Kirish mavzu. «Shaxs va jamiyat» kursining o’qitish metodikasi maqsadi va vazifalari Reja: «Shaxs va jamiyat»


partiyalar tarixi, qo’yingki, har bir oila va shaxs tarixi misol bo’lishi mumkin



Download 379,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana27.06.2022
Hajmi379,91 Kb.
#709765
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kirish mavzu. «Shaxs va jamiyat» kursining o’qitish metodikasi m


partiyalar tarixi, qo’yingki, har bir oila va shaxs tarixi misol bo’lishi mumkin. 
Bularning har biri o’z ob'ekti bo’lmish narsa yoki hodisani paydo bo’lishidan tortib 
u qachongacha bosib o’tgan vaqt mobaynida boshidan kechirgan barcha 
voqealarni xronologik ketma-ketlikda aks ettiradi. "Shaxs va jamiyat" o’quv 
predmeti jamiyat yoki inson to’g'risidagi muayyan masalalarni ko’rib chiqayotgan 
paytda ularning tarixidagi o’ziga xosliklar, turli voqealarning mazkur hodisalar 
rivojiga ko’rsatgan ta'sirini e'tiborga olishi, ya'ni ularning tarixini e'tibordan chetda 
qoldirmasligi kerak. Chunki u yoki bu mamlakat o’rtasidagi hozirgi munosabatlar 
o’rganilayotganda ularning uzoq tarix davomidagi o’zaro munosabatlarida yuz 
bergan xodisalar albatta ta'sirini ko’rsatadi. Ularni e'tibordan chetda qoldirmaslik 
esa hozirgi paytdagi munosabatlaridagi ba'zi "noani?", "tushunarsiz" holatlarni 
to’g'ri anglashda yordam beradi. Bunga misol tariqasida O’zbekiston va Turkiya 
o’rtasidagi munosabatlarga bundan 550-600 yil ilgari yuz bergan voqealar 
ko’rsatgan ta'sirni yoki Markaziy Osiyo hamda Arab dunyosi, Mug'ulistonning 
o’zaro munosabatlariga ularning uzoq tarixining ta'sirini ko’rsatishimiz mumkin. 
Yoki "Iqtisodiyot asoslari" va "Shaxs va jamiyat" predmetlarini bir-birining 
bilimlari va tushunchalarisiz to’liq tushunish qiyin. Chunki jamiyat hayotining 
turli sohalari va inson faoliyati iqtisodiy qonunlar ta'siri ostida yuz beradi va, 
aksincha, iqtisodiyot sohalaridagi o’zgarishlar jamiyatning siyosiy, huquqiy, 
ma'naviy o’zgarishlar ta'sirida kechadi. Ular doimo bir-birini taqazo qiladi. Ularni 
inkor etish yoki tan olmaslik ham insonga, ham jamiyatga salbiy ta'sir etadi. 
Insonni juda ko’plab fanlar o’rganadi. Masalan, uning jismoniy-fiziologik 
xususiyatlari biologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, genetika kabilar 


10
tomonidan, hatti-harakatlari axloqshunoslik, pedagogika, psixologiya va boshqa 
fanlar tomonidan tadqiq etiladi. Aslini olganda fanlarning barchasi u yoki bu 
darjada inson masalasini o’z ichiga oladi. Shu ma'noda inson, uning tabiiy va 
ijtimoiy borlig'i ko’plab fanlarning o’rganish mavzuini tashkil etadi. 
Insonni o’rganishda uning tevarak-atrofidagi ijtimoiy hodisalarga yaxshilik, 
yomonlik, vijdon kabi axloqiy xususiyatlar nuqtai nazaridan yondoshish etika 
predmetining mavzuini tashkil etadi. Xuddi shularga nafosat, chiroylilik, xunuklik, 
ulug'vorlik, fojealilik, kulgililik nuqtai nazaridan yondoshilsa estetik bilimlar hosil 
bo’ladi. "Shaxs va jamiyat" predmeti esa bu hodisalarni birdaniga ham axloqiy, 
ham estetik, ham siyosiy, ham huquqiy va boshqa ijtimoiy bilimlar nuqtai 
nazaridan ko’rib chiqadi. Shu ma'noda ushbu fan inson va jamiyat haqidagi alohida 
fanlarning o’ziga xos birlashuvi, sintezi hisoblanadi va unda ana shu sohalarga doir 
bilimlar o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. 
Demak, "Shaxs va jamiyat" fanida faqat inson va jamiyat haqidagi konkret 
fanlarni o’rganish asosidagina muvaffaqiyatga erishish mumkin. Binobarin 
mazkur fan jamiyat va inson haqidagi fanlardan olgan bilimlarni 
umumlashtirishga, ulaming istiqboli qanday bo’lishi to’g'risida muayyan 
xulosalar chiqarishga yordam beradi. Bu esa har bir kishining mazkur fanni 
o’rganish orqali dunyoda kechayotgan voqealarni tushunishini va unda ularni 
tahlil qilish ko’nikmalari hosil bo’layotganini anglatadi. Ushbu fanning eng 
asosiy xususiyati ham ana shundadir. 
"Shaxs va jamiyat" predmetining mazmuni va vazifalari Fanlar integratsiyasi 
va differentsiatsiyasi muammolarini o’rganishda o’qituvchi o’z ilmiy qiziqishlari 
va o’quv-uslubiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, ushbu savollarni 
biologiya, ximiya, sotsiologiya, psixologiya va boshqa fanlar misolida yoritishi 
mumkin. Bunda eng asosiysi o’quvchilarda fanlar taraqqiyotining ushbu 
yo’nalishlari to’g'risida ilmiy tasavvur shakllantirishga yordam berishdir. 
Ushbu mavzuda navbatdagi muhim masala inson va jamiyat to’g'risidagi 
fanlarning 
o’zaro aloqasi muammosidir. Ularning hammasi bilimlar 
integratsiyasida o’z vazifasini o’tashi, kishilarga avvalo jamiyatda va o’zlarida yuz 
berayotgan o’zgarishlarning mohiyatini anglab olishga, so’ngra esa jamiyatni 
qayta qurish uchun, mavjud turli ijtimoiy munosabatlarni uyg'unlashtirish uchun, 
o’z-o’zlarini o’zgartirish uchun harakat qilishga yordam berishi lozim. Bularning 
hammasi dunyo haqidagi turli-tuman tasavvurlarni tartibga solishga, ularni ilmiy 
nuqtai nazardan anglab olishga imkon beradigan yo’nalish ko’rsatuvchi asosni 
yaratishga bo’lgan ehtiyojni kuchaytiradi. Bunday asos eng avvalo sotsiologik 
bilimlardir. Sotsiologiya - bu jamiyatni bir butun hodisa sifatida, to’laligicha 
o’rganadigan yagona fandir (jamiyatning o’tmishini o’rganuvchi tarixdan 
tashqari). U ijtimoiy jarayonlar kechishining qonuniyatlari va tendentsiyalarini 
ishlab chiqish, bo’lajak voqealarni oldindan bilishga imkon beradi. 
Sotsiologik bilimlar ijtimoiy o’zgarishlarning ob'ektiv va sub'ektiv 
tomonlarini sistemali tushunish hisoblanuvchi ijtimoiy tafakkurning o’zagi bo’lib, 
ijtimoiy jarayonlarga har tomonlama yondashishni shakllantirishga yordam beradi. 
Ijtimoiy jarayonlarning mohiyatini tushunib olishga ijtimoiy falsafa ham 
ko’maklashadi. Insonni o’rganishda falsafiy antropologiya, psixologiya, shaxs 
psixologiyasi va shu kabi fanlar katta o’rin tutadi. 


11
Ijtimoiy antropologiya erkinlik, tanlash, ijod, mas'uliyat, vijdon, hayot 
mazmuni kabi asosiy tushunchalarning mohiyatini ochib beradi. Shaxs 
psixologiyasi shaxs va faoliyatning o’zaro ta'siriga asoslanib, uning harakatchan 
funktsional strukturasini ochib beradi. Bizning davrimizda shaxslararo 
munosabatlarning murakkablashuvi bilan, katta va kichik guruhlarda kishilarning 
hamkorligini tashkil qilish muhimlashib borishi bilan bu fanning ahamiyati 
oshmoqda. 
Hozirgi davrda siyosat sohasidagi bilimlarning ahamiyati bundan kam emas. 
O’n besh-yigirma yillar avval mavjud bo’lgan sharoitdan farqli o’laroq har bir 
fuqaro yangi hodisa bo’lgan siyosiy plyuralizm, partiyalar va ular g'oyalarining 
ko’pligi bilan duch kelmoqda. Endi u muqobil saylovlarda qatnashib, ro’yxatdagi 
nomzodlardan biriga, siyosiy birlashmalardan biriga ovoz bermoqda. U xilma-xil, 
o’zgaruvchan, ba'zan esa aniq maqsadga qaratilgan noto’g'ri siyosiy axborotlar 
oqimi ostida qolmoqda. Siyosat, hokimiyatning tuzilishi, taqsimlanishi va amalga 
oshirilishi to’g'risidagi siyosatshunoslik fani ahamiyatining oshib borishi shaxsiy 
siyosiy fikrlarga, fuqarolarning ongli siyosiy tanloviga bog'liq bo’lib, ular nafaqat 
Vatanimizning taqdirini, demakki, bizning taqdirimizni ham belgilab beradi. 
Siyosatshunoslik fani ochib beradigan demokratik qadriyatlar aksariyat aholi 
ongidan joy olmasa O’zbekistonda demokratiyaning mustahkamlanishi mumkin 
emas. 
Bir tomondan, mamlakat huquqiy tizimining rivojlanishi, Asosiy 
qonunimizda keng ko’lamda inson huquq va erkinliklari majmuining 
mustahkamlanishi bilan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy nobarqarorlik sharoitida 
huquq-tartibotni saqlab turishning muhim ekanligidan huquqiy bilimlarning 
ahamiyati, har bir yoshni huquqiy qadriyatlarga va huquqiy sohada ijobiy, 
jamiyatga foydali faoliyat yuritishga jalb etishning ahamiyati oshib boradi. 
O’zbekistonning demokratik huquqiy davlatga aylanishi fuqarolardagi huquqiy 
nigilizmni engib o’tmasdan, ular ko’pchiligining huquqiy ongini yuqori darajaga 
ko’tarmasdan amalga oshishi mumkin emas. huquqiy bilimlarni egallash yoshlarga 
ijtimoiy munosabatlarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi, chunki huquq 
me'yorlari bu munosabatlarning katta qismini tartibga solib turadi, ijtimoiy 
hayotda yuz berayotgan hodisalar paytida to’g'ri harakat qilish uchun sharoit 
yaratadi. 
Shunday qilib, hozirgi zamon jamiyatshunoslik fani bo’lmish “Shaxs va 
jamiyat”da inson va jamiyat haqidagi bilimlar o’quvchilar ko’z o’ngida bir 
yoqlama, faqatgina ba'zi bir fan sohasidan emas, balki kompleks tarzda 
gavdalanishi kerak. 
Ko’rinib turibdiki, jamiyat ob'ekt sifatida bir qancha ijtimoiy fanlar majmui 
tomonidan o’rganiladi. Lekin ularning o’rganish mavzui turlicha. Tarix fanining 
predmeti o’tmishning aniq va takrorlanmas voqea va hodisalaridir. Bu fanlar 
insoniyat o’tmishidagi voqealarni har birining individualligida va ko’p 
qirraliligida o’rganadi. Boshqa ijtimoiy fanlar mavjud voqelikni asosan 
umumlashtirilgan holda o’rganadi. Sotsiologiyaning predmeti umuman ijtimoiy 
rivojlanishning umumiy qonuniyatlari bo’lsa, politologiya jamiyat hayoti siyosiy 
sohasining rivojlanish qonuniyatlari va zamonaviy tendentsiyalarini o’rganadi. 
Tarix fanlari, odatda, jamiyat rivojlanishining vertikal kesimini ko’rsatsa, boshqa 


12
ijtimoiy fanlar, asosan, gorizontal kesimini ko’rsatadi. Tarix fani uchun bosh 
masala jamiyatni o’rganishga nisbatan tarixiy yondashuv, boshqa ijtimoiy fanlar 
uchun mantiqiy yoki strukturaviy yondashuv bo’ladi. 
Tarix ta'limi jamiyatshunoslik ta'limining, jamiyatshunoslik ta'limi esa tarix 
ta'limining o’rnini bosa olmasligini ta'kidlash lozim. Ulardan har biri o’z 
qimmatiga ega. Ular o’rtasida yaqin aloqa mavjud. O’tmishni talqin qilishda 
ko’plab jamiyatshunoslik fanlarining tushuncha va kategoriyalari keng 
qo’llaniladi. Va aksincha, ijtimoiy fanlar tushunchalari va umumlashgan 
xulosalarining shakllanishi tarixiy tajribaga asoslangan holda amalga oshiriladi. 
XX asrning so’nggi o’n yilligida ilgari “Jamiyatshunoslik” deb atalgan va 
umumiy o’rta, o’rta maxsus ta'lim sohasida sobiq SSSR davlatlari hududida 
o’qitilgan sintetik jamiyatshunoslik fani jamiyatning qayta qurilishi bilan bir 
vaqtda, ijtimoiy fanlar rivojida chuqur o’zgarishlar kechgan holda yangilana bordi. 
Rossiya Federatsiyasi, qirg'iziston va boshqa ba'zi mamlakatlarda u endi “Inson va 
jamiyat”, O’zbekistonda “Shaxs va jamiyat”, Belorussiyada “Inson. Jamiyat. 
Davlat» deb ataladi. Nomdagi o’zgarishlarga qaramasdan, ular mazmunan baribir 
jamiyatshunoslik, ya'ni sotsiologiya, siyosatshunoslik, huquqshunoslik, ijtimoiy 
ruhshunoslik va shaxs ruhshunosligi, antropologiya va etika (ba'zi mamlakatlarda 
esa iqtisodiy nazariya, madaniyatshunoslik va dinshunoslik) negizida 
shakllanuvchi, inson va jamiyat haqidagi bilimlar majmui bo’lib qolaveradi. 
Shunday qilib, mavjud ilmiy fanlarning aksariyati inson va jamiyatni 
o’rganishga qaratilgan. Umuman olganda, bu ta'kid tabiiy fanlarga nisbatan ham 
adolatlidir. Masalan, biologiya yo’nalishidagi ko’pchilik fanlarda inson tadqiqot 
ob'ekti bo’ladi. “Odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasi” fanida inson 
biologik organizm sifatida o’rganiladi. U inson ma'naviyatining o’ziga xosligini, 
boshqa ijtimoiy xislat va sifatlarini o’rganmaydi. Insonning ko’rsatilgan jihatlari 
ijtimoiy-gumanitar xarakterdagi fanlar tomonidan o’rganiladi. Bu fikrlarni biz 
faqat bitta fan doirasida insonga xos rang-baranglikning, xislat va jihatlarning 
butun ko’lamini ochib berish mumkin emasligini ko’rsatish uchun keltirdik. 
O’qituvchi bu jihatlarni o’quvchilarga ushbu masalani ko’rib chiqishda tushuntirib 
berishi kerak. 
Jamiyat va inson to’g'risida iloji boricha ko’proq ma'lumotni umumlashtirib 
berish asosiy vazifasi bo’lgan “Shaxs va jamiyat” fanining mazmunidan farqli 
ravishda, boshqa fanlar inson va jamiyatni o’zlarining tor ilmiy nuqtai nazarlaridan 
yoritadilar. “Shaxs va jamiyat” fani qamrab olgan bilimlar imkoni boricha inson 
va jamiyat haqida boshqa turli fanlardan olingan bilimlarga asoslanishi kerak, ya'ni 
bu erda ular muvofiqlik tamoyiliga asoslanishi zarur. 
Yuqorida ko’rsatilgan ijtimoiy-gumanitar fanlardan har birini alohida 
o’rganish-oliy maktabning vazifasi. O’rta umumta'lim maktablariga, o’rta maxsus, 
kasb-hunar o’quv yurtlariga kelsak, ularning o’quv dasturlari o’z negizida hozirgi 
kunda ham, yaqin kelajakda ham ilmiy bilimlarning aytib o’tilgan barcha 
sohalariga mos keluvchi o’quv fanlarini sig'dira olmaydi. Biroq bu bilimlar 
hayotga qadam qo’yayotgan har bir kishi uchun keraklidir. Oqilona echim 
o’quvchiga, oliy o’quv yurtidagi kabi, mustaqil fanlarni emas, balki pedagogika 
nuqtai nazaridan tanlab olingan, “Shaxs va jamiyat” deb nomlanuvchi yagona 
jamiyatshunoslik faniga jamlangan bilimlarni taqdim qilishdan iborat. Bu holat 


13
gumanitar bilimlarning uyg'unlashuvi to’g'risidagi zamonaviy xulosalarga mos 
keladi. 
Umumiy o’rta ta'lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlar uchun 
yaratilgan Davlat Ta'lim standarti, dasturlar, darsliklar va o’quv qo’llanmalar 
hozirgi davrda “Shaxs va jamiyat” predmetini o’qitish borasida bir qator 
muammolar mavjud. Ular o’rta maxsus va kasb-hunar ta'limi bo’yicha Davlat 
ta'lim standartlari talablarining o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi 
samaradorligiga o’z ta'sirini o’tkazadi. 

Download 379,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish