Kirish mavzu. «Shaxs va jamiyat» kursining o’qitish metodikasi maqsadi va vazifalari Reja: «Shaxs va jamiyat»



Download 379,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana27.06.2022
Hajmi379,91 Kb.
#709765
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kirish mavzu. «Shaxs va jamiyat» kursining o’qitish metodikasi m

O’qitishning natijalari deganda
esa, o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim 
tizimida shaxs va jamiyat o’qitishning maqsad va vazifalarini, mazmunini 
muvafaqqiyatli ravishda amalga oshirilishi; o’quvchilarning tarix fani asoslarini, 
tarixiy materialga mos samarali metod va usullarni bilish va bilimlardan foydalana 
bilish malakalarini puxta o’zlashtirishlari shu asosda o’quvc hilarning tarixiy 
tafakkurini, tasavvuri va nutqini, maxsus va umumiy qobiliyatlarini o’stirish 
ko’zda tutiladi. 
Ta'limni muayyan pedagogik maqsadga yo’naltirmoq uchun o’qituvchi 
o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitishning maqsad ini, uning 
asosini tashkil qilgan ta'lim-tarbiya vazifalarini aniq belgilab olishi kerak. Shu 
bilan birga, umumiy vazifalarni amalga oshirishda har bir o’qitiladigan kursining 
o’rni, vazifalari, o’z navbatida mazkur kursni o’qitishning ta'lim-tarbiya 
vazifalarini amalga oshirishda uning har bir bo’limi, bo’limdagi mavzular, xatto 
har bir darsda o’tiladigan mavzuning ham juz'iy vazifalari oldindan belgilab 
olinishi kerak. Chunki har bir tarix darsining butun tarix kursining umumiy darslar 
sistemasida tutgan o’rni bor, bu darsda o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida 
tarix o’qitish oldiga qo’yilgan umumiy vazifaning qandaydir elementi yoki bo’lagi 
xal etiladi. 
Shaxs va jamiyat o’qitish maqsadlarini belgilashda, avvalo ta'lim va 
tarbiyaning uzviy birligini, o’qitish davomida o’quvchilarning g’oyaviy-siyosiy 
saviyasi mutassil o’sib borishini, ularda ko’nikma va malakalar hosil qilishni 
hamda ijodiy faoliyatga tayyorlanishlarini nazarda tutmoq kerak. Ta'limdan 
kuzatilgan maqsadlarning muvaffaqiyatli ravishda amalga oshmog’i uchun, ular 
ilmiy asosda belgilanmog’i lozim. Bu maqsadlar ta'limining mazmuni va 
vazifalari bilan belgilanadi. 
Shuningdek, bunda ta'limning boshqa shart-sharoitlari: o’quvchilarning 
saviyasi, bilimi, ko’nikmalari va malakalari, dars uchun ajratilgan vaqt, darsni 
o’tish imkoniyatlari va boshqalar ham nazarda tutiladi. Ta'lim maqsadlarining 
ilmiy asosda belgilanishi ularning realligini ta'minlaydi. Ta'limdan ko’zlangan 
maqsadlami o’qituvchi naqadar chuqur anglab olgan bo’lsa, o’qitish mazmunan 
shunchalik g’oyaviy va tarbiyaviy natija beradi. Binobarin, DTS asosida 
o’quvchilarga o’rgatiladigan Shaxs va jamiyat ta'limidan ko’zda tutilgan maqsad, 
ta'lim-tarbiyaviy vazifalar oldindan aniq belgilanishi o’quvchilar bilimining 
rivojlanib, chuqurlashib borishiga, voqealarning mohiyatini puxta tushunib 
olishlariga yordam beradi, zarur ko’nikma va malakalarni yuzaga keltiradi, 
o’quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini o’stiradi. 
Dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarning bilish 
faoliyatining bo’lishligi juda ko’p omillarga, avvalo, mashg’ulot mazmunining 


5
g’oyaviy va ilmiy-nazariy jihatdan yuqori saviyada bo’lishiga, o’qituvchining eng 
muhim jonli va ishonarli tarzda ochib bera olishiga va bu voqealarni chuqurroq 
o’rganib olishning muhimligini o’quvchilarning tushunib olishi hamda ularda 
o’rganishga ishtiyoq uyg’otish bog’liqdir. Bu o’rinda o’qituvchining o’quvchilarni 
mashg’ulot mazmunini o’zlashtirib borishi ustidan qilingan nazorati, o’quvchilar 
o’rganishini boshqara bilishi, shunigdek ularning yangi bilimlarini o’zlashtirish 
uchun o’zlaridagi mavjud bilim va malakalardan foydalana bilishi, ya'ni 
o’zlashtirilgan bilim va egallangan malakalarini aktuallashtirilishi ham muhim 
ahamiyatga egadir. 
Shaxs va jamiyat kursining mazmuni o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim 
tizimida uni o’qitish va o’quvchilarning o’rganish faoliyati orqali ularning ongiga, 
tarbiyasi va tafakkuriga ta'sir ko’rsatadi, ularning kamol topishiga yordam beradi. 
Demak, mashg’ulotning mazmuni o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida 
o’qitishning sifati va samaradorligini oshirish hamda o’quvchilarning bilish 
faoliyatini faollashtirishning ham asosiy omili bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun 
o’qituvchi bilish faoliyatini faollashtirishga ijobiy ta'sir etuvchi va umuman 
o’qitishning samaradorligini ta'minlovchi metodik usul va vositalarni tanlashda 
ham o’rganilayotgan tarixiy materialning mazmunini nazarda tutmog’i lozim. 
Shaxs va jamiyat o’qitish metodikasi jarayoning tarkibiy qismlari 
o’rtasidagi qat'iy takrorlanadigan o’zaro aloqa va bog’lanishlarda namoyon 
bo’ladigan qonuniyatlarni ochib beradi va tarix o’qitish jarayonini 
takomilllashtirishda ulardan foydalanish yo’l-yo’riqlarini ham ko’rsatib beradi. 
Demak, shaxs va jamiyat o’qitish metodikasi bo’lajak o’qituvchilarni o’rta ta'lim 
va o’rta maxsus ta'lim tizimida Shaxs va jamiyat o’qitishning ilmiy- nazariy 
asoslari bilan qurollantiradi. Shuningdek, metodika ularni o’qitish jarayonini 
o’rganishning tekshirish metodlari bilan ham qurollantiradi. Shaxs va jamiyat 
o’qitish jarayoni ikki yo’l bilan o’rganiladi. Birinchisi, kuzatish metodidir. Bu 
metoddan foydalanganda turli xildagi o’ quv-metodik adabiyotlar, 
o’quvchilarning yozma ishlari, dokladlari, ularning javoblari, o’qitishga berilgan 
baho va xulosalar bilan tanishib chiqiladi, darslar kuzatiladi, o’quvchilarning 
bilimi va malakalari o’rganiladi. 
Shunday qilib, kuzatish metodidan foydalanganda, tadqiqotchi shaxs va 
jamiyat o’qitishning mavjud tajribasi doirasidan chetga chiqmaydi, uni tabiiy 
ravishda kuzatadi va o’rganadi. 
Ikkinchisi eksperiment metodi. O’qituvchi o’qitish jarayonini o’zi 
xohlaganicha uyushtiradi. Xullas, ijodiy ish qiladi va uning bu ishi ilmiy 
eksperimentga o’xshab ketadi. Biroq, o’qituvchi qilgan ijodiy izlanishlarning 
ilmiy eksperimentdan farqi, avvalo shundaki, o’qituvchi darsda amaliy vazifani 
hal qiladi, uning xuloslari esa, o’z faoliyatining natijasi bo’ladi. Ilmiy 
eksperimentda ko’pchilik o’qituvchilarning ishi uchun umumiy bo’lgan 
qonuniyatlar tadqiq etiladi, chiqarilgan xuloslar ilmiy asosda rasmiylashtiriladi. 
Shuning uchun ham tarix o’qitish jarayonini tadqiq etishdagi kuzatish metodini 
eksperimental tadqiqotdan farq qila bilish kerak. 
Shaxs va jamiyat o’qitish metodikasi tarix fani bilan o’zviy bog’liqdir. 
Shaxs va jamiyat o’quvchilarga tarixiy voqelikni bildirishdan iboratdir. Shu 
jihatdan o’quvchilarning tarixiy voqelikni bilish yo’llari tarixiy tadqiqotga 


6
o’xshab ketadi. O’quvchilar Shaxs va jamiyatni o’rganishda olimlar tomonidan 
ilmiy jihatdan tekshirilib ko’rilgan va tahlil qilib chiqilgan faktlar hamda ilmiy 
xulosalarga asoslanishi bilan birga, ba'zan faktlarni yanada aniqlash, tarixiy 
faktlardan umumiy xulosalar chiqarish, umumiy xulosalardan yangi faktlarni 
o’rganish uchun foydalanishlari mumkin. Biroq, o’quv yilarning Shaxs va 
jamiyatni o’rganishi ilmiy tekshirishidan farq qiladi. O’qitish jarayonida 
o’quvchilar tarix fanini va uning ba'zi tadqiqot metodlaridan bilib oladilar. 
Shunday qilib, Shaxs va jamiyat fani va Shaxs va jamiyat o’qitish metodikasi 
o’zining alohida o’rganish ob'ekti, vazifasi hamda tadqiqot metodiga ega. Shaxs 
va jamiyat fani kishilik jamiyatining taraqqiyoti jarayonini o’rganadi. Kishilik 
jamiyatining taraqqiyot qonunlarini bilish o’tmish va hozirgi zamonni yaxshiroq 
tushunib olishga, kelajakni oldindan ko’rishga imkon beradi. 
Metodika o’qituvchilarni o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida Shaxs 
va jamiyat o’qitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular o’rtasidagi qonuniyatli 
aloqalarni ochib berish bilan birga o’qitishning samaradorligini oshira borish 
maqsadida Shaxs va jamiyat o’qitish jarayonini tadqiq etish metodlari bilan ham 
qurollantiradi. Metodika fanning asoslarini ochib berish maqsadida tarixiy 
manbalar, faktlar va umumiy xulosalardan foydalanadi. O’qitish metodikasi tarix 
fanining ba'zi bir tekshrish metodlaridan foydalanar ekan, o’quvchilarning 
bilimlarini yaxshiroq o’zlashtirishlarini va ularni tarix fanining ba'zi tadqiqot 
metodlari bilan tanishtirishni ko’zda tutadi. O’quvchilarning yangi faktlarni tahlil 
etish va ulardan zarur xulosalarni chiqarish paytida o’rgangan bilimlari juda ham 
mustahkam va ishonarli bo’ladi, shuningdek, o’quvchilar mustaqil fikrlashga 
o’rganadi, bu ularni tadqiqot olib borishning dastlabki usullari bilan tanishtirishga 
yordam beradi. 
Shunday qilib, o’z predmeti, vazifalari va tadqiy etish metodlariga ega 
bo’lgan Shaxs va jamiyat o’qitish metodikasini tarix fanlari qatoriga kiritib 
bo’lmaydi. 
Shaxs va jamiyat o’qitishda o’quvchilarning yoshi, bilimi, fikrlash 
qobiliyati va umuman psixik faoliyatini e'tiborga olmasdan turib, ularning o’quv 
faoliyatiga samarali ta'sir etib bo’lmaydi. Shu sababli metodika psixologiya fani 
bilan chambarchas bog'liqdir. 
Shaxs va jamiyat o’qitish jarayonida ustod va shogirdlar o’rtasida ma'naviy 
yag'inlik, sog'lom va estetik kayfiyat vujudga keltirishi o’quvchilarning o’quv 
faoliyatini faollashtiradi, darsning samaradorligini oshiradi. 
Psixologiya fani o’quvchilardagi psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarni 
o’rganadi, metodika esa o’quvchilarning psixik faoliyatini ularning tarixiy 
materialni o’zlashtirishlari bilan bog'liq bo’lgan tomonlarinigina tadqiq qiladi. 
Shuningdek, uning o’quvchilardagi psixik faoliyatni tadqiq etish metodlaridan 
ham qisman foydalanadi. Psixologiya psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini 
o’rganadi, metodika esa, Shaxs va jamiyat o’qitishning mazmuni va metodik 
usullar bilan psixik faoliyat orqali erishiladigan natijalar o’rtasidagi qonuniyatli 
bog'lanishlarni o’rganadi. 
Demak, har ikkala predmetning o’rganadigan ob'ektlari qisman o’xshash 
bo’lsa-da, vazifalari boshqa-boshqadir. Shunday qilib, Shaxs va jamiyat o’qitish 
metodikasi o’qitishda yaxshi natijalarga erishish, o’quvchilarning tarixiy 


7
materialni puxta o’zlashtirishi bilan faoliyati 
o’rtasidagi qonuniyatli 
bog'lanishalarni ham o’rganadi, o’quvchilarga 
ta'lim-tarbiya berishda 
psixologiya faniga suyanadi, o’quvchilarning psixik faoliyatini o’rganishda 
psixologik tekshirish metodlaridan foydalanish yo’llarni ham ko’rsatib beradi. 
Metodika ta'lim-tarbiya haqidagi pedagogika fani, uning tarkibiy qismi 
bo’lgan didaktika bilan chambarchas bog'langan, uning mustaqil bir tarmog'idir. 
Metodika pedagogik jihatdan yaxshi natijalarga erishish maqsadida ham tarix 
o’qitish jarayonini ham, pedagogik jarayon o’qitishda yaxshi natijalarga erishishni 
ko’zda tutadi. O’qitish jarayoning o’rgatish metodlari pedagogik metodlar bo’lib, 
o’qitish natijalarining ko’rsatkichlari ham pedagogik ko’rsatkichlardir. Shunday 
qilib, Shaxs va jamiyat o’qitish metodikasi pedagogika fanining mustaqil bir 
tarmog'i bo’lib, u o’zining mustaqil tekshirish predmetiga ega. 
Metodika fanining nazariy qismini egallash Shaxs va jamiyat o’qitish 
jarayonining umumiy qonuniyatlarini yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish va kamol 
toptira borish ishini yanada takomillashtirish maqsadida foydalanishga yordam 
beradi. 
Shaxs va jamiyat kursining o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan 
aloqalari. 
Ma'lumki, bizga hozircha ma'lum bo’lgan dunyo uch qismdan, ya'ni: a) qum 
zarrasidan tortib galaktikagacha bo’lgan moddiy borliq, ya'ni tabiatdan b) 
tabiatning rivojlanib o’ziga xos yashash tarzini o’tayotgan, hozircha faqat erda 
kuzatilgan va inson jismi bilan bog'liq bo’lgan ko’rinishi - jamiyatdan hamda v) 
ana shu ikkala borliqning inson ongidagi in'ikosi bo’lmish ma'naviy borlig'- ya'ni 
ruhiyat dunyosidan iboratdir. Shu ma'noda olamni o’rganuvchi fanlarni shartli 
ravishda uch yo’nalishga bo’lish mumkin: 
tabiatshunoslik, 
jamiyatshunoslik va ma'naviyatshunoslik. Ularning har biri, o’z navbatida, yana 
bir qancha yo’nalishlar va turlarga bo’linib ketadi. Masalan, tabiatshunoslik 
ximiya, fizika, biologiya, geologiya va boshqalarga bo’linsa, jamiyatshunoslik 
tarix,huquqshunoslik, siyosatshunoslik, sotsiologiya, estetika, ma'naviyat asoslari 
va shu kabilarga bo’linadi, ma'naviyatshunoslik esa-axloqshunoslik, psixologiya 
kabi fanlarni o’z ichiga oladi. Shuni unutmaslik kerakki, ushbu fanlarning har biri 
ham o’z navbatida, bir necha fanlarga bo’linib ketadilar. Masalan, ximiya-
anorganik va organik ximiyaga, fizika-mexanika, elektrodinamika, optika, kvant 
mexanikasi va boshqalarga, biologiya-botanika, zoologiyaga bo’linadi va hokazo. 
Shu bilan birga bu fanlar ham, o’z navbatida, yanada kichikrok, ammo yanada 
aniqroq fanlarga bo’linadilar. Fanlar taraqqiyotidagi ushbu jarayon ularning 
yanada boyib, inson bilimining esa yanada chuqurlashib borayotganidan dalolat 
beradi. Ilmiy tilda bunga fanlar differentsiatsiyasi deb ataladi. Yuqorida 
ko’rsatilgan yo’nalishlarning har biri yana bir qancha fanlardan tashkil topadi, ular 
ham o’z navbatida yanada "kichikroq", "chuqurroq" qismlarga bo’linib ketadi. 
Fanlar taraqqiyotida differentsiatsiyaga teskari bo’lgan, ammo fanlarning 
yanada rivojlanayotganidan dalolat beruvchi boshqa bir hodisa ham yuz beradiki, 
unga fandagi integratsiya jarayoni deyiladi. Bunda aksincha, fanlarning o’z ichida 
yanada chuqurlashuvi emas, balki bir necha fanlarning o’zaro qo’shilishi yuz 
beradi. Aslini olganda bu hol real dunyodagi bir-biri bilan bog'langan jarayonlarni 
aks ettiradi, ya'ni ularning in'ikosi sifatida amal qiluvchi fanlar ham o’zaro 


8
qo’shilib ketadilar va o’ziga xos "sintez", "aralashma" fanlar hosil bo’ladi. Bunga 
biofizika, iqtisodiy kibernetika, biogeoximiya, radioastronomiya, iqtisodiy 
geografiya, astrobiologiya, fizik ximiya va boshqa fanlarni misol qilib ko’rsatish 
mumkin. 
Shu paytgacha biz inson va jamiyat hayotining turli tomonlarini (masalan, 
iqtisodiy, axloqiy, diniy,huquqiy va shu kabi tomonlarini) alohida-alohida ko’rib 
chiqdik. Endi esa mustaqil hayotga qadam qo’yish arafasida insoniy 
munosabatlar, jamiyat, uning tuzilishi, mazmuni va rivojlanish xususiyatlarini 
umumiy tarzda, ularni tashkil qiluvchi tomonlarning bir-birlariga ta'siri jarayonida 
ko’rib chiqishga harakat qilamiz. 
Shu paytgacha maktab davrida olgan bilimlarimizga tayanib inson va uning 
turli-tuman jamoalari juda murakkab hodisalar ekanligini anglab oldik. Masalan, 
mavjud fanlarning asosiy ko’pchiligi insonning o’zini har xil nuqtai nazarlardan 
tadqiq qiladi. Biologiya va tibbiyotga oid fanlarda u jonli organizmlarning biri 
sifatida o’rganilib, fiziologik, jismoniy, anatomik, gigi enik, genetik va boshqa 
tomonlardan tavsiflanadi. Psixologiyada esa odamning ruhiy olami, uning 
xotirasi, hissiyotlari, intilishlari, tafakkuri va shunga o’xshash jihatlari o’rganiladi. 
Tarix fanida esa uning tarixiy taraqqiyoti va kamoloti ko’rib chiqiladi. 
Siyosatshunoslik, dinshunoslik, falsafa va boshqa fanlar ham insonni o’z predmeti 
nuqtai nazaridan o’rganadilar. Xullas, fanlar kompleksi birgina insonning o’zini 
har jihatdan o’rganadi va unga har xil ta'riflar beradi. Shu nuqtai nazardan 
insonning o’zini bir necha tushunchalar ifodalashini ko’rishimiz mumkin: odam, 
inson, organizm, individ, banda, tana, shaxs va boshqalar. 
Jamiyat haqida ham yuqoridagi kabi fikrlarni aytishimiz mumkin. Uni ham 
turli fanlar o’z nuqtai nazarlaridan o’rganadilar va uning ham ko’plab, ba'zan bir-
biriga mutlaqo mos kelmaydigan ta'riflari mavjud. Siz ular haqida tarix, 
huquqshunoslik, iqtisodiyot asoslari kabi predmetlarni o’rganish paytida muayyan 
tushuncha hosil qilgansiz. Masalan, "kitobsevarlar jamiyati", "ovchilar jamiyati", 
"faylasuflar jamiyati", "kiborlar jamiyati" kabi tushunchalarga duch kelgan 
paytimizda "jamiyat" so’zi ostida yagona qiziqish, birgalikda faoliyat ko’rsatish, 
bir-biriga ko’maklashish maqsadida birlashgan kishilar guruhini anglaymiz. 
"Ibtidoiy jamiyat", "feodal jamiyati", "burjua jamiyati" yoki "amerika jamiyati" 
iboralari esa insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarini yoki aniq bir 
mamlakatni aks ettiradi. Mazkur tushunchani yanada umumlashtiradigan bo’lsak, 
u tabiatdan ajralib chiqan, ammo baribir uning bir qismi bo’lib qoladigan kishilar 
hamjamoasini, bir-biri bilan turli-tuman va murakkab munosabatlarga 
kirishadigan Er yuzidagi barcha kishilar yig'indisini anglatadi. 
Kishilarning o’zaro aloqalari va munosabatlari natijasida jamiyat hayotida bir 
biridan farqlanadigan, ammo bir-biriga faol ta'sir qiladigan nisbatan mustaqil 
bo’lgan bir qancha qismlar, bo’laklar, elementlar amal qiladi. Ularning 
birgalikdagi faoliyati jamiyatning bir butun va doimiy o’zgarishda bo’lgan 
dinamik tizim sifatida amal qilishini ta'minlaydi. Umuman olganda " tizim " 
iborasi deyarli barcha narsa, ob'ekt va hodisalarni tavsiflaydi va ularning nisbatan 
kichikroq qismlardan, bo’laklardan, elementlardan tashkil topganini hamda ular 
o’rtasida muayyan aloqalar, bog'lanishlar mavjudligini bildiradi. Tizimning 
normal amal qilishida uning turli qismlari o’rtasidagi aloqa va munosabatlar 


9
belgilovchi rol o’ynaydi. Dinamik, ya'ni o’zgarishda bo’lgan tizim juda ko’p, 
ba'zan son-sanoqsiz doimiy o’zgarishda bo’lgan qismlar va elementlardan iborat. 
Ularning har biri o’z navbatida yanada kichikroq bo’lgan tizim va elementlarga 
ajraladi, yoki aksincha, har bir tizim unga nisbatan kattaroq, kengroq hodisaga 
nisbatan element sifatida amal qilishi mumkin. 
Jamiyat mustaqil bo’lgan, lekin nisbatan torroq, (ko’pincha fanda 
"podsistema" deyiluvchi) kichikroq, ijtimoiy hayot sohalari deb ataluvchi 
tizimlardan iborat. Masalan, iqtisodiy (moddiy ishlab chiqarish jarayonidagi 
munosabatlar), ijtimoiy (guruhlar, tabaqalar, sinflarning munosabatlari), siyosiy 
(davlat tashkilotlari, siyosiy partiyalar faoliyati), ma'naviy (axloqiy, diniy, 
madaniy, falsafiy, ilmiy tizim va hokazo). Bularning har biri murakkab hodisa 
bo’lib, o’z navbatida yanada kichikroq, torroq elementlardan, qismlardan tashkil 
topadi. Shuning uchun har xil tadqiqotchilar jamiyatni har xil nuqtai nazardan: 
kimdir tashkilotlar sifatida, kimdir-ijtimoiy munosabatlar sifatida, kimdir - kishilar 
guruhlari sifatida, kimdir-ijtimoiy birliklar aloqadorligi sifatida o’rganadilar. 
Jamiyatning asosiy elementlaridan biri sifatida inson jamiyat hayotida 
qandaydir (masalan, mehnat, kasaba tashkiloti, etnik, diniy va shu kabi) 
jamoalarning a'zosi sifatida ishtirok etadi. Bu ma'noda jamiyat jamoalarning 
jamoasi sifatida yuzaga chiqadi. Ana shu jamiyatni o’rganuvchi fanlar ham 
jamiyatning o’zi singari turli-tuman bo’lib, ular jamiyatni turli nuqtai nazardan 
ochib beradilar. Masalan, tarix fani turli-tuman konkret tarixlarga ajratiladi. Bunga 
u yoki bu mamlakat tarixi, har bir fan tarixi, har bir kashfiyotlar tarixi, har bir 
mamlakatdagi turli hududlar, shaharlar tarixi, ijtimoiy-siyosiy harakatlar, 
Download 379,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish