Deviant bolalar va o’smirlar, ularni reabilitastiya qilish yo’llari.
Pedagogikaning asosiy mezoni-tarbiya. Tarbiya - ijtimoiy hayotning abadiy va umumiy mezoni. Pedagogika bolalar tarbiyasini shaxs axloqiy hislatlarini shakllantirishning maqsadga qaratilgan jarayoni sifatida ko’rib chiqadi.
Biroq, bu tarbiya jarayoni har doim ham etarli darajada samarali bo’lmaydi. Yuqorida ijtimoiy ta’lim vazifasini ko’rib-chiqib, ko’rsatdiki, bolada muayyan bir ijtimoiy bilim, malaka va ko’nikmalar shakllanishi kerak ularning shakllanish jarayoni masalan, otaga, onaga bo’lgan g`amxo’r, e’tiborli, mehribon, rahmdil munosabatlarning shakllanishi bilan bog`liq. Agar qandaydir sababga ko’ra bolada ijtimoiy bilimlar shakllanmagan bo’lsa, demak munosabatlar shakllanmagan, ya’ni unga zarur bo’lgan ijtimoiylashuvda qandaydir mos hislatlari ham shakllanmagan. Shuning uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida boladagi shunday ijtimoiy ahamaiyatga ega bo’lgan hislatlar shakllangan bo’lishi kerak shuni o’zi ijtimoiy tarbiyani vazifasidir. Ya’ni ijtimoiy tarbiya deganda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun zarur bo’lgan ijtimoiy ahamiyatli bola shaxsi hislatlarining shakllanishi maqsadga qaratilgan jarayoni tushiniladi.
Tarbiya jarayoni – uni tiklash, rivojlantirish va hayotda joriy qilish, ta’lim, milliy, ma’naviy – axloqiy qadriyat va normalar bilan bevosita bog`liq. Ular xalq pedagogikasi, urf – odatlari, bayramlari, o’yinlari va boshqalarda o’z ifodasini topadi». Ma’naviyat va ma’rifat» markazi, «Ma’rifatparvarlar», «Oltin meros», «Tarixchilar», «Faylasuflar» va boshqa jamoat tashkilotlari, jamg`armalari yuqorida qo’yilgan vazifalarni hal etishga katta imkoniyatlariga egadir.
Tarbiyasi «qiyin» o’smirlar anomalligi o’qishda (o’qishi qiyin, yomon kechali, dangasa) va xulqida (intizom va tarbiyaga rioya qilmaydi) namoyon bo’ladi. «Qiyin bolalar» - jamiyatga zid yo’nalishdagi, beqaror axloqli, irodasi bo’sh, pedagogik ta’siriga doim qarshilik ko’rsatib keluvchi yoshlardir. Maktab miqyosida ular ko’p uchramaydi (bir sinfda ikki – uchtadan). Ammo sinf, maktab hayotiga, uning axloqiy muhitiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. «Qiyin» bolalar o’quvchilarning kam qismini tashkil etsa ham ular o’quv – tarbiyaviy ishlarda barqarorlikka jiddiy to’siq bo’ladilar. Ular maktabda va undan tashqarida (oilada, ko’chada, dam olish joylarida va x.k.) tartibsizlikni vujudga keltiruvchilar hisoblanadi. Shuning uchun ham «qiyin» bolalar maktabda ham, undan tashqarida ham o’qituvchi va barcha jamoat e’tiborida turishi kerak.
Tarbiyasi qiyin bo’lganlarning kelib chiqishining ijtimoiy – psixologik va psixologik – pedagogik sabab va omillarni besh guruhga ajratish mumkin:
Noqulay oilaviy muhit, ota – onalari o’rtasidagi ziddiyatli vaziyatlar.
O’qishga bo’lgan qiziqishning pasayib ketishi va shu munosabat bilan o’qishdan sovib ketishi (60 – 70 % voyaga etmagan jinoyatchilar bir sinfda ikki yil o’qigan).
Ijtimoiy faolligi past va maktab jamoasida noqulay holat mavjud.
Mikro muhitning salbiy ta’siri, salbiy referent guruh ta’siri.
Biror faoliyat yuzasidan o’z moyilligini, qiziqishini namoyon qilish imkoniyati bo’lmasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |