Tadqiqot predmeti va obyekti: Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli nasos stansiyalariga suv keltiruvchi kanallari va nasos stansiyalari misolida.
Ilmiy izlanish uslubiyati: Mazkur ishni bajarishda ma’lumotlarni yig‘ish, ularni qayta ishlash va tahlil qilishning matematik metodikalaridan foydalanildi. Nasos agegatlarning ish rejimlarni aniqlashda ma’lum gidravlik hisoblar metodikalaridan foydalanildi.
Ishning ilmiy yangiligi: Ushbu ishda nasos stansiyasiga suv keltiruvchi kanallarning deformatsion jarayonlari va nasos stansiyalari agregatlarining ekspluatatsion holati о‘rganib chiqildi. Ichki bosim quvurlari о‘lchamlari, optimal konstruksiyasini aniqlash, nasoslarning ish rejimini takomillasjtirish hisoblari taklif etildi.
Ishning amaliy va nazariy ahamiyati.Nazariy jihatdan mazkur ishda ichki bosim quvurlari о‘lchamlari, optimal konstruksiyasini aniqlash, nasos agregatlari ishonchli ish rejimini belgilashning samarali uslubi ishlab chiqildi. Nasos agregatlarning ish rejimlarini rostlash bо‘yicha olingan natijalar amaliy ahamiyatga ega.
1. NASOS STANSIYALARIDAN FOYDALANISH VA ULARGA SUV KELTIRUVCHI KANALLARIDAGI DEFORMATSIYALARNING TA’SIRI. 1.1. Hozirgi kunda nasos stansiyalariga suv olib keluvchi kanallar va nasos stansiyalaridan foydalanish muammosining о‘rganilganligi Ma’lumki, respublikamiz hududida ichki suv resurslari shakllanib boradi va shundan transchegaraviy suv resurslari ham mavjud. Shundan Amudaryo va Sirdaryo daryolari hisobiga 80 % balki undan ortiq desak ham mubolag’a bo’lmaydi.
Umuman, mamlakatimiz iqtisodiyotida jami ishlatilayotgan suvlarning 80 % dan ortig‘i qishloq xо‘jaligi hissasiga va qolgani – maishiy xizmat kо‘rsatish sohasi, energetika, sanoat va baliqchilik va boshqa sohalarga tо‘g‘ri keladi.
О‘zbekiston Respublikasidagi sug‘oriladigan 4,3 mln. ga ekin maydonlarining 53 % ga 1600 dan ortiq nasos stansiyalari va qurilmalari suv kо‘tarib beradilar (1.2-jadval). Bundan tashqari Suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xо‘jaliklari faoliyat kо‘rsatadigan qishloq xо‘jalik yerlariga 8000 donadan ortiq kichik nasos stansiyalari va qurilmalari yordamida suv yetkazib beriladi (1.3-jadval).
Hozirgi vaqtda respublikamizda nasos agregatlari ishlab chiqaradigan “SUVMASH” zavodi, viloyatlarda nasoslarni ta’mirlash korxonalari ish faoliyatini davom ettirmoqdalar. Muammoning yana bir tarafi ilgarigi ittifoq davrida qurilgan yirik nasos stansiyalariga о‘rnatilgan nasos agregatlarini ishlab chiqarish hozircha yо‘lga qо‘yilmagan lekin ushbu nasos agregatlari va detallarini ta’mirlash Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi zimmasida qolmoqda. 1.4-jadvalda Respublikamizdagi katta nasos stansiyalari va ularning xarakteristikalari keltirilgan.