Kirish Masnaviy o’zaro qofiyalanuvchi ikki misradan iborat she’r shaklidir.”Masnaviy”so’zi arabcha so’z bo’lib,”ikkilik”,”juft” degan ma’nolarni bildiradi


Muhammad Aminxo’ja Muqimiyning masnaviy janrida yozilgan “Tanobchilar” asaridan parcha



Download 40,16 Kb.
bet4/5
Sana08.08.2021
Hajmi40,16 Kb.
#142480
1   2   3   4   5
Bog'liq
O'ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA MASNAVIY JANRINING TUTGAN O’RNI

Muhammad Aminxo’ja Muqimiyning masnaviy janrida yozilgan “Tanobchilar” asaridan parcha:

Bo’ldi taajjub qiziq hangomalar,

Arz etayin emdi yozib nomalar.

Adl qulog’ila eshit holimi

Zulm qilur,baski,menga zolimi.

O’n ikki oyda keladur bir tanob,

O’zgalarga rohat-u menga azob.

Sulton Ali Xo’ja,Hakimjon ikav,

Biri xotun,birisi bo’ldi kuyav.

Ikkalasi bo’ldi chunon ittifoq,

Go’yo xayol aylaki,(qilmay nifoq),

Osh yesalar o’rtada sarson ilik,

Xo’ja chiroq yog’i,Hakimjon pilik.

Asarda kambag’al chorakor dehqon mehnatidan o’z manfaatlari uchun foydalangan,ularni aldab katta zarar yetkazgan Sulton Ali va Hakimjon kabi hiylakor mahalliy amaldorlar qiyofasi shoir tomonidan o’tkir,ta’sirchan misralarda fosh etiladi.”Tanobchilar”satiric hikoyasi amaldorlar zulmiga yo’liqqan dehqon arz-dodi bilan boshlanadi:

Bo’ldi taajjub qiziq hangomalar,

Arz etayin emdi yozib nomalar.

O’n iki oyda keladur bir tanob,

O’zgalara rohat-u menga azob.5

Jahon mutafakkirlari tomonidan Rumiyga bashariyat shoiri deb tasnif berilishi,uning “Masnaviy” asari esa Qur’ondan keyin turuvchi kitob,tasavvuf qomusi,ma’naviyat dengizi yoki dunyo kitobi deb baholanishiyoq bu asarning qadri va nufuzi nechog’ligidan dalolatdir.Sovet davrida mistik shoir deb qoralangan va o’rganilmagan Jaloliddin Rumiy ijodiga,xususan,uning “Ma’naviy masnaviy” asariga bugun O’zbekistonda jiddiy munosabat shakllanmoqda.Masnaviyning she’riy va sharhiy tarjimasi ham nashrdan chiqqan.Rumiy she’riyati Sharq she’riyatining eng yuksak cho’qqisi hisoblanadi.Rumiyga o’xshab inson qalbini tadqiq qilgan,inson ruhiyati,insonning ma’naviy kuchini she’riyatda ifodalagan shoir G’arb-u Sharqda kam topilishini aytishadi-mutaxassislar.Adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul:”Rumiy she’riyatining o’ziga xos bir jihati shundan iboratki,siz birinchi navbatda o’zingizda insonga ishonchni mustahkamlaysiz va insonning ilohiyligini Rumiy judayam teran tarzda ochib beradi.Rumiy she’riyatining quyoshi-Ishq.Insonni bir haqiqat yoki insonni bir ishq atrofida birlashtirish bo’lsa,Rumiyning she’riyati shu ishni amalga oshira oldi.Biz aytamiz,komil inson bo’lish uchun tasavvufni bilish kerak,dinni bilish kerak,falsafani bilish kerak,tarixni va hokazo.Shularni hammasini Rumiy o’z ijodida sintezlashtirgan.Insonni Rumiy she’riyati adashishlardan,yuzakiliklardan,sayozliklardan xalos qiladi.Shu uchun bu qancha tarixiy she’riyat bo’lsa,xuddi shuncha zamonaviy she’riyat”.Jahon madaniyatidagi eng buyuk yodgorliklardan biri hisoblangan Jaloliddin Rumiyning “Ma’naviy masnaviy”kulliyoti to’liq 6 daftardan,aniqrog’i 54 ming misradan iborat bo’lib,u mavlono tomonidan 10 yil mobaynida yozib tugatilgan.Xo’sh,Rumiy “Masnaviy”sida nima ifodalanganki,yetti asrdan ortiq vaqt o’tsa ham,u haqidagi mulohaza-yu munozaralar hamon tugallanmay hamon davom etmoqda?

“Man Bandai Qur’onam agar jon doram,

Man xoki rahi Muhammadi muxtoram.

Gar naql kunad juz in kas az guftoram,

Bezoram az o’,va zin suxan bezoram.”

U kishi aytadilarki:”Masnaviyi mo do’koni vahdat ast,g’ayri vohid har chi bini on bat ast” degan.Masalan,”Bizning Masnaviymiz bu vahdat do’koni,agar sen shu do’konda vahdatdan boshqa narsani ko’rsang,bilginki u butparastlikdir.Demak,bu do’konda vahdatdan boshqa hech narsa yo’q.Ya’ni,”Masnaviy” boshdan oyoq xudoning yagonaligi va iymon masalalarini atroflicha inkishof etadi,kashf etadi.U qaysi rivoyatga murojaat qilmasin,vahdat g’oyasiga kelib taqaladi.Uning nazarida “Masnaviy”ning o’zak masalasi-iymon masalasi”,-deydi shoir Asqar Mahkam.



6

XULOSA

Alisher Navoiy ”Me’zon ul-avzon” risolasida masnaviy janrini ”vase’ maydon”,ya’ni keng maydon deb ta’riflagan.Masnaviy janri qulay bo’lganligi uchun ham unda juda ko’p ijodkorlar ijod qilishgan.Chunki masnaviyda har bir baytning misralari qofiyadosh bo’ladi va baytdan baytga qofiyasi yangilanib boradi.O’zbek mumtoz adabiyotida masnaviy janrining ahamiyati juda katta.Aynan,shu janrda Alisher Navoiyning “Xamsa” asarini yozgan va bu orqali she’riy janrlar orasida masnaviy janrining ahamiyatini bir pog’ona yuksaltirgan.Alisher Navoiydan keyingi davrlarda ham masnaviy janri o’z ahamiyatini yo’qotgan emas.Bu janrda keyinchalik ham juda ko’p ijod ahli ijod qildi.Masalan,Muhammad Aminxo’ja Muqimiy ”Tanobchilar” hajviyasini aynan,masnaviy janrida yozgan.Bu esa asarning yanada jozibali chiqishini ta’minlagan.

Mumtoz adabiyotda sujetli kichik asarlar ham,dostonlar ham masnaviy deb yuritilgan.Turkiy adabiyotda masnaviy shakli ilk bor Yusuf Xos Hojibning ”Qutatg’u bilig” asarida qo’llanilgan.Durbekning ”Yusuf va Zulayho”,Haydar Xorazmiyning ”Mahzan ul-asror” asarlari masnaviyda bitilgan.Alisher Navoiy davriga kelib masnaviy epic she’riyatning asosiy janri bo’lib qoldi.Ulug’ shoirning “Xamsa”,”Lison ut-tayr” va boshqa ko’plab asarlari masnaviy janrida yozilgan.Masnaviyda asar yozish qulay va shu bilan birgalikda misralar rang-barang bo’ladi.Misralar o’ynoqi va o’quvchining zavqini keltiradi.Aynan, shu jihatdan ham ko’plab ijodkorlar masnaviy janrida ijod qilishgan.Mumtoz adabiyotimizdagi eng yirik she’riy asarlar ham masnaviy janrida yozilgan.

To’rt devon birla nazmi panj ganj,

Dast berdi chekmayin anduhu ranj.

Nazmi nasrin kotibi taxminshunos

Yozsa yuz ming bayt etar erdi qiyos.

Masnaviy hozirgi o’zbek she’riyatida ham qo’llanilmoqda .Masalan,Hamid Olimjonning ”O’zbekiston” she’ri,G’afur G’ulomning ”Ko’hkan”,”Egalari egallaganda” dostonlari va boshqalar.Hamid Olimjonning ”O’zbekiston” she’ri masnaviy janri orqali juda betakror,o’ynoqi ohangga ega.Misralar o’zaro qofiyalanishi va misralardagi bir-biriga bog’liqlik she’rning ohangdorligini va tez esda qolishini ta’minlagan.

Demak,o’zbek mumtoz adabiyotida masnaviy janrining o’rni katta.Chunki masnaviyda juda ko’p va adabiyotimiz tarixida katta ahamiyatga ega bo’lgan asarlar yozilgan.Masnaviy janrini adabiyotimizning bir parchasi desak yanglishmagan bo’lamiz.


Download 40,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish