark etib, erkparvarlik ruxi bilan sugorilgan bu she’rda sarkashlik, shakkoklik va rindlik kayfiyatlari ilgari suriladi.

Furqat ijodining badiiy-estetik printsiplarini r-zm tashkil etadi. Furqat r-zm uchun ijobiy idealni ilgari surish va optimizm xarakterlidir.

Furqat ijodida tanqidiy xarakterga ega bo’lgan asarlardan ko’ra, ijobiy goyani tasdiqlovchi, kuylovchi asarlar ustundir. U jihatdan Furqat boshqa demokrat shoirlardan ajralib turadi. Muqimiy, Zavqiy kabi demokrat shoirlar ijodida satira elementi ustun bo’lib, ular realizm tanqidiy xarakterga ega bo’lsa, Furqatda ijobiy idealni kuylash ustundir.

Furqat badiiy maxorat cho’qqilarini egallashda Sharq poeziyasining boy xazinasidan, o’tmishning ulug san’atkorlaridan barakali foydalandi. Shoirning ulug Alisher Navoiyga zo’r muxabbat va ixlos bilan qaragan, xamda uning ijodiy chashmasidan baxramand bo’lgani ma’lum. Furqat she’rlari ichida Navoiy gazallariga yozilgan muxammaslar ko’p bo’lganidek, Alisher Navoiy uslubi va manerasida yozilgan she’rlar-naziralar xam ancha uchraydi. Masalan, Furqat Navoiyning:

Ko’nglim o’rtansin agar gayriga parvo aylasa

Har ko’ngil kim, sening ishqingni paydo aylasa.

Bayti bilan boshlanuvchi mashxur gazalining vazni, qofiyasi, radifi va boshqa badiiy xususiyatlarini saqlagan xolda quyidagi nazirani yaratdi:

Ko’r bo’lsin ko’zlarimkim, o’zgacha solsam nazar,

Jonga o’t tushsun agar sendin bo’lak yor aylasam.

Ham ko’ngil yuz pora bo’lsin, mayl qilsa o’zgaga,

Til kesilsin o’zgaga bir xarf guftor aylasam.

Jondin ayrilsun tanu, yo bir yo’li sinsin ayog,

¢ayr kuyin bir qadam xar saro raftor aylasam.

Furqatning dashtida men labtashna mundog oxkim,

Demading xargiz ani shodobi diydor aylasam.

Furqat she’rlarida Sharq poeziyasining ulkan namoyandasi Fuzuliy nomi tez-tez tilga olinadi va unga naziralar yozaladi, muxammaslar boglanadi.

Bu viloyatlar maqomi boshqadur, emdi qani -

Suxbatingizda dushanba gijjaku setorlar.

Aylar erdi gox Farzinxon “Suvora” mashqini,

Yaxshi savt ila Fuzuliydin o’qib ashgorlar.

Furqat lirikasida klassik poeziyamizga xos bo’lgan xamma she’riy shakllarning namunlalari-gazallar, muxamaslar, tarji’bandlar, masnaviylar va boshqalar uchraydi. Furqat mavjud she’riy shakllardan foydalanish bilan birga,adabiyotimizda yangi she’riy shakllar yaratishga xam intiladi. Bu jixatdan “Lo’li va echki”, “Muazzam Chinu rus” to’rtliklari xaraktrelidir. To’rtliklar usulida yozilgan bu mustaqil she’rlar o’z shakli va mazmuni bilan adabiyotimizda yangi xodisa bo’lib, rus adabiyotidagi epigrammalarni eslatadi.

Furqat lirikasida ajoyib o’xshatishlar, original istiora, majozlar va xarakterli tashbexlar ko’p uchraydi.

Shoir poeziyasining tili jonli va jozibalidir. Masalan,”Kashmirda” sarlavxali lirik she’rlaridan olingan quyidagi baytlarda shoir baxsinga sazovor majoz va istioralar yaratadi:

Aydim:”Ey jon ofati, zulfingga bo’lmishman asir!

Aydi:”Bu savdoni qo’y, umring o’tar zanjirda!”

“Nuqta lab ustida bejodur”,-dedim, aydi kulib:

“Saxv qilmish kotibi qudrat, magar taxrirda”.

Bu baytlarning ikkinchisida Furqat zo’r poetik maxorat ko’rsatadi. Shoir yor labida xol borligini anglatmoqchi bo’lib, uni nuqtaga o’xshatadi. Uning uchun arab alifbesida “lab” so’zining ( ) yozilishidan foydalanib so’z o’yini yasaydi.7 Shoir yorga xitoban “lab” so’zida nuqta (xol) pastda bo’lguchi edi, sening labingda nuqtaning lab ustida turishi bajodir, deb xazil qiladi.

Yori esa o’z javobida undan xam sho’xroq mazmunni ifoda etadi: taxrir vaqtida kotib xato qilib, nuqtani (xolni) pastga emas (arab alifbesida “b” xarfidagi nuqta ( ) pastga qo’yiladi), yuqoriga qo’yib yuborgan.

Shoir klassik poeziyamizda keng tarqalgan lutf usulidan xam ustalik bilan foydalangan:

Ko’zlari bir gamza birla vaxshi ko’nglum qilsa sayd,

Furgon emas, gar chindin oxu kelturur.

Bu baytdagi chin so’zi ikki ma’noda: rost va xitoy ma’nolarida ishlatilgan. Natijada baytdan ikki xil mazmun anglashiladi: a yorim o’z ko’zlarini gamza-qarashma bilan o’ynatsa, go’yo Chindan (Xitoydan) go’zal ko’zli oxu keltirgandek bo’lib, mening ko’nglim unga maftun bo’ladi; b) mening yorim o’z ko’zlarini gamza qarashma bilan o’ynatsa, yolgon emas,chindan xam uning ko’zlari oxu ko’zlaridek go’zal bo’lib ketadi.

Shoir “Fasli Navbaxor o’ldi”, “Baxor ayyomida” v.b. she’rlarida tabiatning go’zal tasvirini bergan. (1 tom, 21-bet).

Dilbaro vasling muyassar bo’lmasa yiglab yonay,

Tobakay xajringda ogushimda zonu kechalaryu

Bu baytda kechalari tong otguncha uxlamay, yor yo’liga ko’z tikib, xasrat va alam ichida tizzalarini quchoqlab o’tirgan oshiq obrazi chizilgan. Bu real va juda jozibali manzara. Bu poetik manzara san’at predmeti sifatida rassom uchun xam, xaykaltorosh uchun xam ob’ekt bo’la oladi...




Download 67,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish